cho'kindilar chelak tagiga cho'kadi va suvni istemol qilish mumkin bo'ladi. O'sha paytda e'lon qilingan maqolalar daryodan yoki ariq dan olingan chelakdagi suvning dastlabki holatini eslatardi. Hali voqealik tinimagan edi. Lekin men savolga javob berishim shart. 94
Shunda hayolimdan daraxtni kesayotgan bolta haqidagi rivoyat o' tdi. Tanasi jarohatlanayotgan daraxt zorlanib. - Sopi o' zimdanda, bo'lm asa boltaning qo'lidan hech ish kelmasdi-ya, deb ingragan ekan. Demak, javobga savolning o'zidan sop yasash kerak, degan fikr keldi, va shunday javob berdim: - Juda to'g'ri va o'rinli savol berdingiz ukam. Haqiqatdan ham, matbuotda qaynoq voqelik haqida tinimsiz maqolalar chiqib turibdi. Sizga bir iltim osim bor, shu voqeliklar haqidagi maqolalarni qaynoq- ligicha istemol qilmang og'zingizni kuydirib qo'yasiz - deyishim bilan zaldagilar chapak chalib yuborishdi. Yonimdagi hokimning muovini ham qo'rqib o'tirgan ekan, shekilli, birdan qo'limni siqib tabriklay boshladi. Chapaklar tingach: - ukajon, yana o'sha savol bergan yigitga murojaat qildim, o'ta sovitib ham yubormang, tom- og'ingizni og'ritib qo'yasiz - dedim. Zalda yana chapak chalindi va ular orasidan kimlardir: “Rahmat, domla!” deyishdi. Shundan so'ng garchi zaldagilam ing javobidan ко' nglim to'lgan bo'Isa ham, haligi yigitni mulzamlikdan, hijolatdan chiqarish uchun muomala madaniy- atini ishga solib Abdulla Oripovning quyidagi she'rini o'qib berdim: Juda yaxshi deymiz, mana bu narsa. Go'у о hukm kabi yangrar so'z'uniz. O'ylab ko'rganmiz-mi hech biror marta, Xo'sh, kimmiz o'zimiz.