muhokama qilish va yakunini ко'rib chiqish, qolaversa, xaridorlar sonini ko'paytirish uchun savdogarlar so'z san'atidan ham yaxshi xabardor bo' lishlari talab etilgan. Iqtisodning kelajagini, barqarorligini o'ylagan davlatlarda hamisha moddiylikni ma'naviyatdan ajratib qo'ymaslikka, aksincha, ma'naviyatni taraqqiy ettirish orqali iqtisodni rivojlantirishga harakat qilinadi. “Jumladan, mashhur sotsiolog olim Deyl Kamegi Ameri- kadagi biznesmenlarga (tabdirkorlarga) Notiqlik mahoratidan dars bergan va ular o'rtasida tez orada katta shuhrat topgan. Chunki Kamegidan sabog' olganlaridan keyin tadbirkorlaming kishilar bilan muloqatga kirishishlari ancha oson ko'chgan va ularning savdo ishla- ri juda jonlanib ketgan. Shuning uchun avvaliga bu yigitcha savdo- garlardan notiq tayyorlamoqchimi, deb o'ylagan va uning ma'niza- lariga 2 dollarni ham ko'p ko'rgan biznesmenlar keyinchalik Kame- 97
gining har bir kuni uchun 30 dollardan haq to'lab sabog' olganlar”. (S.M o'min. So'zlagish san'ati, Farg'ona 1997 y. 46 bet.) “To'g'ri so'z tuqqaningga yoqmas” deganlaridek, ba'zi haqiqat- go'y odamlar hamisha rost va haq gapni aytishdan tortinmaganlar. Faqat ular bir xil mazmundagi gapni turli ko'rinish va har xil ohang- da aytganliklari uchun ba'zilari jazo olib, ba'zilari mukofotlanganlar. Bir rivoyatda keltirilishicha: “Xorun ar-Rashid tush ko'rsa, o'ttiz ikki tishi tushib ketganmish. Shunda u munajjim va ta'birchilarni cha- qarib, tush ta'birini so'rabdi. Shunda muabbir (ta'birchi)lardan biri: - Ey, amir al-mo'minin, butun qavm-qarindoshing va urug' aym og'ing o'lib, o'zing yakka-yu yolg'iz qolar ekansan, - debdi.