bo'lm og'i, so'zi va amaliy faoliyatida muntazzam muvofiqlik bo'l- mogi juda muhim. Tashqi ko'rinishi yoqim li, istarasi issiq, yuzida nim tabassum sezilib turishi lozim. Har bir so'zida mayinlik, gapir- gan gaplarida muloyimlik va shirinlik sezilib turmog'i darkor. U doim o ozoda va shinam kiyinishi muhimki, pala-partish kiyinish, soch-sog'ollarini o'stirib yurishi muallimga yarashmaydi. Chunki undan ta'lim va tarbiya olayotgan shogirdlari unga katta ishonch bilan qarab, uning ko'p jihatlarga havas bilan qaraydi va unga taqlid qila boshlaydi. O 'z navbatida muallim ham o'zi ta'lim-tarbiya berayotgan shogirdlariga mehribon va talabchan bo'lishi kerak. Agar muallimning shogirdlari qizlar bo'lsa, o'zining qiziday ko'rishi, shogirdlari o'g'il bolalar bo'lsa, o'zining o'g'illariday ко'rib muomala qilishi, shogirdlariga hech qachon ta'magirllk ko'zi 85
bilan yoki qiz shogirdlariga noto'g'ri ko'z bilan qaramasligi muallim qalbining pokligidan darak beradi. Muallimning boyligi shu shogirdlari ekanligini esdan chiqar- masligi kerak. Nainki, u shu shogirdlariga ma'naviy oziq bermoqda, kelajak avlod uchun ulardan hosil kutmoqda. Shogirdlarini biridan- birini kamsitmasin, dilini og'ritmasin. ‘T o y n i toy dema-toy ham bir kun ot bo'ladi”, - deydi xalqimiz. Dehqon uchun dalasi, dalasida o'stirayotgan paxtasi uning rizqi- ro'zi, boyligi. Dehqon dalasidagi paxtasining hamma nihollari, navlari bir hilda o'sm asligi mumkin. Ba'zi birlari egri yoki nimjon o'sishi mumkin, bunda dehqon hech qachon nimjon yoki egri paxta niholni sug'irib otib yubormaydi, uni qo'lidan kelganicha parvarish-