Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi
1. Yangi bilimlarni o'rganish darsi.
2. Umumiy yoki aralash dars.
3. Bilimlarni mustahkamlash, takrorlash darsi.
4. Sinash – tekshirish darsi.
5. Muammoli dars.
Darsning ana shu asosiy turlari strukturasi quyida keltiriladi: 1. Yangi materiallarni bayon etish darslari. Bu darslar, odatda, mavzuni bayon etish va darsdan kuzlangan maqsadni ochib berishni, yangi materialni navbati bilan bayon etish yoki o'quvchilarning o'quv adabiyoti, texnika adabiyoti (jurnallar, byulletenlar, alьbomlar, chizmalar, sxemalar, texnologik jarayon kartalari va shu kabilar) yoki spravochnik adabiyot bilan mustaqil ishlashni tashkil etishni, o'quvchilarning savollariga javob kaytarishni, o'quvchilarning yangi materialni uzlashtirish sifatini tekshirish, kushimcha tushuntirishlarni, uyga vazifalar berishni uz ichiga oladi. Bunday darslar odatda, urganiladigan material tavsifiy xarakterda va uzlashtirish uchun yengil bulgan xollarda utkaziladi.
2.Aralash darslar. Bu darslarda xar xil didaktik maslalar komleksi hal qilinadi. Ular barcha yoki kupchilik struktura elementlarini xar xil kombinatsiyada uz ichiga oladi. Aralash darslar umumtexnika va maxsus fanlarni o'rganishda darslarning eng kup tarkalgan tipidir. Bu tankid o'quv jarayonining tashkil etilishi va metodikasigagina taalukli bo'lib, darsning tipiga mutlako alokador emas. Kupgina kamchiliklarning sababi aralash dars utkazilishida emas, balki dars strukturasi siykasi chikib ketganligida, dars elementlari kat'iy tartibda kelishida, aksari o'qituvchilar bu darsning boy pedagogik imkoniyatlaridan foydalana bilmaganligidadir. Aralash darsning afzalligi shundaki, u o'quv jarayoninng bir biriga eng yakin zvenolarini uz ichiga oladi, bu esa o'quvchilarning bilimlarini puxta va ongli ravishda uzlashtirishini ta'minlash uchun juda muhimdir. Bu tipdagi darslarning aralash xarakteri mashg'ulotlar strukturasini keng chegarada uzgartirishga imkon beradi. Shu bilan birga, shuni ta'kidlab utish kerakki, struktura elemenlarini xar xil kombinatsiyalash yolgiz maqsadga emas, balki pedagogik maqsadga muvofiklikka asoslanishi lozim. Ikkinchi tomondan darsning strukturasini aniqlashga ijodiy yondoshish talabi aralash dars aniq strukturaga ega emas degan ma'noni bildirmaydi. o'quvchi xar qanday darsga, shu jumladan, aralash darsga tayyorlanar ekan, uni strukturasini uylab oladi va uni rejada aniq aks ettiradi. Xar bir struktura elementi uchun dars davomida o'quv ishining muyyan mazmuni hamda tegishli usullari belgilanadi va amalga oshiriladi. Darsning strukturasizligi o'qituvchi ishida xam, o'quvchilar ishida xam sistemasizlikka olib keladi.
3. Bilimlarni puxtalash va tatbik etish darslari. Bunday darslarda temaning bundan oldin urganilgan materiali yuzasidan o'quvchilar bilan frontal suxbatlar, labaratoriya-amaliy ishlar utkaziladi, xar xil masalalar yechiladi, texnologik jarayonlar ishlab chiqish mashqlari, yozma grafik ishlar, ilgari urganilgan materialni mustahkamlash va sistemaga solish yuzasidan turli mustaqil ishlar (sxemalar tuzish vaularni ukish, jadvallar tuzish, texnikaviy xujjatlarni taxlil qilish va shu kabilar) utkaziladi, kinofilьmlar kuriladi, o'quvchilar doklad hamda referatlar bilan chikadilar va xokazo. Bu ish davomida bilimlar esga solinadi, yetarli faktlar, tushunchalar, qonuniyatlar o'quvchilar ongi vaxotirasida puxtalanadi. Buning natijasida bilimlar ancha puxta bo'ladi. Takrorlash-umumlashtirish darslari. Bu darslardan kuzlangan maqsad-urganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish vasistemaga olish, bu esa bilimlardagi kamchiliklarni tuldirishga, mavzuning, bulimning va butun fanning asosiy goyalarini, masalalarini yanada chuqur ochib berishga yordam qiladi. Takrorlash-umumlashtirish darslariga nisbatan kuyiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta o'quvchilar o'quv faoliyatiga doir yangi ma'lumotlar va metodlar kiritishdir. Takrorlash-umumlashtirish darslari ikki xil bo'ladi: o'qituvchi mavzuning, bulim yoki kusning urganilgan materiali yuzasidan umumlashtiruvchi obzor lektsiya utkazadi yoki o'quvchilar bilan kengaytirilgan suxbat tashkil qiladi.
4. O'quvchilarning bilimi, o'quvi hamda malakalarini tekshirish darslari. Bu darslarda mavzu, bulim yoki butun kurs yuzasidan batafsil og'zaki savol-javob, yozma yoki grafik kontrol ishlar utkaziladi, kontrol qiluvchi kurilmalar, kartochka-topshiriqlar, obzor-takrorlash jadvallari yordamida o'quvchilar bilimi tekshiriladi, amaliy xarakterdagi topshiriqlar bajariladi va xokazo. bunday darslardan kuzlangan maqsad xar bir o'quvchining tayyorgarlik darajasini asosli baxolash uchun ma'lumotlar olish, bilimlarning kanchalik ongli va chuqur uzlashtirilganligini, olingan o'quv hamda malakalarning kanchalik puxta ekanligini aniqlashdan iborat. Bundan tashqari, bunday darslarni utkazishda o'qituvchi o'quvchilar bilimi hamda o'quvidagi kamchiliklarni tuldiradi va ularni yanada rivojlantiradi.
5. O'quv materialini muammoli bayon etish. O'quv jarayonini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari – o'quvchilarning ta'limiy ishlarini faollashtirish, muastaqilligini rivojlantirish, o'qitishning eng samarali shakl va metodlaridan foydalanishdir. Bu shakllardan biri o'quv materialini bayon etishni muammoli qilib tuzatishdir. Bunda o'quvchi ongida muammoli vaziyat yoki ilmiy izlanishni eslatuvchi vazifa shakllanadi. O'quvchining uzi savolga javob topishga, muammoni hal qilishga intiladi. Odatda, u to'g'ri javobni o'qituvchi yordamida topadi. Ammo uzi kidirib topishga intilishi va yechim variantlarini topishi unda bilish faolligini, mustaqil fikrlashni vujudga keltiradi, uning bilish faoliyatiga ijodiy tus beradi. Shunday vaziyatni yaratish va usha muammoni hal qilishda o'qituvchining tutgan yuli, usuli muammoli bayon qilish deyiladi.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirish va muammoni hal qilish asosida tashkil etilgan o'quv jarayoni muammoli o'qitishdir. Muammoli vazifalar va vaziyatlar quyidagi xollarda vujudga kelishi mumkin:
-Muayyan ma'lumotlar bo'yicha yechimlarni topish uchun mustaqil izlanishda;
-Mavxum mazmunning muayyan tasavvurlar bilan boglanishi asosida;
-Bilimlarni o'quvchilarning shaxsiy tajribasi va amaliy ishlari bilan boglashda;
-Topkirlik yuzasidan topshiriqlar, vazifalardan, muammoli vaziyatni uz ichiga olgan boshqa vositalardan foydalanishda. Mana shularning xammasi bilish va kizikish faolligini keltirib chikaradi. O'quvchilar uzlarida yechimni topish uchun zarur bilimlar borligini tushunadilar va muammo javobning to'g'ri variantini topishdan iborat bo'ladi. Darslar tiplarini kurib chiqish darsning kotib kolgan sxema emasligini kursatadi. O'quv ishininng tashkiliy formasi bulgan dars maksimal natijalarga erishish uchun tiplar hamda struktura bo'yicha uzgarib turishi mumkin va lozim.
Darsga qo’yilgan talablar