O’zbekiston milliy universiteti


Fizikani tabiiy va gumenitar fanlar bilan bog’lash usullari



Yüklə 122,71 Kb.
səhifə6/11
tarix06.01.2023
ölçüsü122,71 Kb.
#78595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Fizika fanidan ochiq dars o\'tkazish usullari mavzusida kurs ishi

Fizikani tabiiy va gumenitar fanlar bilan bog’lash usullari

  1. Fizika fanini tabiiy fanlar bilan bog’liqligi

Fizika kursining boshka o'quv fanlari bilan bog’lanishini amalga oshirishdan asosiy maksad:
• bilimning sistemaliligini ta'minlash;
• tabiat hodisalari va ularning bir-biri bilan bog’langanligi haqidagi tasavvurlarni o’quvchilar ongida shakllantirish;
• o’quvchilarda hodisalar, tushunchalar va nazariyalar orasidagi bog’lanishlarni o'rnata olish mahoratini shakllantirish;
• o'qitishning politexnik yo'nalishini kuchaytirish;
• o’quvchilarda asosiy tabiat qonunlarining umumiyligi va tabiiy bilimlarning turli sohalardagi ahamiyati haqidagi tasavvurlarni hosil qilish.
Fanlararo bog’lanishni amalga oshirish usullari asosan quyidagilardan iborat:
1. Bir fanda o'rganilgan hodisani boshqa fanda avvalroq o'rganilgan hodisa bilan bog’lanishini ko'rsatish; 2. Bir fanda o'rganilgan bilimga boshqa fandan bilim olishda suyanish; 3. Fanlararo bog’lanishga xos masalalar echish ; 4.Umumiy tushuncha va malakalarni shakllantirishda umumiy yondashishni amalga oshirish. 5. O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish; 6. Turli fanlarda qo'llanadigan tadqiqot uslublarining umumiyligini ko'rsatish (masalan, fizika, ximiya va biologiyadagi tadqiqotda kuzatish va tajribalar). 7. Turli fanlarda bir tushunchaning takrorlanishini yo'qotish.
Fizika va matematika fanlaridan o`zaro aloqaning muhim shakllaridan biri fizik mazmundagi matematik masalalarni yechishdir. Bir paytda ham fizikaga, ham matematikaga taalluqli bo`lgan masalalarni yechish (harakatga, zichlikka doir) foydalidir. Fizika fani matematikaning arifmetika yoki algebraik ifodalari bilangina bog’lanib qolmasdan, balki geometriya bilan ham bog’liqdir. Jismlarning shakli to`rtburchak, kvadrat, doira, uchburchak, ko`pburchak, shar, kub, to`g’ri burchakli parallelepiped va h.k. ko`rinishlarida bo`lishi mumkin. Bunda albatta ularning o`lchamlarini aniqlash geometriyada olingan bilimlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

    1. Fizikani matematika fani bilan bog’lab o'qitish usullari


Yüklə 122,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin