O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

a) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish, yong’in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz
foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish
sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish
sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong’in
xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz
foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish
sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun mo’ljallangan moddiy resurslar
zaxiralarini yaratish, ishlatish va qayta tiklashni nazorat qiladi va uslubiy rahbarlikni
amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab
chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;


4
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong’in
xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz
foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish
tizimini rivojlantirish bo’yicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
yong’in va avariya-qutqaruv texnikalari va anjomlari, aloqa va xabar berish
vositalari bo’yicha davlat buyurtmachisi funksiyasini bajaradi, shuningdek, ularni
yaratish va respublikada ishlab chiqarishni tashkil etadi;
fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning oldini olish va
bartaraf etish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq
etadi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi davlat sirlari va xizmat ma’lumotlarini himoya
qilish choralarini ko’radi;
b) favqulodda vaziyatlar va yong’inlar yuzaga kelishining oldini olish va
profilaktika tadbirlarini tashkil etish sohasida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish bo’yicha davlat
dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini nazorat
qiladi;
fuqarolarning hayoti va sog’lig’i, mol-mulkiga xavflarni barvaqt profilaktika
qilish va ularning oldini olish, hayotiy faoliyatni ta’minlovchi ob’yektlar va tizimlarning
barqaror ishlashini, tahdidlar va ularning kelib chiqish omillarini oldindan aniqlash,
bartaraf etish borasida aniq choralar ko’rish, aholining ushbu sohada ma’lumotlarga ega
bo’lish darajasini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning
ijrosini nazorat qiladi;
avariyalar, halokatlar, yong’inlar va tabiiy ofatlarning o’z vaqtida oldini olish va
oqibatlarini yumshatishni ta’minlaydi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi, shuningdek,
yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasida targ’ibot va axborot ta’minotini amalga
oshiradi, aholi va tashkilotlar xodimlarini o’qitadi;
qishloq xo’jaligi o’simliklarini do’ldan muhofaza qilish maqsadida meteorologik
jarayonlarga faol ta’sir ko’rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
v) aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro
muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan
xavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni
amalga oshirish sohasida:
davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish, yong’in xavfsizligi, shuningdek, fuqaro muhofazasi to’g’risidagi qonun
hujjatlarida belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek,
yong’in xavfsizligi talablarini belgilab beruvchi texnik reglamentlar, standartlar,
me’yorlar, qoidalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va ko’rib chiqadi;
potensial xavfli ob’yektlar va ularga tutash hududlardagi vaziyat ustidan


5
nazoratni tashkil qiladi;
aholi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha qabul qilingan chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini, shuningdek, favqulodda vaziyat sharoitida hayotiy
ta’minotni ta’minlovchi tizimlar, iqtisodiyot ob’yektlari va tarmoqlarining barqaror
ishlashini nazorat qiladi;
aholi punktlari, boshqa ob’yektlar va hududlarda davlat yong’in nazoratini,
shuningdek, yong’in xavfsizligini talab darajasida saqlashni amalga oshiradi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro
muhofazasi va yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasida mahsulot va xizmatlarni
litsenziyalashtiradi, ularni sertifikatlashtirishda ishtirok etadi;
yong’in-texnik mahsulotlar, moddalar, materiallar va jihozlarni yong’in
xavfliligi bo’yicha sinash va tekshirishni tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
radiatsion razvedka jihozlari va shaxsiy himoya vositalarining texnik holatini
tekshiruvdan o’tkazadi;
yong’in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday
talablar mavjud bo’lmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarni qurish,
kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik jihatdan qayta
jihozlashga doir loyiha hujjatlarining yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishiga
taalluqli qismini ko’rib chiqadi;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining,
shuningdek, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul
qilib olish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
ob’yektlarda, shu jumladan, o’ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong’in
va portlash xavfi yuqori bo’lgan ob’yektlarda shartnoma asosida belgilangan tartibda
yong’indan saqlashni amalga oshiradi;
o’z vakolati doirasida ma’muriy huquqbuzarlik ishlari yuritilishini va tergovga
qadar tekshiruvlarni amalga oshiradi va tashkillashtiradi;
respublikaning barcha suv akvatoriyalarida odamlarning suvdagi xavfsizligini
ta’minlash maqsadida kichik hajmli kemalar va ularning turargoh bazalaridan to’g’ri
foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa
tashkilotlarga favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning oldini olish va bartaraf etish
bo’yicha takliflar kiritadi;
favqulodda vaziyat va yong’inlar sodir bo’lishiga olib kelgan avariyalar,
halokatlar, falokatlarning surishtiruvida ishtirok etadi;
shaharsozlik hujjatlari va ob’yektlar qurilish loyihalarini fuqaro muhofazasi va
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilish
bo’yicha davlat ekspertizasidan o’tkazishda ishtirok etadi;

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin