shnavanda bo'lib muomala madaniyatida ham o'zgarish yasaydi. qisqasi, insoniyatning asab torlari taranglashgan hozirgi serg'alva zamonda odamlar bilan shirin muomalada bo'lish uchun har birimiz- dan sabr-toqat, bag'rikenglik va yuksak sahovat talab etiladi. Tasavvur qiling, farzand o 'z ota-onasini hurmat qilmasa, shogird ustozining yuziga oyoq qo'ysa, fuqaro o 'z hokimining gapini ikki qilsa, u yurtda osoyishtalik, farovonlik bo'lmaydi. Musulmonchilik 89
qonun-qoidalariga ко'ra, Allohga, uning Rasuliga hamda hokimlarga nisbatan e'tiqodda bo'lish buyurilgan: “E y m o'm in la r A llohga itoat q ilin giz va p a y g'am b arlarga h am d a o'zlarin gizd an b o'lgan h okim larga b o'y su n in giz!” (Qur'oni karim, N iso surasi, 59-oyat). Yaratganga beadad shukurlar bo'lsinki, istiqlolga erishganimiz- dan so'ng yurtimizda juda katta o'sish-o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ulkan qurilishlar, shifo maskanlari, o'quv dargohlaridagi yutuqlar, shaharlarimizdagi obodonchilik va osmono'par binolaru, ko'priklar — barchasi, birgina Toshkent shahridagi o'zgarishlarning o'ziyoq har qanday odamni o'ylashga undaydi. Agar Shayhzoda hayot bo'lgan- larida, ‘Toshkentnom a” dostonini qayta yozgan bo'lardilar. Ayni kunlarda kishilarimlz o'rtasida bir-birlariga nisbatan hurmat-e'tibor qaytadan tiklanmoqda. Bu — yurt obodligidan el ko'nglini shod etadigan yagona omillardandir. Ajdodlarimiz orzu qilgan kunlar biz- ga nasib etgan shu kunlarda ma'naviyatimizda, muomala madani- yatimizda ba'zan oq sog'lik sezamiz. Inson bolasidan qoladigan eng ulug' meros faqat bitta - shirin muomala. Barcha narsaga etgan aqli- miz shunga qolganda charchaydi. Nimagadir bir-birimizdan shirin