O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə20/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi jahonda eng dong chiqargan hisoblanadi. Uning vakillari Praga fonologiya maktabi nazariyasining asoschi­si mashhur olim N.S. Trubetskoy (1890-1938), R. Yakobson, V. Matezius, B. Trnka, I. Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning xususan, N.S. Trubetskoyning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o'rga­nishga tatqiq etilgan va hozirgi davrda ham qo'llanib kelin­moqda. Praga fonologiya maktabi fonologik oppozitsiyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya, korrelya­siya, fonemalarning birikmalari va boshqa qator masala­larni ilmiy tatqiq etish nazariya va metodlarni taklif etgan.1 Bu maktabning qarashlari jahon tilshunosligida ham keng o'rin olgan. Shu sababli ulardan ba'zilarini yuqorida ko'rsatib o'tildi.
2. London fonologiya maktabi va uning yirik namoyondasi D. Jounz tomonidan taklif etilgan fizik (akustik) fonologiya nazariyasi (Angliya). Bu nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar oilasi" hisoblanadi.
3. Distributiv fonologiya nazariyasi (AQSH). By nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar sinfi" yoki "allofonlar sinfi" deb ta'rif beriladi.2
4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSH) ham keng tarqalgan bo'lib, u jahon tillaridagi fonemalarni o'n ikki juft binar farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi.3 Biroq nazariyadagi ba'zi kamchiliklar, xususan, barcha farqlanish belgilarining binar, ya'ni ikkitadan qarama-qarshilik asosida berilgani, ularni spektral analiz qilish natijalari barcha tillar uchun bir xil emasligi, terminlarning no­qulay va tushunarsizligi kabi qator masalalar tuzatishlarni talab qiladi. Bu kamchiliklarni tuzatish natija­sida, uni ko'pgina tillarning fonemalar sistemasi­ni tadqiq qilishda qo'llanib kelmoqda.
Boshqa keng tarqalmagan fonologik nazariyalar quyi­dagilardir:
5. Makro va mikrofonema nazariyasi. AQSH tilshunosi U. Tuodl tomonidan 1935 yilda taklif etilgan.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin