3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.
Fonologik yoki fonematik transkripsiya so'z, so'z shakllari va morfemalarni farqlay oluvchi har bir fonema uchun bir belgi qo'yishga asoslangan. Bunda fonemaning variantlari, ya'ni tovushlarning talaffuzi hisobga olinmaydi. Fonologik transkripsiya belgilari vertikal chiziqdagi qavs ichida /p/, /t/, /k/ kabi beriladi.
Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya taklif etgan transkripsiya sistemasi lotin alfavitidagi harflarni qisman o'zgartirish asosida tuzilgan. Ba'zi tillarda yozuv alfavitidagi harflarni qisman o'zgartirishlar kiritish yordamida tuzilgan transkripsiya belgilari ham qo'llanadi. Bunday transkripsiya sistemasi o'zbek, rus va boshqa tillarda ham ishlatiladi. Yozuvdagi harflarni ba'zi tuzatishlar va o'zgartishlar asosida tuzilgan belgilar grafematik transkripsiya deb yuritiladi.
Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya tomonidan taklif etilgan va tuzatishlar kiritilgan transkripsiya hozir ham qo'llanib kelmoqda.
Xalqaro Fonetik Assotsiatsiya taklif etgan transkripsiya Xalqaro Fonetik Alfavit nomi bilan ataladi (jadvalga qarang). Undagi tovushlarning ayrim xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilar diakritik belgilar deyiladi. Bunday diakritik belgilar quyidagilardir:
~ – tovushning nazalizatsiya qilinish belgisi;
◦ – jarangsiz tovush belgisi / /:
ˇ – jarangli tovush belgisi / /:
c – qisman aspiratsiya belgisi y /p, t, k/ tovushlaridan keyin bo'ladi;
w – lab undosh belgisi / /:
n – tish (dorsal) artikulyatsiyasi belgisi /t/:
° – yumshatish (palatilizaiiya) belgisi / /:
◦ – unlining maxsus torayishi / /:
┐– unlining maxsus kengayishi / /:
– tilning yuqori ko'tarilishi / /:
( T ) – tilning quyi ko'tarilishi / /:
+ – tilning oldinga harakati i+yoki
– - tilning orqaga harakati /I,t/
) – kuchli lablangan belgisi;
( – lablar kuchli darajada chekkaga tortilgan
¨ – til o'rta tovushlar /ï, ü/
٠ – bo'g'in hosil qiluvchi undosh / /:
ˇ – yarim unli.
Cho'ziqlik, urg'u va tonni ko'rsatuvchi diakritik belgilar quyidagilardir:
/ : / – to'la cho'ziqlik;
/ ٠ / – yarim cho'ziqlik;
/ / / – birinchi darajali urg'u (tepaga qo'yiladi);
/ \ / – ikkinchi darajali urg'u (pastga qo'yiladi);
/ – / – eng yuqori ton (tepaga qo'yiladi);
/ – / – eng past ton (pastga qo'yiladi);
/ ' / – tonning yuqori ko'tarilishi (yuqoriga yo'naladi);
/ ' / – tonning pastga tushishi (pastga yo'naladi);
/ / – tonning juda yuqoridan pastga tushishi;
/ ↓ / – tonning quyiroq darajadan pastga tushishi;
/ / – ko'tarilib tushuvchi ton;
/ / – tushib ko'tariluvchi ton.
Turli tillar uchun har xil transkripsion va diakritik belgilar qo'llanadi. Ko'pincha ayrim tillar uchun ulardagi tovushlar va urg'uning xususiyatlarini nazarga oluvchi birlashgan transkripsiya qo'llanadi. Masalan, turkiy tillar, german tillari va roman tillari o'zlarining alohida transkripsiya sistemalariga egadir.
Yuqoridagi transkripsiya tovushlar (fonetik) va fonemalarni (fonologik) maxsus belgilar bilan ko'rsatishda qo'llanadi. Nutqdagi intonatsiyani turli maxsus belgilar asosida ilmiy va amaliy jihatdan ko'rsatish uchun qo'llanuvchi tonetik transkripsiya ham mavjud. Frazadagi urg'uli va urg'usiz bo'g'inlarni, nutq ohangini, ritmik-melodik vositalarni, qisqa va cho'ziq pauzani ko'rsatish uchun qo'llanuvchi maxsus fonetik belgilar tonogramma deb yuritiladi. Masalan, urg'uli bo'g'in – (–) belgisi bilan, urg'usiz bo'g'in – (٠) bilan, qisqa pauza – (/), fraza boshi va oxiridagi cho'ziq pauza (//) bilan ko'rsatilishi mumkin. Intonatsiyasiga ko'ra bir gap turli tonogrammaga ega bo'lishi mumkin.
Tilshunoslar tomonidan fraza va gaplarning intonatsiyasini o'rganish uchun qabul qilingan turli tonetik transkripsiya belgilari mavjud. Yuqorida ko'rsatilgan belgilardan tashqari, ba'zan musiqada qo'llanuvchi nota belgilari ham intonatsiyani ko'rsatishda qo'llanadi.
Tillar o'z yozuvi va tovushlar sistemasi bilan farq qiladi. Bir tildagi so'zlarni boshqa tilda yozish uchun amaliy transkripsiyadan foydalaniladi. Bunday amaliy transkripsiyani transliteratsiya deb yuritiladi. Bir tildagi so'zlarni ikkinchi tilda yozish uchun so'zlarning talaffuzini yozuv uchun moslashtirish zarur bo'ladi. Agar har ikki tildagi tovushlar bir-biriga yaqin kelsa, transliteratsiya qilish ancha qulay bo'ladi. Masalan, Leningrad – Leningrad, Kiev – Kiyev, Samarkand – Samarqand, Tashkent – Toshkent, Tomsk – Tomsk kabi. Biroq ikki tildagi yozuv va talaffuzda katta farqlar bo'lgani sababli ulardagi tovushlar va harflar bir-biriga to'g'ri kelmasa, so'zlarni transliteratsiya qilish qiyinchilik tug'diradi. Masalan, Webster – Uebster, Thomas – Tomas, Ealton – Elton, Isaak – Isaak, Martinet – Martine, Thyeodor – Teodor, Haus – Xayz kabi. Shu tufayli bunday chet tilidagi so'zlarni boshqa tillardagi yozilishi va talaffuzida ko'pgina noaniqliklar va har xilliklar kelib chiqadi.
Transliteratsiyada bir tovush yozuvda ikki harf bilan (yoki aksincha, talaffuzda bir harf ikki tovush bilan) berilishi mumkin. Umuman, transliteratsiyada har ikki tildagi tovushlarning talaffuzidagi yaqinliklarni hisobga olinadi.
Transliteratsiya bir tildagi kishi nomlarini (ularni "antroponimlar" deyiladi), geografik nomlarni (ularni "toponimlar" deb yuritiladi) va boshqa nomlarni ikkinchi tilda berilishida katta yordam berishi ahamiyatlidir. Chunki bunday nomlar odatda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinmaydi.