O'zbekiston milliy universiteti a. A. Abduazizov tilshunoslik nazariyasiga kirish oliy o’quv yurtlarining filologiya fakultetlari ucun darslik toshkent- 2010


TILDAGI TARIXIY-FONETIK O'ZGARISHLAR VA FONETIK-FONOLOGIK O'ZGARISHLAR



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə24/68
tarix16.12.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#75480
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68
3c41fd8ed3ee62afcf35db36143ad8a5 Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

TILDAGI TARIXIY-FONETIK O'ZGARISHLAR VA FONETIK-FONOLOGIK O'ZGARISHLAR

Til asta-sekin va mustaqil rivojlanib boradi. Til­ning takomillashuvi va rivojlanishi ma'lum qonuniyat­lar asosida bo'ladi va boshqa ba'zi qonuniyatlardan, xusu­san tabiat qonunlaridan farq qiladi.


Til murakkab va ko'pqirrali ijtimoiy hodisa bo'lib, undagi barcha elementlar bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan. Shu sababli tildagi qonuniyatlar ham bir-biri bilan bog'lanadi. Chunonchi, tildagi tarixiy-fone­tik o'zga­rishlar ma'lum fonetik-fonologik qonu­niyat­lar asosida ro'y beradi va bu esa o'z navbatida, grammatik va leksik o'zgarishlarga ham ta'sir etadi. Tildagi tarixiy-fonetik o'zgarishlarni qandaydir fiziologik yoki fizik qonun­lar asosida tushuntirish mumkin emas. Fonetik-fono­lo­gik qonuniyatlar tilning ichki qonunlari hisoblanadi va fa­qat tilshunoslik jihatdan ilmiy tadqiq qilish borasida izohlanadi. Tildagi tarixiy-fonetik o'zgarishlarni o'rga­nuvchi qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning sohasi qiyo­siy-tarixiy fonetika deb ataladi.
Tillardagi, ko'pin­cha qarindosh tillardagi (slavyan, german, roman, turkiy tillari kabi) tarixiy-fonetik o'z­ga­rishlar natijasida so'zlardagi etimologik va geneo­logik, ya'ni kelib chiqishi jihatdan o'xshashlik va farq­lar­ni qiyosiy-tarixiy fonetika aniqlab beradi. Keyin­chalik qardosh va qardosh bo'lma­gan tillardagi tarixiy-fonetik o'zgarishlarni va hozir­gi fonetik-fonologik o'xshashlik va farqli alomatlarni o'rganish natijasida tipologik va qiyosiy-tipologik fonetika hamda fono­logiya sohalari vujudga keldi. Umuman tildagi rivoj­lanish qonuniyat­lari singari, tarixiy-fonetik va fono­logik o'zgarish­larni o'rganishdagi fonetik va fonologik qonuniyatlar ham quyidagicha turlarga bo'linishi mumkin:
1) Umumiy fonetik qonuniyatlar – barcha tillarga xos bo'lgan universal holdagi tartib va qoida­larni belgilab beradi va ular tilning boshqa bosqich­la­rida ro'y beruvchi umumiy hodisalar bilan ham bog'lanadi. Masalan, barcha turkiy tillarida jarangsiz undoshlar ikki unli tovush oralig'ida jaranglilashishi mumkin. Barcha turkiy tillarda singarmonizm (unlilarning uy­g'un­la­shuvi yoki unlilar garmoniyasi) qonuniyati mavjud bo'lib (o'zbek tili bundan qisman mustasno hisoblanadi), u so'z o'zagidagi unlining uning affiksidagi unli bilan uyg'unlashuvida ko'rinadi. Bunday singarmonizm hodisasi unlilarning til va labning holatiga ko'ra uyg'unlashuvi bilan izohlanadi. Masalan, qozoq tilida: attar, bashtar; turkman tilida: barar, dashar; qirg'iz tilida: ottuz, moyun, tundu kabilar.
2) Alohida fonetik qonuniyatlar – ayrim tillar uchun xos bo'lgan hodisalarni izohlaydi. Masalan, boshqa turkiy tillariga xos bo'lgan singarmonizm o'zbek tili tarixida ham bor bo'lib, unli fonemalar bu tilda 8-9 ta bo'lgan. Tarixiy-fonetik o'zgarishlar o'zbek tilining ichki alohida fonetik qonuniyatlari va tashqi ta'sir natijasida, ya'ni boshqa tillar bilan aloqasi borasida ko'rsa­tilgan xususiyatlar o'zgarishlarga uchragan. Hozirgi o'zbek adabiy tilida 6- ta unli fonema bo'lib, ular tilning ko'tarilishi (yuqori, o'rta, quyi) va labning holatiga ko'ra fonologik oppozitsiyani tashkil qiladi:
i – u
e – o'
a – o
Bu fonetik va fonologik alomatlar boshqa turkiy tillar uchun xos emas.
Fonetik va fonologik qonuniyatlar tildagi ichki va boshqa tillar bilan aloqa natijasida bo'luvchi – tashqi faktorlar ta'sirida bo'lishi mumkin. Ba'zan esa har ikki faktor ham bir yo'la ta'sir qilishi mumkin. Masalan, o'zbek tilida /o/ fonemasining hosil bo'lishida ikki fikr mavjud. O'zbek tilidagi ichki fonetik faktorga asoslangan qarash /o/ fonemasi /a/ fonemasining lab va chuqur til orqa undoshlaridan keyin kelib, /o/ -lashgani­ni ko'rsatadi. Boshqa tashqi faktorga asoslangan qarash o'zbek tilidagi /o/ fonemasi fors-tojik tilining ta'siri ostida hosil bo'lgan deb hisoblaydi. Shevalar orfoepik, grammatik va leksik normalardan tashqarida bo'l-gani tufayli ularda turli o'zgarishlar saqlanib qoladi va asta-sekin adabiy tilga ham ko'chadi.
Fonetik qonuniyatlar xronologik (davr) jihatdan ikki turli bo'ladi:
1) Diaxronik fonetik qonuniyatlar – bir guruh tillar yoki aynan bir tilning tarixida ruy bergan tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bu tarixiy hodisalarni o'rganuvchi til tarixining bir bo'limi diaxronik (tarixiy) fonetika va fonologiya deb yuritiladi, yuqorida ko'rsatilgan tarixiy tovush o'zgarish­lari ana shunday diaxronik fonetikaga oid xususiyatlar hisoblanadi.
2) Sinxronik fonetik qonuniyatlar – hozirgi davr­da bo'layotgan bir qancha tillardagi yoki ma'lum bir tildagi tovush o'zgarishlari va urg'uning tabiatiga oid xusu­siyatlarni ko'rsatib beradi. Bunda hozirgi tillardagi yangi talaffuz tendensiyalari ham o'rganiladi. Masalan, hozirgi o'zbek tilida unlilar til oldi undoshlaridan keyin til oldi va til orqa undoshlardan keyin til orqa variantlarga ega bo'ladi.
Tarixiy-fonetik va fonologik o'zgarishlar turli hodisa va jarayonlarni o'z ichiga oladi. Masalan, turkiy tillari va shevalariga xos bo'lgan o-lashish, y-lashish, j-lashish, yo-lashish kabi hodisalar, german tillari tarixidagi umlaut, ya'ni til orqa lablangan unlilarning va keyingi bo'g'indagi /j/ tovushi ta'sirida til oldi hola­tiga o'tishi, ablaut, ya'ni ichki fleksiyadagi tovush almashinuvi kabilar ana shunday hodisalarga kiradi.
Fonetik va fonologik o'zgarishlar natijasida tildagi fonomalar soni kamayishi yoki ko'payishi mumkin. Bunda ikki hodisa ro'y beradi:
1) Agar tilda bo'lgan ikki fonema bir fonemaga birlashsa, konvergensiya deyiladi. O'zbek tili tarixida bo'lgan til oldi va til orqa, qisqa va cho'ziq unli fonemalar keyinchalik birlashib, o'rta cho'ziqlikka ega bo'lgan 6 unli fonemani hosil qilgan.
2) Agar bir fonema ikki fonemaga ajralsa, divergensiya deyiladi. Masalan, qadimiy turkiy tillarida bo'lgan /a/ fonemasi keyinchalik ikki fonemaga ajralgan: /a/ va /o/. Bu hodisa divergensiya jarayoni natijasida bo'lgan.
Fonetik qonuniyatlarga tovushlarning kombinator va pozitsion o'zgarishlari ham kiradi. Chunki tovushlar turli holatlarda har xil o'zgarishlarga uchraydi. Chunonchi, ochiq urg'uli bo'g'inda cho'ziq va yopiq urg'usiz bo'g'inda esa qisqa talaffuz etilishi mumkin. Bunday holat ham ko'p­gina tarixiy va hozirgi tovush o'zgarishlarini keltirib chiqa­radi. Fonetik va fonologik qonuniyatlarni tilning bosh­qa bosqichidagi o'zgarishlar bilan bog'liq holda o'rga­nish chuqur ilmiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin.



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin