O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Vazirlikning faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

5-bob. Vazirlikning faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan
ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to’lash va moddiy rag’batlantirish
30. Tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan bo’linmalardan tashqari,
Vazirlik boshqaruv organlari, tuzilmalari va tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-
texnik jihatdan ta’minlash, shuningdek Vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilari
mehnatiga haq to’lash O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti, Vazirlikning
byudjetdan tashqari mablag’lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobidan amalga oshiriladi.
31. Vazirlik shaxsiy tarkibini moddiy rag’batlantirish qonunchilikka muvofiq
amalga oshiriladi.
32. Vazirlik harbiy xizmatchilari va yong’in-qutqaruvchilari bepul harbiy va
maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.
33. Vazirlik tuzilmalarining bino va inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish
uchun, shartnoma asosida tashkil etilgan bo’linmalardan tashqari, sarflanadigan
xarajatlar
mahalliy
davlat
hokimiyati
organlari
tomonidan
O’zbekiston
Respublikasining tegishli yil investitsiyaviy va boshqa dasturlarida nazarda tutilgan
markazlashtirilgan kapital mablag’lar limitlari doirasida hamda qonunchilik bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlikning boshqa tashkilotlar bilan shartnoma asosida tashkil etilgan
tuzilmalari uchun bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ushbu
tashkilotlar mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
6-bob. Vazirlik hisoboti
34. Vazir va uning o’rinbosarlari o’z faoliyati to’g’risida muntazam ravishda
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Administratsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli


18
bo’linmalari oldida hisobot beradi.
35. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati
va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bo’linmasi Vazirlikka
yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi bo’yicha uning faoliyatini doimiy
monitoring qiladi va Vazirlik faoliyati samaradorligiga ob’yektiv baho beradi.
36. Monitoring va baholash natijalariga ko’ra, Vazirlikning alohida o’rnak
ko’rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag’batlantiriladi yoki yo’l
qo’yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha
bo’lgan javobgarlikka tortiladi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
37. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin