O’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 122,71 Kb.
səhifə9/11
tarix06.01.2023
ölçüsü122,71 Kb.
#78595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi

Fizika

Kimyo

1

Modda malekulalarining o’zaro ta’siri va potensial energiyasi. MKN ning asosiy qoidlari. Nisbiy molekulyar massa. Atom to’g’risidagi ta’limotning rivojlanishi.

Kimyo va ekologiya. Atom – molekulyar ta’limot. Dal’ton, Lavuadze, Lomonosov ishlari

2

Avogadro doimiysi. Avogdro qonuni. Modda miqdori va molyar massa.

Mol. Modda miqdori. Avogadro doimiysi. Avagadro qonuni Molyar massa

3

Atomistik dunyoqarashning rivojlanishi. Atom tuzilishi. Tomson modeli. Rezerford tajribasi va formulasi. Atomning planetar modeli.

Atom tuzilishi. Atom tuzilishi haqidagi nazariyalar, radioaktivlik. Yadro reaksiyalari.

4

Elektron spini. Atom sistemasini xarakterlovchi kvant sonlar. Pauli prinsipi. Mendeleyev davriy sistemasining fizikaviy tushuntirilishi.

Atom orbitallar, kvant sonlar. Energetik pog’onalarda elektronlarning to’lib borish tartibi. Pauli prinsipi. Klechkovskiy qoidasi. Gund qoidasi.



  1. Fizika fanidan o’tkaziladigan ochiq darslarda o’quv eksperimentlarni tayyorlash va o’tkazish usullari

Maʼlumki. Oʼzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin taʼlim tizimining barcha bosqichlarida ham tuzilmaviy ham chuqur mazmuniy oʼzgarishlar yuz bera boshladi. Fan va texnika taraqqiyoti tarixini oʼrganish shuni koʼrsatadiki, ilmning rivoji bilan taʼlim mazmunida ham davriy ravishda takomillashishlar amalga oshirilib turiladi. Oʼzbekistondagi taʼlim tizimining oʼzgarishlari ham jahon fanidagi va kadrlar tayyorlash tizimidagi jiddiy oʼzgarishlar davriga toʼgʼri keldi. Bu oʼzgarishlar taʼlimning yangi mazmunida va metodlarida oʼz aksini topmoqda. Shuningdek Oliy taʼlim mazmunida takomillashtirish borasida katta imkoniyatlar yaratildi. Fizikani oʼrganishning ilmiy-uslubiy mazmuniy tuzilmasi qator bosqichlardan tashkil topib, ularning oʼzaro mantiqiy bogʼlanishi quyidagi diagrammada keltirilgan. Ushbu diagrammadan koʼrinib turibdiki, biz fizika fanini oʼrganish jarayonida uni ikkiga fizika nazariyasi va fizika eksperimentiga boʼlib oʼrganamiz.
Fizika nazariyasi – asosiy tushuncha, qoida, qonunlar va nazariyani ilmiy asoslab beradi. Fizika eksperimenti-asosan oʼqitishda fizikaga oid eksperimentdan foydalanishga asoslangan boʼlib fizika bilimlarini nazariy jihatdangina emas, balki amaliy ravishda ham oʼzlashtirish imkonini beradi.
Tadqiqot eksperimenti – bu nomidan ham maʼlum u maʼlum yoʼnalish yoki mavzuni olib uni atroflicha oʼrganib tadqiq qilishga asoslangan. Oʼquv eksperimenti – bir vaqtning oʼzida bilimlar manbai, oʼqitish uslubi va koʼrgazmalik turi boʼlib hisoblanadi. Oʼquv eksperimenti subʼektiv yangilik boʼlgan hodisalarni, qonuniyatlarni kashf etish uchun xizmat qiladi.
Oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarida oʼquv eksperimentining ikkita muhim turi mustaqil oʼringa egadir. Ularning biri oʼquv namoyish eksperimenti deb atalsa ikkinchi oʼquv laboratoriya eksperimenti deb yuritiladi. Ular bir-biridan amalga oshirishning tashkiliy-texnikaviy hamda ularga qoʼyiladigan ilmiy-uslubiy, pedagogik-psixologik va boshqa didaktik talaabalr jihatidan jiddiy farq qiladilar. Namoyish eksperimenti koʼp hollarda sifatiy xarakterga ega boʼlsa laboratoriya eksperimenti faqat miqdoriy oʼlchashlarga tayanadi. Namoyish eksperimenti deb hodisani borishini kuzatishga imkon beradigan tekshiriladigan hodisani kuzatish va tahlil qilish hamda uni istalgan paytda belgilangan sharoitda qaytadan takrorlash demakdir.
Bunday bilim va uquvlar talabalarga kelgusida ilmiy-tadqiqot ishlariga ijodiy yondashuvga, eksperimental usulni toʼgʼri tanlay bilishga, fizikaviy kattaliklar qiymatlarini zaruriy aniqlikda oʼlchashga va boshqalarga oʼrgatadi. Bu ijodiy maqsadlarni amalga oshirish uchun talaba oldiga qoʼyiladigan eksperimental topshiriqlarda ijodiy elementlar kuchaytirilishi lozim. Maʼlumki, fizika praktikumida talabalar oldiga qoʼyiladigan masalalar umumiy koʼrinishda quyidagi uch xil variantda boʼlishi mumkin:
1) fizikaviy kattalikni oʼlchashning eng maqbul usuli va oʼlchash asboblari majmuasi talabaga koʼrsatib beriladi. Natijaviy kattalikning aniqligini talaba mavjud asboblar va metod kiritadigan xatoliklar asosida baholaydi;
2) oʼlchash usuli koʼrsatiladi, lekin oʼlchash uchun kerakli asboblarni oʼlchash aniqligiga qoʼyiladigan talablar asosida talabaning oʼzi tanlaydi;
3) talabaga muayyan fizikaviy kattalikni koʼrsatilgan aniqlik bilan oʼlchash topshiriladi. Masalani eng yaxshi hal qilishga imkon beruvchi usulni va oʼlchash asboblari majmuasini talabaning oʼzi tanlaydi. 
Demak, laboratoriya mashgʼulotlari nazariya va amaliyotni bogʼlovchi hamda ularning birligini taʼminlovchi boʼlib, talabalarning bilimlarini mustahkamlashda, mustaqillik, oʼlchov asboblari bilan ishlay olish va tajriba oʼtkaza bilish koʼnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda, oʼlchash xatoliklarini baholay bilish kabi amaliy koʼnikmalarni rivojlantirishda katta rol oʼynaydi.
Hozirgi paytda oliy oʼquv yurtlarida umumiy fizika praktikumi laboratoriya mashgʼulotlarining uchta shakli mavjud.
1. Frontal (yoki yalpi)
2. Laboratoriya mashgʼulotlarini aralash bajarish usuli.
3. Siklik (yoki mavzu boʼyicha)
Frontal usul. Guruhlarga boʼlingan talabalarning hammasi bitta mashgʼulotning oʼzida bir xil laboratoriya ishlarini bajarishga frontal shakl deyiladi.
Demak, har bir talaba maʼruzada oʼtilgan mavzuga taalluqli muayyan bir ishni bajarish imkoniga ega boʼladi. Ushbu usul darsni tashkil qilish va oʼtkazishni, dars davomida talabalarning faoliyatini boshqarib borishni yengillashtiradi. Frontal usul laboratoriyalarda bir xil qurilmalardan bir nechta boʼlishi, lozim boʼlganda laboratoriya xonalarining va barcha talabalarning bir xil mazmunli va bir tartibdagi vazifalarning bajara olishiga sharoit tugʼdirishini talab qilinadi. Bundan tashqari laboratoriya ishlarining bir xilligi, qiyin oʼzlashtiradigan talabalarning fikrlash qobiliyatini chegaralaydi hamda boshlangʼich kurs talabalarining dastlabki bilimlarining puxta shakllanishiga imkon beradi. Ushbu usuldan fizika fani laboratoriya mashgʼulotlarining boshlangʼich davrlarida foydalanish mumkin.
Laboratoriya mashgʼulotlarini aralash bajarish usuli. Har bir talaba maʼruzada oʼtilgan yoki oʼtilmaganidan qatʼiy nazar alohida-alohida laboratoriya ishlarini bajaradi. Bu ishlarning mazmuni ham, bajarish usuli ham turlicha. Laboratoriya va maʼruza mavzularining bir-biri bilan mos kelmasligi talabalarning tegishli adabiyot bilan mustaqil ishlashga oʼrgatadi, fikrlash jarayonlarini faollashtiradi. Аmmo, kuzatishlar shuni koʼrsatadiki, laboratoriya mashgʼulotlarini oʼtkazish uchun kam soat ajratilgan oliy oʼquv yurtlarida bu usul baʼzan muammolarni tugʼdiradi, chunonchi, talabalarning mustaqil ishlashlari uchun vaqtning yetishmasligi sezilib qoladi. Lekin ushbu usul oliy oʼquv yurtlarining yuqori kurslarida oʼqitiladigan maxsus fanlar boʼyicha yaxshi natijalarga olib keladi.
Siklik usul. Bu usulda esa praktikumga kiritilgan laboratoriya ishlari, umumiy fizika kursining maʼlum boʼlimlari asosida yoki biron-bir fizik kattalikning turli oʼlchash usullarini birlashtirish yoʼli bilan gruppalanib tashkil qilinadi, bu usul laboratoriya va maʼruza mashgʼuloti mavzularini moslashtirish imkonini beradi, laboratoriya ishlarining gruppalanishida samarali variantlarni qoʼllashga koʼmaklashadi.
Umumiy fizika kursining har bir boʼlimiga doir laboratoriya ishlari ikki gruppaga boʼlinib, ikki siklda oʼtkaziladi: birinchi siklga kiritilgan ishlarni oʼlchov asboblari bilan tanishuv va fizik tajriba oʼtkazish texnikasini oʼrganish ishlari gruppasi deb ataladi. Ular semestrning dastlabki 3-4 haftasi davomida bajariladi. Maʼruzada oʼtilgan mavzularni mustahkamlashga doir kasbiy va ijodiy xarakterga ega boʼlgan laboratoriya ishlari esa aosiy praktikum ishlari hisoblanadi va maʼruzaning yirik mavzulari boʼyicha gruppalangan. Maʼlumki, psixologik jihatdan oʼquvchilarning bilim olishlarida koʼrgazmali qurollar va namoyish tajribalar muhim rol egallaydi. P.А.Kapitsa yozganidek, “fizik hodisalarni hayotdan uzmagan holda koʼrsatish – bu oʼquvchi uchun nazariya va amaliyot orasida shubhasiz bogʼliqlikni yaratishga imkon beradi va ularda hodisaning bayoni orqali yuzaga keladigan ayrim kamchiliklarni oldi olinadi”.
Pedagogika uchun koʼrgazmaning muhim tomoni tabiiylik va oʼquvchilar tomonidan obʼektlarning tez qabul qilinishi hisoblanadi. Oʼqitish jarayonining bu bosqichida koʼrgazma oʼquv materialini qabul qilish darajasiga bogʼliq holda tanalab olinadi. Namoyish tajriabalrini sinfning hamma oʼquvchilari uchun oʼqituvchi koʼrsatadi. Uksperimental qurilma va yeksperimentning oʼzi oʼqituvchining ishi. Bunda oʼquvchilar koʼproq kuzatuvchi boʼladi. Ular yeksperiment koʼrsatkichlarini yozib oladilar va ularni qaytadan ishlab chiqadilar.
Namoyish eksperimentlar mazmuniy masalalardan tashqari quyidagi tashkiliy masalalarni hal etadi. Oʼquvchilarni ishni bajarishga tartibga, natijalarni olishda va tahlil qilishda puxtalikka, asboblar bilan toʼgʼri muomala qilishga oʼrgatadi. Bu koʼrinishdgi yeksperimentning kamchiligi shundan iboratki oʼquvchilar koʼpincha uzoqdan turib kuzatadilar, asboblar bilan oʼzlari ishlamaydilar, shuning uchun yeksperimentni qoʼyishda asosiy malakalar olmaydilar. Namoyish tajribalari ishonchli boʼlishi kerak. Bu degani oʼqituvchi namoyish qiladigan har bir tajribaning yaxshi chiqishi tushuniladi.
Tajribalarning yaxshi chiqmasligining sababi turli tumandir. Bulardan eng aosiylari oldindan tekshirib koʼrmaslik, asbobning buzuqligi, tajribani qoʼyishda pala partishliklarga yoʼl qoʼyilishi. Namoyish tajribalarining vaqti chegaralanganligi tufayli darsda belgilab berilgan vaqt orqali aniqlanadi. Tajribani bajarish tempi oʼquvchilarning demonstratsion materialni qabul qilish tempiga mos kelishi kerak. Аgar hodisa juda tez sodir boʼlsa yoki oʼquvchilar hamma nazariy detallarni koʼrib ulgurmagan boʼlsalar tajriba qaytadan takrorlanadi. Bunday takrorlashda oʼqituvchi maxsus diqqat qilinishi kerak boʼlgan obʼektlarni belgilab oʼtadi. Fizikani oʼqitishda oʼqituvchi qanchalik mohirona oʼz fikrini bayon etmasin, baribir tabiatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarni talaba anglab olishi qiyin. Shu sababli tabiatda sodir boʼladigan jarayonlarni oʼz koʼzi bilan koʼrib, mantiqan fikrlab hamda u boʼysunadigan qonun qoidalarni oʼzlashtirsa, oʼqitishning samarasi yanada oshadi. Namoyish tajribalarning har biri oʼziga xos xarakterga ega boʼlib maʼlum bir maqsadni koʼzda tutadi. Shuning uchun namaoyish qilinayotgan tajriba oʼtilgan yoki yangi bayon qilinayotgan mavzuga doir hodisa va jarayonlarni aniq koʼrsatib berishi, yaʼni nazariy olingan bilimlarni amaliyotda tasdiqlashi lozim.
Namoyish eksperimentini tayyorlashga maxsus talablar qoʼyiladi. Ular laboratoriya eksperimentidan farqli ravishda, koʼp hollarda sifatiy tafsifga ega boʼladi.


  1. Quvvat” mavzuda ochiq dars ishlanmasi


Yüklə 122,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin