ABOLITSIYA [lot. abolitio – bekor qilish] Qonun yoki qarorning bekor
qilinishi.
ABONEMENT [fr. abonnement] Biror narsadan (mas., telefon, teatrdagi
o‘rin, avtotransport va sh.k. dan) ma’lum muddatga foydalanish huquqi va shu
huquqni tasdiqlovchi hujjat. Kutubxonalararo abonement. Abonement haqi. Abonement olmoq. ABONENT [fr. abonner – yozilmoq, obuna bo‘lmoq] Abonementga ega
bo‘lgan shaxs yoki tashkilot.Eshitib turish va ovoz yozish bayonnomasida abonent raqami, eshitib turish va ovoz yozish vaqti va joyi, foydalanilgan texnikaviy vositalar turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslarga oid ma’lumotlar hamda ish uchun ahamiyati bo‘lishi mumkin deb hisoblangan boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi. Jinoyat-protsessual kodeksidan.
ABORIGEN Aborigenlarga mansub.
ABORIGENLAR [lot. aborigine – avvaldan, boshidan] 1Mamlakat yoki
biror joyda qadimdan yashab kelayotgan tubjoy aholi; tubjoyliklar. Avstraliya aborigenlari. Hindistonda aborigenlar tomonidan o‘ldirilganligi taxmin qilinayotgan amerikalikni qidirish ishlari to‘xtatildi. UzA.
2 O‘simlik yoki hayvonlarning qadimdan bir joyga mansub (mahalliy,
jaydari) turlari, zotlari. Aborigen g‘o‘za.
ABORT [lot. abortus – bola tashlash, muddatidan oldin tug‘ilish]
Homilaning hayotga layoqatsiz davrida, ya’ni dastlabki 28 hafta mobaynida
tushishi yoki tushirilishi (oldirilishi). Rezus manfiy ayollarda 1-homiladorlikni iloji borija saqlab qolish, abortlarning oldirini olish kerak. Q.Djabborova, M.Ayupova,
Akusherlik. Sun’iy abort Ayolning istagiga ko‘ra yoki kasalligi sababli homilani
oldirish. G‘ayriixtiyoriy (tabiiy) abort Homilaning turli sabablarga ko‘ra (mas.,
kasallik tufayli) tushishi. Agar sun’iy abort qilinsa, homila tashlash, gemotransfuziya va boshqa hollarda ham og‘irlik darajasi ortib, antitanalar titri ortadi. Q. Djabborova, M.Ayupova, Akusherlik.