O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi



1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 -yil 10- apreldagi PQ-4276-son qaroriga
1-ILOVA
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining
(keyingi o’rinlarda — Vazirlik) maqomini, tizimini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini,
huquq va majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Vazirlik tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va ularni bartaraf etish, yong’in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini
muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo’ysunadi va unga
hisob beradi.
4. Markaziy apparat, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (keyingi o’rinlarda — hududiy
boshqarmalar), tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar bo’limlari, Seysmoprognostik
monitoring respublika markazi, O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi akademiyasi, «Xavfsiz daryo» DUK, «Muhofaza+» jurnali va «Vaziyat»
gazetalari birlashgan tahririyati» DUK, idoraviy bo’ysunuvdagi boshqa tashkilotlar
Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Bosh boshqarmalar, boshqarmalar, bo’limlar, markazlar, xizmatlar Vazirlik
markaziy apparatining tarkibiy bo’linmalari hisoblanadi.
5. Vazirlik faoliyati qonuniylik, birdamlik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni hurmat qilish, oshkoralik va shaffoflik,
yakkaboshchilik, o’z vaqtida favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning oldini olish
hamda tezkor harakat qilish tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
6. Vazirlik o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining Vazirlik
faoliyati sohasiga taalluqli xalqaro shartnomalari, shuningdek, ushbu Nizom va boshqa
qonun hujjatlariga amal qiladi.
7. Vazirlik o’z faoliyatini davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, huquqni
muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar
bilan o’zaro hamkorlikda olib boradi.
8. Vazirlikning o’z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari, davlat va xo’jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllari va
idoraviy bo’ysunuvidan qat’i nazar tashkilotlar, korxonalar va muassasalar, shuningdek
fuqarolar uchun bajarilishi majburiy hisoblanadi.
9. Vazirlik harbiy xizmatchilari harbiy xizmatda bo’ladilar.
Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilari («Xavfsiz daryo» DUK


2
hamda «Muhofaza+» jurnali va «Vaziyat» gazetalari birlashgan tahririyati» DUK
xizmatchilaridan tashqari) xizmatni o’tash, mehnatga haq to’lash shartlari, tibbiy va
maishiy xizmat ko’rsatilishi, shuningdek barcha ta’minot turlari, huquqlar va imtiyozlar
masalalarida, shu jumladan, ularning oila a’zolari ham, O’zbekiston Respublikasi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari va xizmatchilarining tegishli toifalariga
tenglashtiriladi.
10. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi tasviri tushirilgan, o’z nomi yozilgan muhrga va blankasiga, bank hisob raqamlari,
shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga va O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi G’aznachiligida g’aznachilik hisob raqamiga ega bo’ladi.
11. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to’liq — O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, qisqarmasi
— FVV;
b) rus tilida:
to’liq — Ministerstvo po chrezvichaynim situatsiyam Respubliki Uzbekistan,
qisqarmasi — MCHS;
v) ingliz tilida:
to’liq — Ministry of emergency situations of the Republic of Uzbekistan,
qisqartmasi — MES.

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin