O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

3-bob. Vazirlikning huquq va majburiyatlari
14. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
o’z vakolati doirasida o’rnatilgan tartibda davlat va xo’jalik boshqaruvi,
mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan, fuqaro
muhofazasi, favqulodda vaziyatlar, yong’inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish
ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha qarorlar qabul qilish hamda
ularning ijrosini nazorat qilish;
davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo’shma
qarorlar va boshqa normativ hujjatlar qabul qilish;
Vazirlik zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat va xo’jalik,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma’lumotlar


12
va axborotlarni so’rab olish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari,
jismoniy va yuridik shaxslarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga
tayyorgarligini, Vazirlik faoliyatiga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini
tekshirish, shuningdek qonun buzilishi holatlari aniqlanganda belgilangan tartibda
ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini ko’rish;
Vazirlik va FVDT faoliyatining dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun
vakillik asosida idoralararo muvofiqlashtiruv va maslahatlashuv organlari (komissiyalar,
guruhlar) hamda kollegial organlar (ilmiy, ilmiy-texnik, metodologik va boshqalar)ni
tuzish;
ishlar va xizmatlar ko’rsatish, jarimalar va boshqa tushumlardan tushadigan
mablag’lar hisobidan Vazirlikning byudjetdan tashqari jamg’armasini tashkil qilish;
Vazirlik ixtiyoridagi davlat mulkini boshqarish;
avariya-qutqaruv va yong’in o’chirish texnikalarini yaratish, avariya va
falokatlardan jabrlangan aholini va hududlarni reabilitatsiya qilish ishlarini o’tkazish,
shuningdek, Vazirlik zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish yuzasidan
tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzish;
maxsus texnik vositalarni tayyorlash va ushbu vositalarni tayyorlash bo’yicha
buyurtmalar berish, shuningdek, ehtiyoj uchun zarur bo’lgan maxsus jihoz va texnika,
boshqa texnik vositalarni xarid qilish, ularni saqlash va ta’mirlash ishlarini amalga
oshirish;
Vazirlikning harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini, ularning oila a’zolarini,
shuningdek pensionerlarini ijtimoiy himoya qilish uchun davolash-profilaktik,
sanatoriya-kurort va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik ehtiyojlari uchun kapital, shu jumladan uy-joy qurilishi, bino va
inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ishlab chiqarish va ijtimoiy
ahamiyatga ega, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma
ob’yektlarida ishlarni bajarish;
o’rnatilgan tartibda tanish belgilari va maxsus rangli bayroqlar bilan belgilangan,
shuningdek, maxsus signallar, radio vositalar va bayroqchalar bilan jihozlangan uchish
apparatlari, havo va suv kemalari, maxsus transport vositalariga egalik qilish;
o’z faoliyatiga mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik faoliyatiga doir masalalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining
xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va ijrosini ta’minlash haqida takliflar kiritish;
chet el mamlakatlarining tegishli bo’linmalari, xalqaro va nodavlat tashkilotlar
bilan o’rnatilgan tartibda hamkorlik qilish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlari uchun doimiy shay holatdagi
hududiy kuch va vositalarni jalb etish to’g’risida qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq, tegishli hududda yong’inga qarshi alohida rejim
o’rnatilishi yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
favqulodda vaziyatlar, shu jumladan yong’inlarni bartaraf etish tadbirlarida
yong’inlar hamda ularning xavfli omillari tarqalgan (tarqalish ehtimoli mavjud bo’lgan)


13
joylarga to’siqsiz kirib borish, shuningdek, insonlarning hayotiga, jismoniy va yuridik
shaxslarning mol-mulkiga, atrof muhitga tahdid soladigan yong’inlar va ular bilan
bog’liq bo’lgan xavfli omillarning oldini olish hamda favqulodda vaziyat va yong’inni
bartaraf etishni ta’minlovchi sharoitlarni yaratish maqsadida zarur hollarda eshiklarni,
derazalarni va boshqa to’sqinlik qiladigan konstruksiyalarni ochish;
favqulodda vaziyat va yong’inlar hududida transport vositalari va aholi
harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash, shuningdek, favqulodda vaziyat va
yong’inlarni bartaraf qilish ishlari olib borilayotgan hududlarning qo’riqlanishini
ta’minlash uchun tegishli xizmatlarni jalb qilish;
o’z vakolati doirasida barcha tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi
majburiy bo’lgan, shu jumladan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari olib
borilayotgan hududlarda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini cheklovchi
qarorlar qabul qilish;
yong’inlarni o’chirish, yong’in va avariyalarning yuzaga kelishi hamda
rivojlanishi (tarqalishi)ning oldini olish bilan bog’liq zarur ishlarni bajarishda tabiiy va
sun’iy suv manbalaridagi suvdan bepul foydalanish;
favqulodda vaziyat va yong’inlarning oldini olish, ularni bartaraf etish, yong’in
xavfsizligi talablari buzilishi holatlarini aniqlash va unga yo’l qo’ymaslik bo’yicha
qonun hujjatlarga muvofiq belgilangan vakolatlarni o’z vaqtida va to’liq amalga
oshirish;
o’rnatilgan tartibda ro’yxat bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslarga pullik
xizmatlar ko’rsatish.
Vazirlik qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo’lishi
mumkin.
15. Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarining huquqlari,
agar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari bilan boshqa tartib belgilanmagan bo’lsa, O’zbekiston
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar (ustavlar)
bilan belgilanadi.
16. Vazirlik:
Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi,
shuningdek, tegishli soha (tarmoq)da davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
o’z faoliyat sohasini rivojlantirish bo’yicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, «yo’l
xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javobgar
hisoblanadi.
17. Vazirlik markaziy apparati:
Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, idoraviy bo’ysunuvidagi
tashkilotlari faoliyatini tashkillashtirish, nazorat qilish va uslubiy rahbarlik qilish,
Vazirlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni sifatli va o’z vaqtida bajarish;
hududiy va tarkibiy tuzilmalarning ishini tashkillashtirish va nazorat qilish;
xorijiy va ilg’or mahalliy tajribalarni o’rganish, aholini favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yong’in xavfsizligi, seysmik
kuzatuvlar va kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish tizimlarini yanada
takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;


14
Vazirlik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan me’yoriy-
huquqiy va boshqa hujjatlar hamda vazirlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning
sifati;
hududiy va tarkibiy tuzilmalar tomonidan o’z sohasi faoliyatini rivojlantirish
bo’yicha dasturlar, chora-tadbir rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarni
amalga oshirishni tashkillashtirish uchun javobgar hisoblanadi.
18. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari:
zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning, markaziy apparat
ko’rsatmalarining sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro
muhofazasi hamda yong’in xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkillashtirish va
amalga oshirish;
bo’ysunuvidagi tuzilmalarning faoliyatini tashkillashtirish, nazorat va uslubiy
rahbarlik qilish;
aniqlangan muammolarni har tomonlama, chuqur tahlil qilish va umumlashtirish
asosida Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha tegishli soha (yo’nalish)ni
takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro
muhofazasi va yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasidagi dasturlar, chora-tadbir
rejalari, «yo’l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlar talablarini samarali amalga
oshirish uchun javobgar hisoblanadi.

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin