O‘zbekiston respublikasi fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix03.12.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#72113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
lotin

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • ABBAT
ABAJURLI Abajur o‘rnatilgan. Abajurli elektr chirog‘i xonaga yog‘du
sochib, charaqlab turardi. M. Xayrullayev, Ko‘ngil. Rigo iste’dodi sababli 
amaliyotga tatbiq etilayotgan (DE)light
 
loyihasi doirasidagi birinchi mahsulotlar  
chiroq shaklidagi bokal, abajurli stol yoritgichi yaqin kunlarda sotuvga 
chiqariladi. Gazetadan. Stol ustidagi ko‘k abajurli chiroqdan Qunduzxonning 
yuziga havoyi bir nur tushib turardi. Said Ahmad, Ayajon. Uy g‘ira-shira, stoldagi 
ko‘k abajurli chiroq shu’lasida Latofat iyagini qo‘llariga qo‘yib, kitob o‘qib 
o‘tirardi. O.Yoqubov, Diyonat. Qodir o‘z uyini ko‘kimtir bo‘yoq bilan trafaret 
qildirib, shunga mos keladigan abajurga zoriqqanini va ko‘p mashaqqatlar bilan 
arang topganini aytganida, u, xuddi “o‘zingda bor narsani nega qidirasan” 
deganday taajjublandi. A. Qahhor, Qanotsiz chittak. Bitta qovunni abajurga 
o‘xshatib so‘yib, po‘chog‘idan to‘r yasab, sadaning shoxiga ilib qo‘ydim. P. 
Qodirov, Qadrim
ABAS [a. ثبا – behuda, foydasiz] esk. kt. Foydasiz, behuda, natijasiz, bekor. 
Bevafodir bu jahon, sudu ziyon barcha abas. Nodira. Bas, endi u she’r yozishni 
yig‘ishtiradi. Barchasi abas ekan. S. Siyoyev, Avaz. Komil bo‘la olsa agar 
insonlar, Nizolar bartaraf, ig‘volar abas. A. Oripov. Everest va ummon. Afsus, 
sog‘inchning ham bordir adog‘i, Keyin unutilish, bari abasdir. A. Oripov, Yangi 
she’rlar. 
ABBAT [lot. abbas, abbatis] 1 Erkaklar katolik monastirining boshlig‘i. 
Monaxlar monastirga kirar ekan, oila qurmaslikka, qashshoq bo‘lib yashashga va 
o‘z boshlig‘i abbatga (ya'ni “ota”ga) hech so‘zsiz bo‘ysunishga va’da berar 
edilar. M.Madaminov, Jahon tarixi. 
2 Fransiyada: katoliklar ruhoniysi. Lordlar palatasida yepiskoplar, abbatlar 
va qirol maxsus taklif qilgan zadagon feodallar majlis qurardi. M.Madaminov, 
Jahon tarixi. 


ABBOSIYLAR tar. Bag‘dodda 132–656–hijriy yoki 750–1258–milodiy 
yillarda hukmronlik qilgan arab xalifalari sulolasi va uning vakillari. Yuqoridagi 
xalq harakatlari natijasida Damashqda 990-yil hukmronlik qilgan Ummaviylar 
sulolasi ag‘darib tashlandi va hokimiyatga payg‘ambarimizning Makkadagi 
hoshimiylar urug‘idan bo‘lgan amakisi al-Abbosdan boshlanadigan Abbosiylar 
sulolasi keldi. O.Masharipov, Xorazmnoma. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin