ABORTIV 1 tib. Og‘riqni, kasallikni birdan to‘xtatadigan, qoldiradigan.
Abortiv davolash. Abortiv dori-darmonlar.
2 biol. O‘smay,
rivojlanmay qolgan; majmag‘il, chala.
O‘simliklarning
abortiv organlari.
ABR [
f. ربا
– bulut]
1 esk. kt. ayn. bulut 1.
Abr ichiga berkinib, motamsaro
bo‘lsin quyosh. E. Vohidov.
Abri balo Balo, ofat buluti.
Ayollar xonadonlari uzra yopirilib kelayotgan
abri baloni erlaridan avvalroq sezadilar. T. Malik, Shaytanat.
Abri navbahor
Erta bahorning yomg‘irli buluti.
Abri nayson Bahorgi seryomg‘ir bulut.
Chun
abri navbahor Xuddi erta bahor bulutidek.
Zor-zor chun abri navbahor yig‘la b.
G‘. G‘ulom.
2 To‘qimachilik, me’morchilik, kulolchilikda uchraydigan, tarxi bulutsimon
amaliy bezak turi.
ABRAZIV [
lot. abrasio
– silliqlash, tarashlash, qirish] Abrazivlarga oid.
Abraziv asboblar.
ABRAZIVLAR Metall, sopol, oyna, yog‘och va sh.k.
ning yuzini
silliqlash, jilolash,
pardozlash, shuningdek,
asboblarni charxlash uchun
ishlatiladigan mayda donador o‘ta qattiq moddalar.
ABRASH esk. Chavkar, xoldor ot.
Abrashini yeldurub yetgach yig‘ildim,
do‘stlar. Bobur.
ABRBAND [
f. دنب + ربا – bog‘, bog‘lam, tugun]
1 Atlas, shoyi tandasiga
maxsus usulda gul (naqsh) solish
. Eski abrbandchi ustalar abrband texnikasini
juda qadim zamonlardanoq bilganlar. “Fan va turmush”.
2 ayn. abrbandchi.
ABRBANDI Atlas, shoyi tanda iplariga gul (naqsh) solish usuli
. Atlasdagi
tanda ipi abrbanda usulida bo‘yab bezatiladi. Hordiq,
ABRBANDCHI Abrband ishlovchi.
Abrbandchi rassom ingichka cho‘pni
qorakuya aralashtirilgan suvda namlab, u bezakning yarmini tushiradi. “Fan va
turmush”.
ABRISHIM [
f. مشيربا
– ipak]
1 esk. ayn. ipak.
2 Ipak gazlama, shoyi; shu gazlamadan tikilgan kiyim.
Uning egnida... rang-
barang porlagan qizil abrishim to‘n. Oybek, Navoiy.
ABRO‘ [
f. وربا]
esk. poet.
Qosh.