Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi
KURS ISHINING HAJMI. Kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar.
II. ASOSIY QISM O'qitishning asosiy formasi. Dars turlari va tuzilishi Dars-o`qitishning asosiy shakli
Dars deganda o'qituvchning o'quv guruhiga uyushgan tayyorgarlik darajasi bir xil, tarkibi o'zgarmas o'quvchilar bilan mashg'ulot o'tkazishi tushuniladi. Darslarni klassifikatsiyalash darsni o'tkazish usuliga bog'liq. O'tkazish usullari, deganda, o'qituvchining ma'lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni utkazish uslubida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmui tushuniladi. Shu nuktai nazardan darslarning quyidagi tiplari bo'ladi: lektsiya darsi, suxbat darsi, ekskursiya darsi, kinodars, o'quvchilarning mustaqil ishlari darsi, laboratoriya ishi, amaliy ish, aralash dars. Bu klassifikatsiyani seminar darslari, nazorat ishlar, sinovlar, munozara darslari, demonstratsiya darslari va shu kabilarni qo'shib kengaytirish mumkin. Bunday klassifikatsiyani xam asosiy klassifikatsiya sifatida qabul qilib bo'lmaydi. bunga sabab shuki, birinchidan, u barqaror bo'la olmydi, chunki ilg'or pedagogik tajriba darslarni o'tkazishning yangi, original usullarini ilgari suryapti, ikkinchidan, ish tajribasida bunday darslar «sof» holda juda kam uchraydi, ularning ko'pchiligi, garchi ayrim hollarda lektsiya darsi, ekskursiya darsi, seminar darsi, sinov darsi va shu kabilar ta'limning muayyan bosqichlarida anchagina o'rin olish mumkin bo'lsa-da, aralash darslardir. Darslarning asosiy didaktik maqsad bo'yicha klassifikatsiyasini eng ma'qul deb hisoblamoq kerak. Bu klassifikatsiya, boshqa hamma narsadan tashqari, darsning o'quv jarayonidagi o'rnini hisobga oladi. Bu alomatga ko'ra darslarning quyidagi tiplari mavjud: yangi materiallarni bayon etish darslari; bilimlarni puxtalash va tatbiq etish darslari; takrorlash-umumlashtirish darslari; o'quvchilarning bilim, o'quv hamda malakalarini tekshirish darslari; aralash darslar. Darsning tashkiliy tuzilishi uning strukturasi bilan belgilanadi: tashkiliy qism; uy topshiriqlarining bajarilishini tekshirish; o'qituvchining yangi materialni bayon etish; o'quvchilarning yangi materialni o'rganishga oid o'quv, texnika yoki spravochnik adabiyot bilan mustaqil ishlashlari; yangi materialni takrorlash va puxtalash; ilgari urganilgan materialni takrorlash; puxtalash va sistemaga solish; o'quvchilarning bilim, o'quv hamda malakalarini teshirish, hisobga olish va baxolash; uy topshiriqlari berish. Darsning tipiga ya'ni mashg'ulotdan kuzlangan asosiy didaktik maqsadga ko'ra, biror struktura elementlari yoki ularning tipaviy kombinatsiyalari ustun turadi.
Asosiy didaktik maqsadga binoan klassifikatsiyalanuvchi darslarning tiplarini ularning strukturasiga bog'liq xolda qisqacha ko'rib chiqamiz.
Har bir dars o'quv jaryonining bir qismi hamda bilim, ko'nikma va malakalarni egallashning bir butun mantiqiy yakunlangan bosqichidir. Didaktik maqsadlar bo'yicha darsning quyidagi turlari mavjud: