“Notiqlik san 'atf’ning boshqa fanlar bilan aloqasi
va “Nutq madaniyati”dan farqi
“Notiqlik san'ati” azaldan mavjud ekan,
u
albatta boshqa fanlar
bilan munosabatda bo'lib kelmoqda. Notiqlikning asosiy quroli yoz
ma nutqda ifodalanadigan so'z san'ati - badiiy adabiyot bo'lib, u
hozirgi o'zbek adabiy tili va o'zbek shevalariga asoslanib ish ko'radi.
Chunki nutqning va talaffuzning hamda ohangning to'g'riligi uning
asosiy fazilatidir va u grammatika qonuniyatlariga asoslanadi.
Notiqlik san'ati hamma vaqt inantiq va ruhshunoslikka suyana-
di. Mantiqqa murojaat qilmasdan turib aniqlik va mantiqiylikni
12
ta'minlash ham, baholash ham mumkin emas. Mantiq so'zlar butun
bir gapdan kelib chiqadigan hukm va tushunchalarni belgilaydi.
Ya'ni u mantiqiy hukmlar va tushunchalar bilan ish ko'radi. Agar
so'zda tushuncha ifodalansa, gapda hukm va fikrlar o'z mavqeiga
ega. Mazkur so'z va gaplar bir-biriga qarama-qarshi bo'lmasligi
zarur. So'zlardagi ko'p ma'nolilik ham turlicha tushunchalarga sabab
bo'ladi. Ba'zan hukm bilan gapda bir-biriga moslasholmaslik holati
ham kuzatiladi. Masalan, “Notiq bo'lishni kim xohlamaydi, deysiz?”
gapi so'roq gap, inkor shaklida, biroq unda tasdiq hukmi bor.
Talaffuz va ohang orqali ham bunday holatni kuzatish mumkin:
O'qishga kirdi. - darak gap; O'qishga kirdi? - so'roq gap; O'qishga
kirdi! - undov gap. Sinonim so'zlarni ishlatishda ham tushuncha
o'zgamdi. Masalan, visol, jamol, oraz, chehra kabi so'zlar tushun-
chasida ijobiy holat. bashara, turq. aft kabi so'zlar tushunchasida
salbiy holat kuzatiladi.
So'zlaming ma'nosi va ifodalanayotgan tushuncha o'rtasidagi
munosabatni mantiq tekshiradi. Mantiq - so'zlar, gaplar, birikmalar
orasidagi ma'no aloqalarini ta'minlaydi.
Nutq qurilishi o'rinli yoki o'rinsiz bo'lib ko'rinadigan holatlarda
ruhshunoslikka murojaat qilishga to 'g'ri keladi. Notiqlik bilan
ruhshunoslik aloqasida notiq o 'z fikrlarini bayon qilishda audito
riyani kuzatishi, har bir tinglovchining kayfiyatini hisobga olib nutq
so'zlashi lozim. Notiq va tinglovchi o'rtasida samimiy muomala aso
siy vazifa bo'lishi kerak. Notiq zarur va muhim gaplami aytishdan
oldin butun tinglovchilarning diqqatini o'ziga qarata olsa, maqsadga
muvofiq bo'ladi. Tinglovchilar hamma gapni ham qabul qilavermay-
di. Ba'zan noo'rin gaplardan ehtiyot bo'lish, auditoriyani qiziqtiradi-
gan gapni topib gapirish notiqning mahoratiga bog'liq. Ayniqsa
boshqa mavzu va voqea-hodisalarga o'tib ketmasligi kerak. Tilning
о rinsiz qo'llanadigan u yoki bu vositasi tinglovchilar mhiy holatini
qay darajada vayron etishini rahshunoslik aytib bera oladi. Shu
13
ma'noda ruhshunoslik notiqning o'z malaka va mahoratini kengay-
tirishi va mukammallashuvini o'rganishi orqali “Notiqlik san'ati”ga
yordam berishi mumkin.
Bulardan tashqari “Notiqlik san'ati” nafosat haqidagi fan bo'lib,
estetika bilan, badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, tilshunoslik,
adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid bilan ham aloqadordir.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim o'quv dargohlarida 90-yillardan
buyon “Nutq madaniyati” fanini o'rgatish ko'zda tutib kelinmoqda.
Bunday o'quv reja asosida Notiqlik san'ati va nutq madaniyati ara-
lash-quralash o'rgatilmoqda. Biroq bu ikkala fan bir-biriga yaqinday
tuyulgani bilan aslida o'zaro farqlanadi. Bu holatni ulaming fan
sifatida shakllanishi jarayonini kuzatish orqali ham o 'z oldilariga
qo'ygan vazifalari, m^qsadi , predmeti, tasvirlash ob'ektlariga xos
bo'lgan xususiyatlarida ham kuzatish mumkin.
Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san'at sifatida
muayyan aniq shaxsdagi noyob qobiliyatdir. Shu ma'noda Notiqlik
va nutq madaniyati orasida bog'liqlik bo'Isada har qaysisi o'ziga
xosligi bilan farqlanadi. Bu haqda professor E.Begmatovning
(Qung'urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., “Nutq madaniyati va
uslubiyat asoslari"’ Toshkent: O'qituvchi 1992y.) fikrlarini keltirib
o'tish o'rinlidir:
1. Nutq madaniyati, chinakam ma'noda adabiy til bilan bog'liq
hodisadir. Uning paydo bo'lishi lisoniy asosi, talab va mezonlari
adabiy til va uning mezonlari bilan bog'liqdir. Notiqlik san'ati uchun
bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida adabiy til talablariga
to'la amal qilmaydiganlar, ma'lum lahja yoki shevada ham chinakam
Notiqlik san'atini namoyish qiluvchilar uchraydi. So'zga chechanlik,
notiqlik til materialining xarakteriga qarab emas, nutqning ta'sir-
chanligiga, nutqiy san'atga qarab belgilanadi.
2. Notiqlik - bu nutqning og'zaki shaklidir. Notiqlik san'ati -
og'zaki nutq san'atidir. Nutq madaniyati esa nutqning ham og'zaki,
ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir.
14
.3. Nutq madaniyati jamiyat a'zoiarining umumiy nutqiy faoli-
yatini ko'zda tutadi. Nutq madaniyali sohasining maqsad va provard
or/usi barchaning, butun xalqning nutqini madaniylashtirishni
mo'ljallaydi. Klassik ma'nodagi notiqlik esa. alohida shaxslarning
nutqiy mahoratini san'atini ifodalaydi. Notiqlik. asosan, nutq vosi-
tasida kishilarga muayyan g'oya va maqsadlarni etkazishni, ularni
ma'lum maqsadga safarbur qilishni ko'zda tutadi. Ya'ni, Notiqlik
san'atida tinglovchilarni ma'lum maqsadga jalb qilish asosiy o'rin
tutadi. Shu sababli ham professor V.D.Kudryavtsev Notiqlik nutqiga
shunday izoh beradi: “Har qanday og'zaki nutq Notiqlik nutqi bo'lib.
u nimanidir tushumirish va isbotiasnnigina emas. baiki lingiovchilai
tushuncbasiga ta'sir etishini ham maqsad qilib oladi" (Kudryavtsev
V.L). Osnova oratorskogo iskustva. Irkutsk. 1966. S.3).
4. San'atkor notiq nutqi. asosan kopchilik tinglovchiga. keng
auuitoriyaga mo'ijaiiangan bo'ladi. Noiiqui birdan oriiq shaxsiar
tinglaydi. Nutq madaniyati mana shunday tinglovchilardan tashqari
kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka kishi«a qarutilgan nutqlami
ham o'z ichiga qamravdi.
5. Har bir kishi ona tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi
egallagan, nutq madaniyati talablanga javob beradigan so'zamol
shaxs bo'lishi mumkin. Ammo har bir shaxs ham san'atkor ma nosi-
dagi notiq bo'lmasligi. bo'la olinasligi mumkin. Lekin adabiy tildan
foydaianuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan xabardor bo'lishi
shart. Bu o'rinda T.A.Degterevaning ushbu fikrlarini keltirib o'tish
o'rinlidir: “U (maktab - H.B.) kclajak so'z san'atkorlarida nutq mad
aniyati asoslanni shakilanliradi. Birorta yozuvchi ham, birorta siyo-
siy va ilmiy asarlar muallifi ham. Notiqlik san'atinmg birorta dahosi
ham yo'qki, nutq madaniyalinmg maktab beruvchi tayyorgarligidan
o'tmagan bo'lsin" (Dcgtereva Г.А. Stanovlenie norm htoraturnoga
yazo' ка. - М. 1963. S. 170).
15
6. Nutq madaniyati ko'pchilikni, keng xalq ommasini .ko'zda
tutib ish ko'ruvchi sohadir. Bu ma'noda nutq madaniyati keng omma
uchun mo'ljallangan talabdir, ammo “Notiqlik - bu avvalo qobili
yat, shaxsiy qobiliyatdir” (Jalolov H.S. M.Kirovning, Notiqlik maho
rati. Toshkent: O'zbekiston, 1981). Alohida san'atkorlik ma'nosida-
gi Notiqlik (klassik ma'noda) nutqiy san'atni, nutqiy go'zallikni
hisobga oladi. Nutq madaniyati esa kishilaming barchasini san'atkor
notiq qilishni ko'zda tutmaydi. U, asosan, ona tilida yoki o'zga bir
tilda to'g'ri, madaniy gapira olish va yoza olish faoliyatini tarbiya-
lashni maqsad qilib oladi. Shu sababli to 'g 'ri va mazmunli so'zlovchi
barcha kishi ham hali san'atkor Notiqlikni da'vo qila olmaydi. Fikri-
mizning dalil uchun A.N.Kunitsinning “Lektoming Notiqlik san'ati
haqida” nomli asaridan A.V.Lunacharskiyning Notiqlik qobiliyati
haqida hikoya qilingan ushbu o'rinlarni keltiraylik: “ 1925 yili Rossi-
ya fanlar akademiyasi yubiley sessiyasiga butun ilm olamidan vakil-
lar keladi. U (Lunacharskiy - E.B.) bular oldida rus fanining shuhra-
tini ko'z-ko'z qildi. Maorif xalq komissari Lunacharskiy 1917 yildan
keyingi etti yarim yil davrida Rossiyada erishilgan fan yutuqlari
haqida ma'ruza qildi. U bilardiki, ma'ruzani turli millat vakillari
eshitishadi. U o 'z ma'ruzasini rus tilida boshlaydi, nemis, ingliz,
fransuz, italyan tillarida davom ettiradi va sof klassik lotin tilida
tugallaydi. Hamma hayratda qolgan edi. Tinglovchilaming hech biri
buning uddasidan chiqa olmasdi. Parij gazetalaridan biri keyinchalik
bu haqda shunday yozdi: ’’Dunyoda eng ma'rifatli maorif ministri
Rossiyadadir” (Kunitsin A.N. Ob oratorskom isskustve lektora. - L.,
1969. S .ll).
7. Nutq madaniyati - bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga
tegishli tushuncha va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya'ni
adabiy tilni va uning normalarini o'rganish va bu normalami qayta
ishlash ishi bilan ham shug'ullanadi. Notiqlik san'ati esa bunday
ilmiy-normativ faoliyatni ko'zda tutmaydi.
16
8. Notiqlik, ko'proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga,
mundarijaviy tuzilishga e'tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa
ko'proq nutqning til qurilishi - lisoniy tuzilishiga e'tibor qiladi.
9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs - notiq yoki guruhlar -
notiqlar nutqi haqida qayg'uradi. Bunda u notiqni tinglayotganlar,
ya'ni keng ma'noda tinglovchilar ommasi nutqini ham ko'zda
tutmaydi. Nutq madaniyati esa bundan farqli ravishda umuman
kishilaming nutqiy faoliyatini, nutq madaniyatini ko'zda tutadi. Shu
sababli nutq madaniyati maqsadiga ko'ra va nutqiy faoliyati nuqtai
nazaridan keng maqsadli soha, Notiqlik esa tor sohadir.
10. Notiqlik san'ati notiq uchun oldindan qanday so'zlash
sxemasi va rejasini bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan
tayyorlangan, tayyorgarlik ko'rgan nutq emas, nutq madaniyati
sohasi esa jamiyat a'zolarini ona tili, ya'ni adabiy til boyliklari va
vositalaridan maqsadga muvofiq, sharoit va uslub taqozasi talabiga
ko'ra o'rinli foydalana olish ko'nikmasini beradi. Bunday ko'nikma,
aslida, har qanday san'atkor notiq uchun ham zarur.
11. Notiqlik va notiqlik san'ati haqidagi fan ancha qadimiy
tarixga ega, nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha sifatida
hali yangi va yoshdir. Professor E.Begmatovning yuqoridagi fikrlari-
ga hayrihoh bo'lganimiz holda har ikkala fanning bir-biriga yaqinli-
gidan tashqari, alohida xususiyatlarga ham ega ekanligi, ulaming
alohida-alohida fanlar sifatida faoliyat ko'rsatishiga imkoniyat
beradi. Notiqlik san'ati va nutq madaniyatida yaqinlik va farqlami
etika va estetika fanlariga qiyoslash mumkin.
Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so'zga chiqib, odamlarga
o'z fikrini tushuntirish, ular ongiga ta'sir etib, o'z ortidan ergash-
tirist
sh va
Dostları ilə paylaş: |