O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini


-Mavzu: O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 60,35 Kb.
səhifə2/5
tarix12.11.2022
ölçüsü60,35 Kb.
#68757
1   2   3   4   5
O\'zbekiston tarixidan mustaqil ish

2-Mavzu: O’zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari


REJA:
1.Davlatchilik tushunchasi. Qadimgi Baqtriya, uning o’zbek davlatchiligining shakllanishidagi o’rni.

2.Qadimgi Xorazm. Ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy hayot.

3.O’zbek xalqining etnik shaqillanishi o’zoq davom etgan murakkab jarayon ekanligi.

4.IX-XII asrlarda turkiy qavmlarning o’zbek xalqining etnik shakillanishidagi o’rni.

Vatan tarixining dolzarb muammolaridan biri davlatchiligimiz tarixidir. SHuning uchun ham Respublikamiz birinchi prezidenti Islom Karimov 1998 yil iyun oyining oxirlarida bir guruh yetakchi tarixchilar va ziyolilar vakillari bilan uchrashganda bu masalaga alohida ahamiyat berdi. O’zbek davlatchiligining paydo bo’lishi, asoslari va rivojlanish bosqichlari konkret ko’rsatilmaganligini ta’kidlab o’tdi.


Bu muammoning kun tartibida turish sabablari shundan iboratki, keyingi vaqtda o’zbek davlatchiligi tarixini Vatanimiz hududiga turli davrlarda kirib kelgan ko’chmanchi xalqlar davlatlaridan boshlashga intilish kuchayib bordi. Bazilar buni zo’r istihola bilan niqoblab aytsalar, bazilar jar solib, shu ko’chmanchilik davlatlari bilan farxlanishga chaqirdilar.
Islom Karimov suhbatida “Ko’chmanchilar kelgunga qadar bu yerda davlatchiligimizga asos bo’lgan mahalliy davlatlar bormidi o’zi?”, deb savol berganlari bejiz emas. Davlatchilik masalasi ham ilmiy, ham siyosiy masala. Bu haqda prezidentimiz Islom Karimov shunday deydilar:
“Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, halqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g’alamislar orasida qanday qilib bo’lsa ham bizni yana sobiq SSSR ga qaytarish niyatida yurganlar yo’q, deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu dahvoning ‘uch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”.
Tarixchilarimiz oldiga prezidentimiz havola qilgan bu muammo jiddiydir: u hali jiddiy tadqiqotlarni kutadi. Ammo shunga qaramay, mavjud ilmiy fikrlarning oqini-oqiga, qorasini- qorasiga ajratib, yagona ilmiy to’xtamga kelsa bo’ladi. SHuning uchun ham I.Karimov: “Eng mo’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo’lya’ti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy xujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi”, deganida to’la haqli edi. “Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qaysi asrda paydo bo’ldi? Qanday tarixiy bosqichlarni bosib o’tdi?”, degan savollarga javob berish mumkinmi? Asosan mumkin. Buni prezidentimizning yuqoridagi so’zi ham ko’rsatib turibdi. O’zbek davlatchiligi tarixiga to’xtalishdan oldin, umuman davlatchilik tushunchasi masalasida biroz so’z yuritishga to’g’ri keladi. Davlatchilik deganda davlatning paydo bo’lishi, ya’ni davlat bo’lib uyushishi, uning tuzumi va tizimini tushunamiz. Davlat, aslida jamiyatni tashkil etishning siyosiy shaklidir. Davlat - bu hokimiyatning fuqarolar bilan bo’lgan aloqalar va munosabatlar majmuasidir. Davlatning paydo bo’lishi, uning tuzumi va bu davlatning boshqarish tizimi mamlakat va xalqlarning ijtimoiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Bu sohada qonunchilikning roli buyukligini alohida ko’rsatish kerak. O’zbek xalqining qonunchilik anhanalari juda qadimiydir. Qonunchilik bizning Vatanimizda miloddan avvalgi yillardayoq shakllangan va o’rta asrlarda takomillashgan. Haqiqatda esa mustaqillikka erishganimizdan keyingina qonunchilik o’z mavqeiga ega bo’ldi. prezidentimiz olg’a surgan besh tamoyildan biri - qonunning ustivorligi tamoyili ekanligi ham buning isbotidir.
CHunki, qonunchilikka asoslanmagan davlat tuzumi mamlakat taraqqiyotining samaradorligini tahminlay olmaydi. Davlatchilikning asosiy poydevorlari borki, davlat bu poydevorlarsiz o’z vazifasini ado etolmaydi. Bular hokimiyat va ijroiya organlari, sud, ‘olitsiya, moliya va soliq tizimi, armiya, Konstitutsiya va boshqa qonunlardir. Davlatning muhim vazifalari bor. Bu vazifalar davlatning ichki va tashqi siyosatini yurgizish orqali amalga oshiriladi. Ichki siyosat, asosan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tahminlashga qaratilgan bo’lsa, tashqi siyosat davlatning mudofaasini mustahkamlashga, chet el davlatlari bilan iqtisodiy, harbiy va madaniy aloqalarini boshqarishga, di’lomatik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi.Endi rejadagi I-masala ustida fikr yuritamiz.
Davlatchiligimiz asosi qaerda va qaysi zamonda boshlanadi, degan savolga kelsak, tarixchilarimiz, ayniqsa, buyuk o’zbek olimi Yahyo G’ulomov va rus akademigi S.’.Tolstovlarning ilmiy xulosalariga asoslanib, asosan Xorazmda yuzaga kelgan “Avesto” muqaddas kitobiga tayanib, davlatchiligimizning asosi, prezidentimiz suhbatda aytganlariday, bundan 2700-3000 yil muqaddam Xorazmda boshlangan deb javob berish mumkin bo’ladi. Akademik A.Asqarovning ilmiy fikriga ko’ra, ‘arkana (Farg’ona), Baqtriya davlatlari ham 2800-3000 yil ilgari yuzaga kelgan. Biroz keyinroq Vatanimiz tarixida muhim o’rin egallagan. So’g’diyona davlati vujudga keldi. Ilgari aytganimizday, ko’chmanchilar tuzgan davlatlarning Vatanimiz davlatchiligidagi o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ammo davlatchiligimizning shakllanishi jarayonida “tubjoy” davlatlarning o’rni va roli beqiyos buyukdir.
Davlatchiligimiz tarixini asosan, besh bosqichga bo’lib o’rganamiz. Birinchi bosqich so’nggi bronza davri (miloddan oldingi I ming yillik boshlari)dan Eron Ahmoniylari istilosigacha bo’lgan davr (miloddan avvalgi VI asr o’rtalari).
Tarixchi olim A.Sahdullaevning yozishicha (“O’zbekiston tarixi” “Universitet nashriyoti, 1997”) ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, mil.avv. I ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat uyushmalari paydo bo’la boshladi. So’nggi bronza davrida mehnatning dastlabki yirik taqsimoti ro’y beradi. CHorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqadi. Iqtisodiy hayotdagi siljishlar tufayli ortiqcha mahsulot paydo bo’lib, bu mahsulot ma’lum shaxslar qo’lida to’’lana boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining mahmuriy markazi bo’la bordi. Ammo shuni alohida tahkidlash lozimki, Markaziy Osiyodagi ilk davlat uyushmalari haqidagi yozma Ma’lumotlar juda kam. Mavjud yozma manbalar arxeologik tadqiqotlar bilan solishtirilganda birmuncha ishonchli bo’ladi. Ma’lum ki har bir davlatning bosh yacheykasi oiladir. “Avesto” Ma’lumotlariga ko’ra, ilk quldorlik davrida Markaziy Osiyo jamiyati alohida oilalardan tashkil to’ganini ko’ramiz. Yerga urug’ jamoasi, egalik qilgan, bir nechta urug’lar qabilaga birlashgan, nisbatan yirik qabilalar birlashib viloyat (“daxyo”) bo’lgan, bu viloyatlarni boshliq (“qavi”) boshqargan. Qabila boshliqlari ma’lum vaqtda to’’lanib kengashib turishgan. “Avesto” qadimgi jamiyatni koxinlar, harbiylar, dehqonlar, chorvadorlar va hunarmandlar kabi tabaqalarga bo’ladi. Qadimgi xo’jaliklar chorvachilik va dehqonchilikka alohida e’tibor berganlar.
O’rta Osiyoni ahmoniylar saltanati bosib olgunga qadar (bu voqealar miloddan avvalgi VI-IV asrlarda sodir bo’lgan edi) bu ona zaminda harbiy-demokratiya ‘rintsi’lari asosida tarkib to’gan ikkita davlat mavjud bo’lgan. Bular haqida “Avesto” va yunon mualliflari juda qisqa bo’lsa-da, tegishli Ma’lumotlar qoldirganlar. Bu davlatlar “Katta Xorazm” va Qadimgi Baqtriya podsholigi edi. Ularning hududiy doirasi, ichki davlat tarkibi va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy aloqalar haqida, ular o’tgan davr haqida hali olimlar orasida ko’p ilmiy munozaralar bo’ladi, ular haqida ko’plab maxsus ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladi va yangidan-yangi asarlar chop etiladi.
Eron ahmoniylari bosqinlari (milodda avvalgi VI-IV asrlar) va makedoniyalik Iskandar istilolari (miloddan avvalgi IV-III asrlar) davrida Vatanimiz xalqlarining uzoq va shonli kurashlariga, daxshatli qo’zg’olonlariga (S’itamen) qaramay, mahalliy davlatchiligimiz barham to’di. Markaziy Osiyo (miloddan avvalgi 522-521 yillar)da bo’lib o’tgan xalq qo’zg’olonlari Doro I ni qattiq ichki siyosat olib borishga majbur etdi. U hatto saroy aristokratiyasi huquqlarini ham cheklab, mamlakatda hokimiyat tartiblarini o’rnatdi.
Gerodotning habar berishiga qaraganda, Doro I o’z imperiyasini alohida viloyatlarga-satra’liklarga bo’lib idora qilgan. Har bir satra’lik har yili davlat xazinasiga ma’lum miqdorda soliq to’lashga majbur edi. Makedoniyalik Iskandar vafoti (miloddan avvalgi 323 yil)dan keyin taxt uchun kurashlar natijasida SHarq yerlari lashkarboshi Salavkga o’tdi. U miloddan avvalgi 293 yil SHarqni idora qilish ishini o’zining S’itamen qizi A’amandan bo’lgan o’g’li Antiox I ga topshirdi.
Evtidemning o’g’li Demetriy davrida (miloddan avvalgi 199-167 yillar) Baqtriyaning hududi kengayib har jihatdan yuksaldi. Uning nomi bilan ko’plab joylarda tangalar zarb etildi. Davlatni boshqarish borasida islohot o’tkazildi. Bunga ko’ra davlatni mayda hokimliklarga bo’lib boshqarish joriy etildi. Demetriy mahalliy aslzoda vakillarini davlatni boshqarish ishiga tortadi.
Nihoyat, miloddan avvalgi 141 va 128 yillar orasida Yunon-Baqtriyaga shimoldan kelgan ko’chmanchi yue-chjilar barham berdilar.
Vatanimiz tarixida muhim rol o’ynagan SHarqning bu davlati 120 yildan ortiq vaqt yashadi. Tarixchilar bu davrda oldin Baqtriyaga qaram bo’lgan, keyin, miloddan avval II asrda, mustaqil bo’lgan So’g’diyona haqida ham ko’p gapiradilar.
Davlatchiligimiz tarixining ikkinchi bosqichida muhim rol o’ynagan davlatlardan biri Qadimgi Xorazm davlatidir. Qadimgi Xorazm tarixining bilimdoni S.Tolstov asarlarida massaget qabilalari ittifoqi, ularning Saksafar, Omarg va To’maris kabi vakillari to’g’risida fikr yuritib o’tadi. S.Tolstov To’marisni debriklar malikasi, Omargni esa saklarning podshosi edi, deydi. Saksafarga kelganda u siyovushiylar sulosasiga tegishli qadimgi Xorazm podshosi SHaushafor bo’lishi kerak, degan g’oyani olg’a suradi. S.Tolstovning bu mantiqiy o’xshatishida tarixiy haqiqat bo’lsa, u holda miloddan avvalgi VI asrda qadimgi Xorazm o’z hukmdoriga ega bo’lgan. Saksafar Xorazm davlatining ilk podsholaridan biri bo’lgan.
Davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashib, muhim davlat ahamiyatiga molik masalalar hal etilgan. podsho hokimiyati demokratik ‘rintsi’lar asosida tashkil to’gan davlat tizimi edi. Kang davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo’lingan. Ularni boshqargan boshliqlar jobg’u yoki yobg’ular deb atalgan. Kang xoqonlari mamlakatni ana shu jobg’ularga tayanib boshqarar ekan, ular, odatda, hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavm-qarindoshlaridan, yirik urug’-qabila boshliqlaridan tayinlangan. Kang davlatiga tobe viloyatlarni boshqarish ishi mahalliy hokimlar qo’lida bo’lib, ular markaziy hokimiyatga boj to’lab turgan. Ana shunday tobe viloyatlarga qadimgi Xorazm, So’g’d yerlari, Ural tog’oldi rayonlari (alan va yan qabilalari) kirgan. Kang davlati VII asr yashab, milodning V asri o’rtalarida yemirildi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, jumladan, o’zbek xalqi tarixida bu yarim ko’chmanchi davlat zaminida yashovchi Qadimgi Eron tilining shimoliy shaxobchasida so’zlashuvchi tubjoy xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, SHarqiy, Turkiston, Yettisuv viloyatlarida yashovchi turkiy tilda so’zlashuvchi qabilaar bilan yaqinlashdi. Qadimgi manbalarda bu davrda Farg’ona (Davan, ‘arkan) davlati bo’lganligi haqida ham yoziladi. Farg’ona vodiysining qadimgi tarixi haqida gap ketganida, odatda, uning miloddan avvalgi VII-VI asrlardan to milodiy eraning V asriga qadar bo’lgan davr tarixini ko’z o’ngimizga keltiramiz. CHunki, undan avvalgi davr qadimgi Farg’ona tarixida ibtidoiy jamoa tuzumi va V asrdan boshlab esa uning feodal davri tarixi boshlandi. Bu davr ijtimoiy-siyosiy hayotida erkin jamoa xo’jaligi jamiyat rivojida asosiy qatlamni tashkil etardi. Farg’ona ahmoniylarga ham, makedoniyaliklarga ham tobe bo’lmagan. Xitoy manbalarida yozilishicha, miloddan avvalgi II-I asrlarda Davan aholisi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan, xo’jaliklari yuksak rivojlangan. Davan davlati boy shaharlarga va kuchli qo’shinga ega bo’lgan. Davlatchiligimiz tarixida Farg’ona davlat tuzumi muhim, hatto ibratli ahamiyat kasb etadi.
Miloddan avvalgi II asrda (Xitoy elchisi CHjan TSyan’ bu yurtga kelgan davrlarda) qadimgi Farg’onada kuchli siyosiy davlat tizimi shakllangan edi. podsholik te’asida mahalliy aholining aslzodalaridan chiqqan hukmdor turardi. Ulardan bazilarining nomlari xitoychada Mugua, CHan, Fin, Yanhlyu deb berilgan. Hukmdorning yonida eng yaqin qarindoshlaridan ikkita yordamchi bo’lgan. Hukmdor davlat ishlarini olib borishda oqsoqollar kengashiga suyangan. Oqsoqollar kengashi hukmdor bilan birgalikda davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarni hal etgan. SHu bilan birga, oqsoqollar kengashi hukmdor faoliyatini muhim masalalarda nazorat qilib borgan. Oliy kengash oldida hukmdorning huquqi cheklangan edi. Ayniqsa, urush va tinchlik: di’lomatik masalalarda hal etuvchi kuch va huquq oliy kengash qo’lida edi. Oliy kengash hukmdorni hokimiyatdan tushirishi, uning o’rniga yangisini saylashi mumkin bo’lgan. Xitoy manbalarining xabar berishiga qaraganda, o’zga davlat va uning qo’shini bilan bo’lgan janglarda davanliklarning mag’lubiyati uchun oliy hokimiyat egasi-hukmdor oqsoqollar kengashi qarori bilan o’lim jazosiga tortilgan. Davan davlatining siyosiy tuzumi shaharlarning yoki voha-davlatlarining erkin ittifoqidan tashkil to’gan konfederatsiya edi.
Xitoy ayg’oqchisi CHjan TSyanning Davan davlatining qudrati haqidagi Ma’lumotlari ham e’tiborga loyiqdir. Davan 60 ming qo’shinga ega edi. ‘iyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo’shin harbiy mahoratda tengsiz bo’lgan. Ularning ot ustida turib kamondan uzgan o’qlari dushmanni dog’da qoldirardi. Ularning ayollari ham qamondan o’q uzishda o’z erlaridan qolishmagan.
Davanliklar g’arbda kangliklar, shimolda usunlar, sharqda esa uyg’urlar bilan yaqin aloqada bo’lishgan. Xitoy bilan bo’lgan janglarda ularni har doim kango’ylar qo’llab-quvvatlaganlar.
Qadimgi Farg’ona davlatini milodiy eraning dastlabki yuz yilliklarida mahalliy aslzodalar sulosasi boshqargan. Xitoy manbalariga qaraganda, qadimgi Farg’onani 419 yilgacha bir sulola (xonadon) vakillari uzluksiz boshqarib kelgan. O’rta osiyo hududlarida Eftalitlar davlati qaror to’gach, qadimgi Farg’ona davlati o’z mustaqilligini yo’qotgan.
Prezidentimiz I.Karimov uchrashuvdagi suhbatda ”... qadim ajdodlarimiz hayotining asosini o’troq madaniyat tashkil etganmi yo ko’chmanchimi? O’zbek xalqining shakllanishida qanday elatlarning tahsiri bo’lgan? Bilaman, bular og’ir savollar. Lekin ularga javob topishimiz zarur”, deb aytdilar. prezidentimizning yana quyidagi fikrlari diqqatga sazovordir: “Yana qaytarib aytmoqchiman: biz o’zimizni millat deb bilar ekanmiz, o’zbekchiligimiz haqida aniq tushunchaga ega bo’lishimiz kerak. Turkiy-tilli xalq bor, turk halqi bor. Farqini har bir fuqaromiz, avvalo, farzandlarimiz bo’lib olsinlar”.Islom Karimovning uchrashuvda aytgan quyidagi gaplari o’zbek xalqining shakllanishi tarixi bilan shug’ullanuvchi tarixchilarning tadqiqotlari uchun metodologik asos bo’la oladi. “Movarounnahr sarhadlariga uzoq tariximiz davomida ne-ne bosqinchilar kirib kelmagan, ko’p yillar, balki asrlar davomida yurtimizda ne-ne o’zga sulolalar hukmronlik qilmagan, deysiz. Bir so’z bilan aytganda, ming yillar davomida yurtimizga kelib-ketganlar ozmi? Erondan Ahmoniylar, Yunonistondan Aleksandr keldi, Arabistondan Qutayba, Mo’g’ulistondan Chingizxon, keyinchalik rus istilochilari keldi. Lekin xalq qoldi-ku. Xo’sh, bunda qanday sir-sinoat bor? Xalq qanday ichki kuch-qudratga tayanib o’zligini saqlab qoldi? Qadim-qadim zamonlardan o’troq yashagani, ilm-mahrifatga intilgani, buyuk madaniyatga ega bo’lgani, o’z urf-odatlarini muqaddas bilgani uchun emasmi? O’zbek nomi qachon paydo bo’lgan? Sovet tarixshunoslarining yozishicha, go’yo XVI asrda bizning zaminimizni Dashti Qi’choq xonlari ishg’ol qilgandan keyin o’zbek nomi paydo bo’lgan emish. Axir, biz Movarounnahr deb ataladigan ikki daryo oralig’ida ungacha ham xalq yashagan-ku! Yoki xalq boshqa millat bo’lganmi? Mantiq qani bu yerda. Biz sovet zamonidan qolgan bu aqidani qabul qilsak, millatimiz tarixi mana shu navbatdagi bosqinchilar davridan boshlangan, degan noto’g’ri xulosa kelib chiqmaydimi? Unda bizning necha ming yillik tariximiz qaerga qoladi? Samarqand ham, Buxoro ham, Xiva ham o’zbeklarniki ekan, bu yerlarda o’zbek davlati bo’lgan ekan, nega endi o’z tariximizni XVI asrdan, kimdir kelib-ketib, nomini qoldirib ketgan davrdan boshlashimiz kerak? Ungacha ham bu yerda o’troq xalq yashagan-ku! Bu yerda ana shu o’troq xalqning madaniyati bo’lgan-ku! Bu yerda XIII asrning 20-yillaridan XIV asrning 70-yillariga qadar mo’g’ullar hukmronlik qilganlar va ularning madaniyati mahalliy madaniyatga singib ketgan. Bunda mahalliy xalqning madaniyati, albatta, asos bo’lgan, ustunlik qilgan.
Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
Yana bir bor qaytaraman: men tarixchi emasman. Ammo, umuman, dunyo xalqlari va xususan yurtimiz tarixiy taraqqiyot yo’lining asosiy qonuniyatlarini mantiqiy tahlil qilsak, shu narsa ayon bo’ladiki, Aleksandr ham (uni SHarqda ko’proq Iskandar Zulqarnayn degan nom bilan bilishadi). Qutayba ham, Chingizxon ham, general CHernyaev ham, umuman, kim bo’lmasin, yurtimizga bir necha o’n ming yo bir necha yuz ming lashkari bilan kelgan, ishg’ol qilgan va bu yerdagi siyosiy hokimiyatni qo’lga olgan. Yana takrorlayman: siyosiy hokimiyatni. Tamom. To’g’ri, hukmronliklari mobaynida ular mamlakatimizning iqtisodiy, savdo, ilmiy, madaniy imkoniyatlaridan o’z manfaatlari yo’lida foydalanishga zo’r berganlar. Biroq, shu yerda asrlar davomida yashab kelayotgan mahalliy aholini, uning ko’p ming yillik madaniyatini yo’q qilolmaganlar, qilolmasdilar ham”.

Markaziy Osiyoda miloddan avalgi III ming yillik o’rtalarida SHarqdan kelib o’rnasha boshlagan ko’chmanchi turklarning ayrim guruhlari yashar edilar. Miloddan avvalgi II asrlarda ularning ko’chib kelishi kuchaydi, milodning V asridan boshlab avj oldi. VII asrga kelib, hatto, ular o’z Hoqonliklarini barpo etdilar va Vatanimiz hududini bo’ysundirdilar. Natijada Markaziy Osiyodagi xalqlarning turkiylashuvi yuzaga keldi. Keyin qorluqlar, o’g’izlar va boshqalar bu jarayonni kuchaytirdilar. X-XI asrlarga kelib turkiyzabon o’zbek xalqi etnik jihatdan asosan tarkib to’ib bo’ldi. Bu jarayon keyin ham davom etdi. Masalan, XVI asrda Dashti Qi’choqdagi “o’zbek” deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar kelib qo’shildilar. Xalqimiz “o’zbeklar” deb atala boshlandi. Aslida ular xalq bo’lib shakllanishmizda bir element sifatida rol’ o’ynagan elatlar - XVI asrda bizga nomini o’tkazgan SHayboniy o’zbeklari ham, X-XII asrda kelib qo’shilgan turli ko’chmanchi turkiy qabilalar ham, qadimdan ko’chib kelgan va keyinchalik o’z xoqonliklarini tuzgan turklar ham o’zbek xalqining, millatining ibtidosi emas, o’zbek xalqining etnik shakllanishida asos bo’lganlar, bular-xorazmiylar, baqtriylar, so’g’diylar, ‘arkan (Davon) lilardir, ya’ni dehqonchilik va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi tubjoy xalqlardirlar. Ular Eron tilining shimoliy shahobchasiga mansub tilda so’zlashardilar. SHuning uchun ham I.A.Karimov o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” degan katobida: “... madaniy, tarixiy va antro’ologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi” (143-bet) deganda to’la haq edi.


Hozir turklarni “mahalliylashtirish” va “o’troqlash-tirish”ga intilish kuchli. Jon kuydirib, ular miloddan avvalgi II asrdan boshlab kelgan emas, III ming yillikning boshlarida ham bor edi, demoqdalar. Masala ularning qachon kelganligi ustidan emas, balki aslida tubjoy bo’lmay ko’chib kelganliklari ustida borishi kerak. Axir, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da “Turonzaminning o’zbeklar toifasi qoldiqlaridan tozalash” degan sarlavhada o’zbeklarni qalhalardan haydaganligini yozib, “Movarounnahr tu’rog’i meni o’ldirishga qasd qilgan o’sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo’limga o’tdi” deb hursand bo’ladi.
Demak, hali XIV asrning 60 yillarida Movarounnahrda ko’chmanchi o’zbek guruhlari bor ekan. Lekin biz ko’chmanchi o’zbeklar Vatanimizga XVI asr boshlarida bosib keldi, deb yozamiz. SHundan mantiqan kelib chiqadiki, miloddan avvalgi III ming yillik o’rtalarida yoki undan ham oldin deylik, turklarning ayrim guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo’lsa, “bizning kelib chiqishimiz asli turk” deyishga ilmiy asos bo’lolmaydi, bizlar keyinchalik turklashgan, turkiyzabon bo’lgan, aslida esa tubjoy bo’lgan xalqmiz.
XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida tatar mahrifat’arvari Hasan Ato Abushiy o’zining 1907 yil yozib tugatilgan mashhur asari “Turkiy qavmlar tarixi” da shunday deb yozadi: “Avlodi Yofas (Nuh Payg’ambar o’g’li) dan mo’ng’il qiyofatli bir odam (muarrixlar qovlincha turk) qavm va qabilasi ila Osiyo o’rtalarinda Issiqko’l va Oltoy tog’lari tegrasina kelub yerlashmishdir. Zamon kub o’tuvchi ham albatta ko’baymishlar. Tabiiy avvalgi o’rinlarini sig’may turli tarafga sochilurg’a majbur o’lmishdirlar’’
Bumin va uning ukasi Istemi Markaziy Osiyo va Janubiy Sibirda hukmronlikni mustahkamlab olgach, xoqonlik chegaralarini kengaytirishga kirishadilar. Qisqa vaqt ichida Yenisey daryosi bo’ylarida yashovchi qirg’izlar, janubiy-G’arbiy Manjuriyaning mo’ng’il qabilasidan bo’lgan kidanlar bo’ysundiriladi. SHimoliy Xitoy viloyatlari bosib olinib, Xitoy im’eratori turklar bilan sulh tuzishga, keyinchalik esa, hatto, u yiliga yuz ming to’’ i’ak mato hisobida hoqonlikka o’l’on to’lab turishga majbur bo’ladi.
Turklar G’arbga tomon muvaffaqiyatli yurishlar olib boradilar. G’arbiy harakatlarga Istema boshchilik qiladi. Unga “yabg’u hoqon” degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va SHarqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555 yildayoq turklar SHarqiy Turkistonning obod dehqonchilik viloyatlarining kattagina qismini va boy hunarmandchilik shaharlarini hamda O’rta Osiyoning Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng dasht mintaqasini butunlay egallab oladilar. Turklar hokimligi shu ‘aytlarda, shubhasiz, Xorazmga ham yoyilib, hoqonlik chegarasi Eftalitlar davlati hududlariga borib yondashadi.
SHuni ehtirof etish kerakki, ko’chmanchi chorvadorlarning g’arbga tomon yurishi oddiygina istilo emas edi. Balki bu Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy qabilalarning SHarqiy Turkiston shimoli va O’rta Osiyoning sharqidagi ulkan dashtli va tog’li o’lkalarga navbatdagi ko’chib kelib o’rnashishi edi.
Qadimdan bu hududlarda yashab kelgan va til jihatidan turkiyzabon mahalliy ko’chmanchilarning bir qismi turklarning harbiy boshqaruv tizimigina birikib, qolganlari esa qochib avarlarga borib qo’shildi, ularning harbiy qudratini oshirib, turk nomi bilan SHarqiy Ovru’o dashtlariga borib o’rnashdi.
558 yilga borganda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etib, undan g’arbda va SHimoliy Kavkazda bepoyon yerlarni olgan avarlar bilan to’qnashdilar. G’arbdagi bu ikki dushmanga uzil-kesil zarba berish maqsadida turklar Eron va Vizantiya bilan do’stona aloqa o’rnatishga intiladi. Turklar tazyiqi oqibatida bu davrda yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston, Zabuliston, Qobuliston va CHag’oniyonni eftalitlardan tortib oladi.
Keyin ularning uchalasini ham yengib, VI asrning 60-70 yillarida o’zlarining Buyuk Turk hoqonligini tuzdilar. Ammo o’zaro urushlar natijasida 603 yil ular ikki davlatga - G’arbiy Turk hoqonligi va SHarqiy Turk hoqonligiga bo’linib ketdilar. SHarqiy hoqonlik markazi Oltoy, G’arbiy hoqonlik Markazi Yettisuv bo’lib, unga O’rta Osiyo, Jung’oriya va SHarqiy Turkiston kirar edi.
G’arbiy hoqonlikning markazi Yettisuv edi. Hoqonning yozgi qarorgohi Isfijob yaqinidagi Mingbuloqda, qishkisi Suyob shahrida edi. Suyobning sharqiy tomonida dulu qabilasining besh o’q eli yaylovlari joylashgan edi. G’arbiy hoqonlik ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan SHarqiy hoqonlikdan mutlaqo ajralib turardi. SHarqiy hoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador ko’chmanchilardan iborat edi. G’arbiy hoqonlik aholisining kattagina qismi esa o’troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg’ul edi. Biroq hoqonlikning harbiy-mahmuriy tayanchi hisoblangan dulu va nushibi kabi qabila ittifoqlari zodagonlari o’rtasida hokimiyat uchun tobora kuchayib borgan kurash oqibatida G’arbiy turk hoqonligi zaiflashib, bo’linib ketadi. Bunday vaziyatdan foydalangan Xitoyning Tan imperiyasi qo’shinlari 657-679 yillarda Yettisuvga bostirib kiradi. Natijada hoqonlik xitoylarga qaram bo’lib qoladi. Tan imperiyasi tazyiqi va uning yerli gumashtalariga qarshi g’arbiy turklarning mutassil olib borgan kurashi natijasida VII asrning oxiriga kelib hoqonlik mustaqillikni tiklab oladi. Xitoy gumashtasi Xusrav Bo’rishod mamlakatdan quvib chiqariladi. CHochdan to Beshbaliq va Turfanchagacha bo’lgan viloyatlarda dulu qabila ittifoqidagi turkashlar hukmronligi o’rnatiladi. Yangidan tiklangan bu turklar davlati tarixda Turkashlar hoqonligi nomi bilan shuhrat to’adi. Keyinchalik Turkashlar hoqonligi SHarqda yarim asrdan oshiqroq vaqt davomida Tan imperiyasining bosqinchilarini daf etib, Xitoy qo’shinlarining O’rta Osiyo va SHarqiy Turkiston yerlariga bostirib kirishlariga yo’l qo’ymaydi. G’arbga esa Movarounnahrga tomon bosib kelayotgan yangi dushman - Arab xalifaligi lashkarlariga qarshi Buxoro, So’g’d va SHosh aholisi bilan bir safda turib shiddatli janglarda qatnashadi.
VI asrning birinchi yarmida Xitoydan to Qora dengiz bo’ylarigacha cho’zilgan juda keng maydonda ko’chmanchi chorvachilik bilan kun kechirgan turkiy qabilalarning yana bir jangovor ittifoqi yuzaga keladi. Tarix sahifalarida u to’quzo’g’uzlar nomi bilan tilga olinadi. VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrda ular Turk hoqonligi tarkibida bo’lib, uning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida, ayniqsa g’arbga tomon qilgan harbiy yurishlarida faol qatnashadilar. Turk hoqonligi yemirilgach, To’quzo’g’uzlarning kattagina qismi g’uz yoki o’g’uz nomi ostida Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo’yiga muqim o’rnashib, bu hududda ular IX asr oxiri va X asr boshida turklarning yana bir yangi ittifoqi - O’g’uzlar davlatiga asos soladilar. O’g’uzlarning asosiy qismi Sirdaryoning adog’i va uning o’rta oqimi hamda sharqiy va shimoliy-sharqiy Orol bo’yiga yondoshgan keng yaylovlarda yashagan.
O’g’uzlar asosan chorvachilik, xususan qo’ychilik bilan shug’ullanganlar. Ayrim o’g’uz qo’ychivonlarining 100 ming boshgacha qo’yi bo’lgan. O’g’uz dashtining quyi oqimida joylashgan Xorazm hududlariga qishu-yoz otar-otar qo’ylar haydab borilgan. ‘uxta yasalgan Sig’noq kamoni va o’qlari juda obro’li bo’lib, turli viloyatlarga olib ketilgan. O’troq aholidan o’g’uzlar qimmatbaho i’ va i’ak matolar, uy-ro’zg’or buyumlari, qurol va yaroqlar harid qilganlar. Natijada dehqonchilik viloyatlaridan Sirdaryo bo’ylab o’g’uz shaharlariga g’alla olib borilgan. Ammo o’g’uzlar o’troq qo’shni aholi bilan hamma vaqt ham tinch-totuv yashamaganlar. Kezi kelganda ular dehqonchilik viloyatlariga, ayniqsa SHosh va Xorazm yerlariga hujumlar qilib, aholiga omonlik bermaganlar. Obod dehqonchilik vohalarini ‘oymol etib, shahar va qishloqlarni talaganlar, aholining bir qismini asir qilib olib ketganlar.
O’g’uzlar ham shomonlik diniga sig’inganlar. Tabiatning ajoyibotlari, sirli voqea va ashyolari ular uchun muqaddas hisoblangan va ularga ham sig’inar edilar. O’g’uzlar urug’ va qabila oqsoqollari yoki davlatmand urug’doshlarining marhumlarini chuqur, to’la shaklida kovlangan va usti gumbazli dahmalarga kiyim-kechagi, qurol-yarog’lari bilan dafn etardilar. Agar marhum hayotlik chog’ida yovgarchilik yoki harbiy yurishlarda qatnashib o’z raqibini nobud etgan bo’lsa, ularning soniga qarab qabr ustiga tosh haykallar o’rnatilgan. O’g’uzlar tushunchasi bo’yicha, u dunyoda ular marhum g’oziylariga xizmat qilmog’i lozim edi.
Osoyishtalik davrida o’troq dehqonchilik vohalari aholisi bilan olib borilgan doimiy ayirbosh, savdoning asrlar osha gavjumlashuvi oqibatida o’g’uzlar dashtiga asta-sekin islom dini kirib, o’troq aholining madaniy tahsiri kuchayadi. X asrdan boshlab o’g’uzlar islom dinini qabul qiladilar.
X asrning birinchi choragida O’g’uzlar davlati shimoli-sharqdan qo’zg’algan qi’choqlar tomonidan qaqshatg’ich zarbaga uchrab, bo’linib ketadi. O’g’uzlar o’z yurtini tark etib, ularning bir qismi g’arbga tomon siljiydi. Umumiy turk nomi ostida Janubiy Rusiya dashtlariga borib o’rnashadi. Ularning ikkinchi qismi esa avval Movarounnahrga kirib boradi va undan janubi-g’arbga siljib, yangi sulola - saljuqlar boshchiligida Old Osiyo mamlakatlarini istilo qilishga kirishadi.
SHunday qilib, VIII asr oxiri va IX asr boshlarida Movarounnahrning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida tashkil to’gan va bir yarim asr hukm surgan ikki mustaqil turkiy davlat: qorluqlar hamda O’g’uzlar davlati faqat Movarounnahrgagina emas, balki butun O’rta SHarq hamda Old Osiyo aholisining siyosiy hayotiga kuchli tahsir ko’rsatdi. SHu bilan birga, ularning jangovor aholisi o’z turmush tarzi va anhanalari bilan bu hududlarda yashovchi ko’pgina xalqlarning etnik tarixida ham sezilarli iz qoldirdi. Masalan, qorluqlar qardosh o’zbek va tojiklarning, o’g’uzlar esa turkman, ozarbayjon, qoraqal’oq, turk, shuningdek gagauzlarning etnogenezida muhim rol’ o’ynaydilar.
X asr o’rtalarida Issiqko’lning janubi va Qoshg’arda yashagan yag’mo qabilalari kuchayib, avval o’zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilalari bilan yagona ittifoqqa birlashadi. So’ngra ular Yettisuvga xuruj qilib, qorluqlarni bo’ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.
Yozma manbalarda yag’molar turk qavmlari ichida madaniy jihatdan eng qolog’i deb tahriflanadi. Ular asosan yilqichilik va qo’ychivonlik bilan shug’ullangan edi. Mo’ynali hayvonlar hamda ov qushlarini ovlardi. Dehqonchilik bilan kam shug’ullanardi. Yag’molar turk qabilalari orasida eng jangovori hisoblangan. Jikillar esa yag’molarga nisbatan birmuncha madaniyroq va boy qabila bo’lgan. Ular qoramol, qo’y va yilqi ‘odalariga ega bo’lishgan. Qora uylarda yashasa ham, qorluqlarniki singari shahar va qishloqlari bo’lgan. Yag’mo va jikillarga nisbatan qorluqlar ancha madaniyatli aholi hisoblangan. Turk qabilalariga tegishli yurtlar orasida ular eng obod joylarga ega bo’lishgan. Ularning mamlakatida qishloqlar bilan bir qatorda shaharlar ham bo’lgan. Qorluqlarning ayrimlari mo’ynali hayvonlar ovlash, qolganlari chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shug’ullangan.
Qorahoniylar davlatining tashkil topishida jikil va qorluqlar g’oyat katta rol’ o’ynaydilar. Davlatning yuqori mansablari va qo’shinda ular muhim o’rinlarni egallasalar-da, biroq honlik taxtiga yag’mo boylari minganlar. Bu yangi turk davlatining podsholari “arslonxon” va “bug’roxon” unvonlari bilan yuritilgan. Bu ikki oliy daraja buyuk hukmdor mahnosini anglatgan. Buyuklik yoki ulug’lik esa qadimdan turkiy xaqlarda “qora” so’zi bilan sifatlangan. SHu boisdan taxtga o’tirgan arslonxon yoki bug’roxonlar “qoraxon”, ya’ni ulug’ xon hisoblangan. Ular hukmronlik qilgan davlat esa tirixda “Qoraxoniylar davlati” nomi bilan shuhrat to’gan. Aslida “arslon” jikil qabilasining totemi ajdodi ibtidosi hisoblangan. “Bug’ra” esa yag’molarning totemasi bo’lgan. U og’ir yuk ko’taradigan bichilgan tuya mahnosini anglatgan. podsholik darajasiga qabila totemlarining nomlari bilan nisbat berilishiga qaraganda, Qoraxoniylar davlatining asosini jikillar bilan yag’molar tashkil etgan. Davlatni boshqarishda Qoraxoniylar qabilaviy udumining og’alik tartibiga qathiy rioya qilingan. Bu udumga muvofiq qabila boshliqlari orasida eng yoshi ulug’ini “arslonxon” yoki “bug’roxon” darajasiga ko’tarib, hukmdor, ya’ni qoraxon qilib saylashgan. Odatda u “tamg’achxon”, ya’ni xonlar xoni deb yuritilgan.
X asr oxirida (992 yil) ular Movarounnahrga hujum boshlab, uni bosib oladi. SHunday qilib, X asr oxirida Somoniylar davlati o’rnida ikkita yangi davlat tashkil to’di: biri - Qoshg’ardan Amudaryogacha cho’zilgan SHarqiy Turkistonning bir qismini, Yettisuv, SHosh, Farg’ona va qadimgi So’g’dni o’z ichiga olgan -- Qoraxoniylar davlati, ikkinchisi esa shimoliy Hindiston chegarasidan tortib Kas’iy dengizining janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlarni qamrab olagan G’aznaviylar davlati edi. Garchi Amudaryo bu ikki turk davlatlari o’rtasidagi chegara deb belgilangan bo’lsa-da, ammo Qoraxoniylar Xurosonni zabt etilgan yurtning ajralmas qismi deb hisoblab, uni o’z davlatiga qo’shib olish uchun harakat qiladilar. Oradan ko’p vaqt o’tmay Qoraxoniylar bilan G’aznaviylar o’rtasida shiddatli urushlar boshlanadi. 1006 va 1008 yillarda Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikki marta qo’shin tortadilar. Balx, Tus va Nisho’ur shaharlari zabt etiladi. Ularning harbiy yurishini Sulton Mahmudga qarshi bo’lgan Xurosonning mulkdor feodallari qo’llab-quvvatlaydilar. Lekin Mahmud G’aznaviy Qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni o’z davlati tasarrufida saqlab qolishga muvaffaq bo’ladi. 1017 yilda Mahmud Xorazm ustiga lashkar tortib, uni bosib oladi. SHunday qilib, Xorazm davlati barham to’adi.
Bu davrda Sirdaryo etaklarida yashovchi o’g’uzlardan ajralib chiqqan saljuqiylar kuchayib, o’z vaqtida ularga yer berib homiylik qilgan g’aznaviylarga qarshi tazyiq ko’rsatdilar. Natijada saljuqiylar bilan jiddiy kurash boshlanadi.
1040 yilda Marv bilan Saraks (Seraxs) oralig’idagi Dandaqxon degan joyda g’aznaviylar bilan saljuqiylar qo’shinlari to’qnashadilar. Bo’lib o’tgan shiddatli jangda Mahmud G’aznaviy qaqshatqich zarbaga uchraydi. Saljuqiylar G’aznaviylar davlatining asosiy qismi hisoblangan shimoliy va g’arbiy viloyatlarini egallab oladilar. Ular tasarrufida G’azna, Qobul, Qandahor va ‘anjob viloyatlarigina qolib, u kichik feodal davlatga aylanadi. Sarkarda va hukmdor To’g’rulbek zamonida (1038-1063) Xorazm, Iroq Ajami (Iroqning Eron hududidagi qismi), Ozarbayjon, Kurdiston va Ko’histon zabt etiladi. 1055 yilda saljuqiylar Bag’dodda o’z siyosiy hukmronliklarini o’rnatadilar. Xalifa esa faqat diniy ishlardagina mutasaddi bo’lib qoladi. Ray shahri Saljuqiylar davlatining ‘oytaxtiga aylantiriladi. Saljuqiylar bilan Qoraxoniylar o’rtasidagi munosabatlar dastavval yaxshi bo’lsa-da, ammo keyinchalik keskinlashib ketadi. Xorazm tomondan ular Xuttalon, CHag’oniyon, Jand va Savronga yurish qilib, Qoraxoniylar bilan bir necha bor to’qnashadilar. Bu ikki turk davlatlari o’rtasida shiddatli janglar bo’lib o’tadi. Hatto, 1130 yilda saljuqiylar sultoni Sanjar Movarounnahrga lashkar tortib Qoraxoniylar davlatining ‘oytaxti Samarqandni ishg’ol etadi. Natijada Qoraxoniylar Sulton Sanjarga tobe bo’lib qoladilar.
Saljuqlar butun Xurosonni, Xorazmni, G’arbiy Eronni, Ozarbayjon va Iroqni, Armanistonni egalladilar. 1071 yili Vizantiyani yengib butun Kichik Osiyoni, keyinchalik Suriya va Falastinni, Gruziya, SHirvon va Movarounnahrni egallab, dunyoning qudratli davlatiga aylanadilar. Keyin inqiroz boshlandi. Avval Xorazm kuchayib ularga zarba berdi. Undan so’ng qoraxitoylardan yengildilar. SHundan keyin Saljuqiylar davlati maydalanib ketdi. Mo’g’ullar hukumronligi davrida qayig’ urug’i Kichik Osiyoning shimoli-g’arbiga ko’chadi. Keyin mo’g’ullar saltanati inqirozga uchrab shu yerdagi o’g’uz-qayig’ turklari Usmonli sulton deb e’lon etildilar va Usmonli Turkiyaga asos soldilar (1281 yilda). Bu sulola 1924-yilgacha, Turkiya res’ubikasi e’lon qilingunga qadar yashadi. 1924 yil Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi prezidenti bo’ldi.
SHimoliy G’arbda turkiy xalqlar hozirgi Moldaviya (gagauzlar) gacha, Ukraina janubida Qrimgacha bordilar. SHimolda Boshqirdiston, Tatariston, SHimoliy Kavkazda CHecheniston, Dog’iston, G’arbiy Xitoyda (SHarqiy Turkiston) Sinjon Muxtor viloyati-turkiy davlatlardir, ya’ni bu xalqlarning shakllanishida turkiy qavmlar o’z “hissalari”ni qo’shganlar.
SHuningdek, Kichik Osiyoning o’zida mahalliy xalqlar bilan turkiy xalqlarning qo’shilishi natijasida hozirgi turk xalqi paydo bo’ldi.
Turkiy xalqlar tarixida, ularning siyosiy tuzumida urug’chilik anhanalari hal qiluvchi rol’ o’ynagan. SHuning uchun ham ular tarqoq yashadilar, uzoq davom etgan ittifoq tuza olmadilar. Bu esa ularni ‘arokandalikda ushlab turish va ko’pincha, bosib olish imkoniyatini berdi. Hozirgi zamonda turkiyzabon xalqlar hamkorligi, ittifoqi umumjahon ahamiyatiga ega.
Xalqning kelib chiqishi murakkab dolzarb muammo va umuman tarix fanining yutuqlari blan chambarchas bog’liq. SHu kunlarga qadar xalqning kelib chiqishi yoki etnogenezi alohida fan sifatida shakllanib yetgani yo’q, ammo yaqin kelajakda o’zida qator ijtimoiy va tabiiy fanlar yutuqlarini mujassamlashtirgan etnogenez fani yuzaga kelishi shubha tug’dirmaydi. Keyingi yillarda dunyo olimlari hamkorligida “Jahon xalqlarining etnik tarixi” nomli ko’p jildlik zalvorli (fundamental) asar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilishi fikrimizning isbotidir. Bu borada O’zbekiston Respublikasi olimlari ham o’z hissasini qo’shishi zarur.
Xalqlarning kelib chiqishi muammosi ustida ilmiy tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar bir necha shartlarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir. Xalqning kelib chiqishi uzoq davom etgan murakkab jarayon ekanligini hamisha ko’zda tutib, ilmiy tadqiqotlarni kom’leks tarzda olib borish kerak. Sababi, ayrim fan sohasi yutuqlari (tarix, arxeologiya, etnografiya, antro’ologiya, tarixiy tilshunoslik va yozma manbaalar) ko’p qirrali etnogenez muammosining bir tomoninigina ochib berishga qodir. Bu esa yana bir bor xalqning kelib chiqishi muammosi nihoyatda murakkabligidan dalolat beradi.
Markaziy Osiyo xalqlarining kelib chiqish tarixiga bag’ishlangan qator ilmiy anjumanlar o’tkazilishiga qaramasdan, bu sohada ko’pgina yechilmagan masalalar mavjud. Keyingi 25 yil davomida O’zbekistonda keng miqyosda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida o’zbek xalqi etnogenezi sohasida muhim Ma’lumotlarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lindi. Bu esa Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqining kelib chiqish tarixiga oid yangi fikr va mulohazalar yuritish imkonini bermoqda. Quyida biz o’zbek xalqining kelib chiqish tarixiga katta hissa qo’shayotgan ijtimoiy va tabiiy fanlarga chegaradosh antro’ologiya (odam haqidagi fan) natijalari asosida o’zbek xalqining etnik tarixiga oid fikrlar va mulohazalar to’g’risida gap yuritamiz.
Markaziy Osiyo hududida qadimgi tosh (paleolit) davridan to hozirgi zamonga qadar 270 nafar qadimiy yodgorlik to’ilmalari va hozirgi davrda yashovchi 51 etnografik guruh (30 ming kishi)ning antro’ologik o’rganilishi bu mulohazalarning asosini tashkil etadi.
Fanda o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganishni qaysi davrdan boshlash kerakligi haqida umumiy fikr yo’q. Qator olimlar etnogenezni yozma manbalarda xalq nomi (etnonimi) tilga olingan davrdan boshlashni maqsadga muvofiq deb biladilar. Ikkinchi guruh olimlar esa bu jarayonni mumkin qadar qadimiy davrlardan boshlash kerak, deb hisoblaydilar. Birinchi fikr tarafdorlari o’zbek xalqining kelib chiqish tarixini bundan ikki yarim ming yil oldindan, ya’ni Erondagi Behistun qoya toshida, mixxat yozuvlarida, Markaziy Osiyoda yashovchi sak, massaget, so’g’d, xorazmiy va hakozo qadimiy xalqlar haqidagi Ma’lumotlar uchragan davrdan boshlashni aytadi. SHaxsan biz ikkinchi guruh tadqiqotchilar nuqtai nazari tarafdorimiz. CHunki bu masalada fan hozirgi kunda qator yutuqlarni qo’lga kiritdi. Farg’ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktoshdan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari O’zbekistonning Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, hozirgi zamon odamlarining paydo bo’lishi jarayoni yuz bergan hudud tarkibiga kirishi fanda uzil-kesil isbotlandi. Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston, qadimiy davrlardagi mongoloid irq shakllangan hududga kiradi, degan fikrning ilmiy asossizligini antro’ologik Ma’lumotlar tasdiqladi.
Bizning fikrimizcha, o’zbek xalqining kelib chiqishi tarixini o’rganishni qancha erta davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri uning nisbiy miqdori to’g’risida shunchalik keng fikr yurita olamiz.
O’zbek xalqiga xos Markaziy Osiyo ikki daryo oralig’idagi irqning shakllanish davri, makoni va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo’q edi. Bir guruh olimlar bu irq bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi guruh mutahassilar 3 ming yil ilgari shakllangan desa, uchinchi bir guruh olimlari esa XVI asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Antro’ologik izlanishlar natijasida mualliflar ikki daryo oralig’i irqining shakllanishi, juda boy antro’ologik Ma’lumotlar asosida, bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganini isbotladilar. Qator ilmiy asarlarda o’zbek xalqining shakllanishida sakkiz muxim davr sanab o’tilardi. Bular
qatorida Ahmoniylar, Makedoniyalik Iskandar, Arab Xalifaligi va Mo’g’ullar istilosi tilga olinadi. Haqiqatdan, bu zabt etishlar Markaziy Osiyo, jumladan, O’zbekiston xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga, albatta o’z tahsirini o’tkazgan. Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarni irqiy va etnik tarixiga bo’lgan tahsiri kam bo’lganini alohida tahkidlab o’tmoqchimiz. Antro’ologik nuqtai nazardan qaraganda, ular mahalliy xalq “qonini” yoki genetikasini tubdan o’zgartira olmadilar. Ular son jihatidan ko’pchilikni tashkil etgan mahalliy aholi tarikibiga singib ketgan. Bu o’rinda mahalliy (substrat) va kelgindi (su’erstrat) aholisi orasidagi o’zaro munosabatlarni eslatib o’tish joiz. Ko’p sonli mahalliy aholi tarkibiga kelgindi guruhlarning singib ketishi, kelgindi guruhlarning mahalliy aholidan ustun bo’lishi; kelgindi xalqlar teng sonli bo’lishi va nihoyat, mahalliy va kelgindi xalqlar aralashuvi natijasida ikkalasiga ham o’xshash yangi xalq, guruh, elat paydo bo’lish holarini kuzatish mumkin. O’zbekiston hududida, barcha tarixiy davrlarda maxsus antro’ologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, mahalliy xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo’lgan.


Yüklə 60,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin