3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.
1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasi jahonda eng dong chiqargan hisoblanadi. Uning vakillari Praga fonologiya maktabi nazariyasining asoschisi mashhur olim N.S. Trubetskoy (1890-1938), R. Yakobson, V. Matezius, B. Trnka, I. Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning xususan, N.S. Trubetskoyning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o'rganishga tatqiq etilgan va hozirgi davrda ham qo'llanib kelinmoqda. Praga fonologiya maktabi fonologik oppozitsiyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya, korrelyasiya, fonemalarning birikmalari va boshqa qator masalalarni ilmiy tatqiq etish nazariya va metodlarni taklif etgan.1 Bu maktabning qarashlari jahon tilshunosligida ham keng o'rin olgan. Shu sababli ulardan ba'zilarini yuqorida ko'rsatib o'tildi.
2. London fonologiya maktabi va uning yirik namoyondasi D. Jounz tomonidan taklif etilgan fizik (akustik) fonologiya nazariyasi (Angliya). Bu nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar oilasi" hisoblanadi.
3. Distributiv fonologiya nazariyasi (AQSH). By nazariyaga asosan fonema akustik jihatdan bir xil bo'lgan "tovushlar sinfi" yoki "allofonlar sinfi" deb ta'rif beriladi.2 4.Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSH) ham keng tarqalgan bo'lib, u jahon tillaridagi fonemalarni o'n ikki juft binar farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi.3 Biroq nazariyadagi ba'zi kamchiliklar, xususan, barcha farqlanish belgilarining binar, ya'ni ikkitadan qarama-qarshilik asosida berilgani, ularni spektral analiz qilish natijalari barcha tillar uchun bir xil emasligi, terminlarning noqulay va tushunarsizligi kabi qator masalalar tuzatishlarni talab qiladi. Bu kamchiliklarni tuzatish natijasida, uni ko'pgina tillarning fonemalar sistemasini tadqiq qilishda qo'llanib kelmoqda.
Boshqa keng tarqalmagan fonologik nazariyalar quyidagilardir:
5. Makro va mikrofonema nazariyasi.AQSH tilshunosi U. Tuodl tomonidan 1935 yilda taklif etilgan.