O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix03.12.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#72113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
lotin

ABADIYA: saodati abadiya esk. kt. Abadiy baxtlilik, mangu baxt-saodat. 
Bu bayroq mash’al bo‘lib, saodati abadiya yo‘lini yoritdi. A. Qahhor, Sarob. 
ABADIYAN rvsh. kt. kam qo‘ll. Abadiy suratda. Sultonmurod u qizning 
abadiyan qo‘ldan ketganligiga ishonadi. Oybek, Navoiy. 


ABADIYAT [a. تيدبا– mangulik, so‘ngsizlik] kt. kam qo‘ll. Abadiylik, 
mangulik. Nur sochilgan, gul ochilgan bahor tunida Abadiyat qo‘shig‘iga 
solardim quloq. Uyg‘un. Shu erur mangulik ham abadiyat Unda qaror topur 
bizning jamiyat. T. Nizom, Alisher. 
ABADIYLASHMOQ Abadiy mavjudlikka ega bo‘lmoq; mangulik kasb 
etmoq. Xotirasi abadiylashdi
ABADIYLASHTIRMOQ 
Abadiy 
unutilmaydigan, 
yo‘qolmaydigan 
qilmoq; avlodlarga mangu qoldirmoq. Olimning nomini abadiylashtirmoq. 
Ulug‘larning nomlari abadiylashtirilib, ularning yodini olib yaxshi, xayrli ishlar 
qilinayotgani bizni quvontiradi. E. Oxunova, Biz suv ichgan daryolar. 
ABADIYLIK Mangulik, doimiylik. Materiyaning abadiylik qonuni. ▬ 
Keyin esa abadiylik haqidagi o‘ylarimga ham bus-butkul yakun yasadim: 
Ya’nikim, men vaqtning maxluq ekanini tushunib yetdimmi, demak, abadiylik 
tushunchasini bir kuni tushunib yetaman. Gazetadan. Xullas, oqillar aytganidek, 
hayot barhayotlik uchun kurash ekan, u qanchalik qiyinchiliklar, taloto‘plar, 
nobopliklar, quvonch-u shodliklar ichida o‘tmasin, o‘zlikni anglash va uni ko‘plab 
insonlar uchun ibrat qilib qoldirish abadiylikka daxldor etarkan. X. Umurov, 
Yorug‘ va yoniq qalblar. Mudom Olloh nazarida bo‘l, Abadiylik sen tanlagan 
yo‘l! T. Nizom, Alisher. 
ABADULABAD [a. دبلاادبا – abadlarning abadi] Abadiy suratda, butun hayot 
davomida, doimo. Shu sababli ham ul hazratning [Imom al-Buxoriyningmuborak 
nomi abadulabad insoniyat xotirasidan o‘chmagay. Gazetadan. 
ABAJUR [fr. abat-jour Yorug‘likni qaytaruvchi] Kerakli yorug‘likni bir 
joyga to‘plab tushirish yoki ko‘zni yorug‘lik nuridan pana qilish uchun lampa 
ustiga o‘rnatiladigan, shisha, mato, metall va sh.k. dan yasalgan qalpoq. Chinni 
abajur. Shoyi abajur. Shiftda abajur osig‘liq. ▬ Abajurdan taralgan ko‘kish nur 
uning yuzida tovlanardi. S. Zunnunova, Yangi direktor. Latofat abajurni divanga 
yaqinroq surdi, stoldan qog‘oz-qalam olib domlaga yaqinroq o‘tirdi. O.Yoqubov, 


Diyonat. Bitta qovunni abajurga o‘xshatib qo‘yib, po‘chog‘idan to‘r yasab, 
sadaning shoxiga ilib qo‘ydim. P. Qodirov, Qadrim. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin