O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

e) favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini
kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek seysmik kuzatuvlar
olib borish sohasida:
tabiiy ofatlar va halokatlarni monitoring qilish va prognozlash, seysmik
kuzatuvlar tizimini rivojlantirish va ularni faoliyatini muvofiqlashtiradi;
atrof muhit holatini, potensial xavfli ob’yektlar va uchastkalar hamda ularga
tutash hududlardagi vaziyatning monitoringini olib borishda ishtirok etadi;
tegishli qismda favqulodda vaziyat va yong’inlarning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini baholashni ta’minlaydi;
texnogen xavf yuqori bo’lgan hududlarning davlat kadastrini yuritadi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, almashish va yetkazishni ta’minlaydi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda yuzaga keladigan
favqulodda vaziyatlarning xavf darajasini va ularning moddiy, shu jumladan atrof
muhitga zarari miqdorini aniqlash uslublarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
favqulodda vaziyat va yong’inlar, shuningdek, ularning oqibatlari hisobini
yuritadi;
j) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va
bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va
xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyati, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy,
oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxiralar fondlarini
shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali faoliyatini tashkil
etish sohasida:
davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning
o’zini-o’zi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlarning favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo’ljallangan idoraviy
zaxiralarni yaratish bo’yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha Hukumat
va hududiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy-axborot jihatdan ta’minlaydi;
toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig’ilishining materiallari va boshqaruv
hujjatlarini tayyorlaydi, uning qarorlari hamda sel, toshqin, yer va qor ko’chkisi xavfi
mavjud hududlardan aholini ko’chirish, ularga zarur bo’lgan birlamchi hayot faoliyatini
ta’minlovchi sharoitlar yaratish bo’yicha topshiriqlarining davlat va xo’jalik boshqaruvi
hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtiradi
va nazorat qiladi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari,


8
tashkilotlarning halokatlardan jabrlangan yoki ularning oqibatlarini bartaraf etishda
ishtirok etgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tibbiy jihatdan muhofaza qilish
bo’yicha faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qiladi va muvofiqlashtiradi;
z) favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong’inlarni o’chirish, insonlar hamda
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish,
vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash
sohasida:
FVV tizimiga kiruvchi organlar, tuzilmalar va tashkilotlar ustidan rahbarlikni
amalga oshiradi, ularga maslahat, uslubiy va ilmiy ko’mak ko’rsatadi, ularni
tekshiruvdan o’tkazadi;
yirik xalqaro va respublika tadbirlarida FVDT va fuqaro muhofazasi, favqulodda
vaziyatlar bo’yicha boshqaruv organlari va tuzilmalarining kuch va vositalarini
o’rnatilgan tartibda tezkor boshqarishni ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong’inlarni o’chirish, insonlarni
qutqarish ishlarini tashkillashtiradi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlarning
ishini muvofiqlashtiradi;
tuzilmalarni favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga
mo’ljallangan yong’in-qutqaruv texnikasi va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash
sohasida yagona texnik siyosatni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalari hamda tezkor bo’ysunuvdagi
bo’linmalar kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlar va yong’inlar sodir bo’lganda
harakatlanishga shayligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyat va yong’inlarni chegaralash va bartaraf etish, yong’in-
qutqaruv bo’linmalarida garnizon va smena xizmati olib borishni tashkillashtirish
bo’yicha normativ hujjatlarni, shuningdek, ularning faoliyatini tartibga soluvchi
hujjatlarni ishlab chiqadi;
o’ta muhim, toifalangan hamda yong’in va portlash xavfi mavjud iqtisodiyot
ob’yektlari va boshqa hayot faoliyatini ta’minlovchi ob’yektlarda aniq maqsadga
yo’naltirilgan qo’mondonlik-shtab, maxsus-taktik o’quv mashqlari va mashg’ulotlarini
tashkillashtiradi;
favqulodda vaziyatlarda jabrlangan aholini birlamchi zaruriy mahsulotlar bilan
ta’minlash, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong’inlarni o’chirishga jalb
qilinadigan maxsus tuzilmalarni jihozlash uchun moddiy boyliklarning idoraviy
zaxirasini yaratadi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va yong’inlarni o’chirish bo’yicha
respublika hududida va xorijda amalga oshirilgan amaliyotlarni tahlil qiladi, qutqaruv
ishlarini o’tkazish va yong’in o’chirishni tashkil etish taktikasini yanada
takomillashtirish, yong’in-qutqaruv bo’linmalarini jangovor shayligini oshirish bo’yicha
takliflarini ishlab chiqadi;
tasdiqlangan safarbarlik rejasiga asosan harbiy davrda favqulodda vaziyatlarni
bartaraf etishda foydalaniladigan maxsus harbiy bo’linmalarni tashkil qiladi;
FVV tizimi organlari, tuzilmalari va tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyatini
o’rnatilgan tartibda nazorat qiladi;


9
favqulodda vaziyatlar organlari va tuzilmalarini moddiy-texnik ta’minlash tartibi
va me’yorlarini ishlab chiqadi va o’rnatilgan tartibda tasdiqlaydi;

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin