laridagi mahoratlarini yuksak qadrlagan. Ayni paytda u mudar- rislaming dars berishdan tashqari ilmiy ladqiqotlarda faol ishtirok etishlarini talab etgan. Ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borishga o'quvsiz mudarrislami ishdan bo'shatgan” (Ko'chirmalar professor N.Mahmudovning “Ma'rifat manzillari” kitobidan olindi. Т.: “Ma' naviyat” 1999,24-bet) O'qituvchining asosiy quroli uning notiqligidir. Agar mual- limda notiqlik qobiliyati sust va past bo'lsa, u o 'z fani sohasidagi bilimini shogirdlari ongiga singdirolmaydi. Ikki o'rtada ham ustoz, ham shogird qiynaladi. Agar muallim notiq bo'lsa barcha bilganlarini talabalar va o'quvchilar qalbiga yo'naltiradi va bundan o 'z i ham tinglovchilar ham rohadanadi. Ba'zi bir o'qituvchilar darsga kirib “charchab chiqdim” desa, ba'zi bir o'qituvchilar dars o'tib “dam olib chiqdim”, deydi. Dam olib chiqdim degan muallim, o 'z bilimini o 'z ona tilida, Notiqlik mahoratini ishga solib mehnatidan rohatlangan. Charchab chiqqani esa buning aksi sifatida notiqlikda no'noq. U albatta charchaydida, chunki tinglovchilar uni yaxshi qabul qilmagan, fikrlarini ko'ngil- dagidek qilib etkazolmagan. Uning nutq quroli nosoz, uni charh- lash va moylash kerak. Buni o'sha muallimning o'zi ham yaxshi biladi. Muomala madaniyati “M uomala” so'zi zamirida butun insoniyat taqdiri mujassam. Uning ildizi Odam Ato va Momo Havomiz o'rtasidagi muomala va muloqotlariga borib taqalsa ham ajab emas. Shundan buyon insoni yat muomalaning to'g'ri va ravon yo'llarini izlaydi, ba'zan topgan- day bo'ladi, yana yo'qotadi va yana izlaydi... Shunchalar mushkulmi muomala madaniyatiga erishish? Bu