qusurlarning kelib chiqishi teran notiqlik
malakalarining zaifligi
bilan bog'liqligi ma'lum. Maktabdan tortib, akademik litsey va kollej
hamda institut va universitetlar, malaka oshirish institutlari o'quv
rejalariga notiqlik san'ati darsini kiritish, bu darsni o'quv yurt-
larining o'ziga xos xususiyatlariga qarab uning dasturi va darsligini
yaratish juda dolzarb. Chunki, Vazirlar Mabkamasining “Akademik
litseylar va kasb-bunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyati-
ni boshqarish to'g'risida”gi qarorida
bir qancha muhim masalalar
bilan bir qatorda Davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish, yangi
darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratish vazifasi ham qo'yilgan.
Milliy dasturda belgilangan vazifalami jadal amalga oshirish
mustaqil mamlakatimizning buyuk kelajak sari yuksalishini ta'min-
laydigan omillardan ckanligi muhim. Prezidentimiz I.A.Karimov
Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi (1999 yil 14 aprel) ma'ruzalarida:
“Yana bir bor ta'kidlab o'tishga to'g'ri keladi: amalga oshirilayotgan
barcha islohotlarning taqdiri shu masalaga, ya'ni kadrlar tayyorlash-
ga chambarchas bog'liqligini biz aniq
va ravshan anglab olishimiz
lozim. O'zini shu mam-lakatning haqiqiy vatanparvari deb biladigan
har bir kishi bu Dastumi amalga oshirishga o'z mehnatini,
o'z
ulushini qo'shadi deb ishonaman”, - degan edilar.
Chunki bu Dastur O'zbekistonimizning madaniyat va ma'naviy
yuksalishi borasidagi dasturulamaldir. Bugun biz ziyolilar va barcha-
miz, xalqimiz va Vatanimiz uchun bunday mas'uliyatni chuqur va
izchil anglamog'imiz shart.
Ma'lumki, jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat
ma'naviy kamolatining muhim jihatlari Notiqlik san'atiga ham borib
taqaladi. Shu bois ham mamlakatimizda madaniy-ma'rifiy
islo-
hotlaming davlat siyosati darajasiga o'sib chiqishi, farzandlarimiz-
ning notiqlik malakalarini oshirish, nutqiy madaniyati masalalariga
e'tiborni qaratish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqdaki,
Respublikamizda “Davlat tili haqida”gi, “Ta'lim to'g*risida”gi
8
qonunlar, Kadrlar tayyorlash bo'yicha Milliy dastur va boshqa
ko'pgina hujjatlarda ma'naviy-ma'rifiy
tarbiyaga, til masalalariga
alohida e'tibor qaratilgan.
Fikrimizni o 'z ona tilimizda mustaqil, ravon, go'zal va lo'nda
ifodalash uchun bizda nutqiy madaniyat, notiqlik etarli darajada
shakllanmogi kerak. Ayniqsa, o'qituvchining asosiy ish quroli uning
nutqi ekanligini hisobga olsak “Notiqlik san'ati” o'quv fani sifatida
nafaqat
filolog-muallimlarga, balki barcha fan o'qituvchilari tayyor-
laydigan bilim dargohlarda o'qitilishi maqsadga muvofiq. Bu borada
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining 2006-
2007 o'quv yili uchun qabul rejasiga maxsus mutaxassislik bo'yicha
alohida talabalar qabul qilinishi bizni quvontiradi. Albatta, Vazirlar
Mahkamasining, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining bu sa'yi
harakatini keng jamoatchilik qo'llab-quvvatlamoqda.
Umuman, yosh avlodda notiqlik qobiliyatini shakllantirish va
izchil kamol toptirish, bu yo'lda samarali usullami izlab topish va
ta'limga yo'naltirishni olimlarimiz va o'qituvchilarimiz o'zlarining
asosiy va samarali burchlari ekanligini unutmasliklari lozim.
Dostları ilə paylaş: