O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
O‘ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI
O‘ZBEK TILINING IZOHLI
LUG‘ATI
80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi
5 JILDLI
TAHRIR HAY’ATI:
A.MADVALIYEV, N.MAHKAMOV, N.MAHMUDOV (rahbar),
D.XUDOYBERGANOVA, O.ODILOV
Abduvahob Madvaliyev tahriri ostida
“O‘zbekiston nashriyoti”
Toshkent – 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI
O‘ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI
O‘ZBEK TILINING IZOHLI
LUG‘ATI
BIRINCHI JILD
A – F
To‘ldirilgan va tuzatilgan 3-nashri
“O‘zbekiston nashriyoti”
O‘ZBEK ALIFBOSI
A
B
D
E
F
G
H
I
J
K
L
M
N
O
P
Q
R
S
T
U
V
X
Y
Z
O‘
G‘
Sh
Gh
ng
’
A
A yukl. (turli darajadagi talaffuz bilan) Taajjubli, e’tirozli va sh.k. mazmun-
dagi so‘roqni bildiradi: Nima? Nima deding? Nima dedingiz? O‘n to‘rt so‘m
berasiz. – A, o‘n to‘rt so‘m? Oybek, Tanlangan asarlar. Rafiq, nayni kim chaldi? –
Yo‘lchi akam. – A! Rostdanmi? Aldama! Oybek, Tanlangan asarlar. Qanaqa
o‘yin? – Qimor, – sekin javob berdi Qambar. – A, mehmonlari qimorbozga sira
o‘xshamaydi-ku. Oybek, Tanlangan asarlar.
A, AN- [yun. a-, an-] So‘zlar oldidan qo‘shilib, o‘zi qo‘shilgan so‘z asosidan
anglashilgan ma’noni inkor etish yoki qaysidir sifat, xususiyatning mavjud
emasligini ifodalaydi: avitaminoz, anormal, anonim.
ABAD [a. دبا – doimiylik] esk. kt. 1 So‘ngi yo‘q kelgusi zamon; zid. azal.
...tongda yotog‘idan bosh ko‘targan quyosh shahri azim uzra charaqlab, o‘zining
azal va abad qismatini belgilab qo‘yilgan chiziq bo‘ylab yo‘lida davom eta-eta
shom onlari yaqinlashgani sayin mag‘rib tomonga og‘a boshladi. Xurshid
Do‘stmuhammad, Qichqiriq.
2 rvsh. Abadiy suratda, doimo. Ikki narsa bir-biriga abad yo‘ldoshdir, Biri
tig‘dor ayoz bo‘lsa, biri quyoshdir. Y. Mirzo.
To abad Abadiy suratda, hamisha, umrbod. Ko‘kragimda yashnar to abad
Hayot taqib qo‘ygan guldasta. Uyg‘un.
ABADIY Vaqt e’tibori bilan oxiri yo‘q; mangu, doimiy. Abadiy hayot.
Abadiy xotira. ▬ Shaharlarning nomi abadiy, Bu nomlarni qo‘ygan el-ulus. M.
Shayxzoda. Magar, u dunyo, boqiy dunyo, abadiy rohat-farog‘at chin ersa, bu
to‘rt kunlik dorilfanoning azob-uqubatlari, alam-iztiroblari nechun? Bir lahza
yonib-o‘chgan sham abadiyat shamsi oldida ne degan gap axir? A.Yo‘ldosh,
Begona shaharning namozshomlari.
Dostları ilə paylaş: |