O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

i) tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish, fuqaro muhofazasi yong’in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar,
kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv havzasida fuqarolarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari
faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib
borishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni
tasdiqlash sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro
muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida insonlar hayotini muhofaza qilish
hamda favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining barqarorligini
oshirish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini
ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
ilmiy-texnik dasturlar va innovatsion loyihalarning davlat buyurtmachisi
hisoblanadi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, seysmik
kuzatuvlar, favqulodda vaziyatlardan va yong’inlardan muhofaza qilishga mo’ljallangan
mavjud yong’in-qutqaruv texnikalari, jihozlari va boshqa vositalarni takomillashtirish
va yangilarini yaratish, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari faoliyatining
barqarorligini oshirish muammolari bo’yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlari olib borilishi va moliyalashtirilishini tashkillashtiradi;
qo’shma ilmiy loyihalarni ro’yobga chiqarish va tajriba-konstruktorlik ishlarini
amalga oshirish bo’yicha mahalliy va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan
hamkorlik qiladi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, shuningdek
yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasida ilmiy tadqiqotlar, ilmiy va innovatsion
faoliyatni moliyalashtirish samaradorligini oshirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi
va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
k) aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda
vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda va sodir bo’lganda harakat qilishga tizimli tayyorlash,
shuningdek, kema haydovchilarini o’qitishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:
FVDTga kiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining mansabdor
shaxslari va mutaxassislari hamda fuqaro muhofazasi kuchlarini tayyorlash, qayta
tayyorlash, malakasini oshirishning samarali tizimini ta’minlaydi, ularning o’quv
dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda FVDT mansabdor shaxslari, kuch va
vositalarining harakatlari bo’yicha turli o’quv mashqlar, mashg’ulotlarni tashkil etadi va
o’tkazadi;
aholi, mansabdor shaxslar, fuqaro muhofazasi boshqaruv organlari va
tuzilmalari, FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish bo’yicha
o’qitish dasturlarini ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tatbiq etadi;
qutqaruvchilar va qutqaruv tuzilmalarining attestatsiyadan o’tkazilishini
tashkillashtiradi va amalga oshiradi;


10
kema haydovchilarini tayyorlaydi;
ta’lim muassasalarida hayot faoliyati xavfsizligi, fuqaro muhofazasi hamda
qutqaruvchilarni maxsus tayyorlash bo’yicha o’quv dasturlarini ko’rib chiqadi va
kelishadi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholini tayyorlash
jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng
foydalanishni ta’minlaydi;
l) yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek,
Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
Vazirlik va FVDT faoliyati yo’nalishlari bo’yicha tegishli mutaxassislarni
vazirlik tasarrufidagi hamda boshqa, shu jumladan, xorijiy ta’lim muassasalarida
tayyorlashni amalga oshiradi;
Vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarining shartnoma asosidagi harbiy
xizmatchilari, xizmatchilari hamda FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik hamda
idoralarning mansabdor shaxslarini va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
malakasini oshirishni ta’minlaydi;
oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalariga keyinchalik FVV tizimida faoliyat
olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashda tashkiliy-uslubiy yordam ko’rsatadi;
Vazirlik shaxsiy tarkibini axloqiy va ma’naviy tarbiyalash bo’yicha g’oyaviy va
tarbiyaviy ishlarni olib boradi;
Vazirlik tarkibiga kiruvchi organlar va tuzilmalar xodimlari, pensionerlar hamda
ular oila a’zolarining huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi;
Vazirlik kasbiy faoliyatiga oid yo’nalishlarda turli tanlovlar va musobaqalarni
tashkil qiladi;
Vazirlik tuzilmalari shaxsiy tarkibini birlamchi kasbiy, ruhiy jismoniy
tayyorlash va malakasini oshirishni hamda yong’in o’chirish amaliy sportini
rivojlantirishni ta’minlaydi;
yong’in-saf tayyorgarligi bo’yicha me’yorlar ishlab chiqadi, shaxsiy tarkibning
jismoniy rivojlanishiga ko’maklashadi;
O’zbekiston yong’in o’chirish amaliy sporti federatsiyasi faoliyatiga
ko’maklashadi;
Vazirlik yong’in-qutqaruv tuzilmalarida bajarilishi shart bo’lgan mehnatni
muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo’yicha choralarni ishlab chiqadi;
m) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilg’or xorij tajribasini o’rganish,
umumlashtirish va targ’ib qilish sohasida:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, fuqaro
muhofazasi, yong’in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, shuningdek, kichik hajmli
kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida o’rnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni
amalga oshiradi, shuningdek, xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha ishtirok etadi;
O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xalqaro insonparvarlik
loyihalari, dasturlari va tadbirlarini tayyorlash hamda o’tkazishda ishtirok etadi;
Vazirlik vakillarini BMT tizimidagi maxsus xalqaro tashkilotlar, va boshqa


11
ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlarning markaziy va hududiy organlariga ular bilan
kelishilgan shartlar asosida o’rnatilgan tartibda ishlash uchun yuboradi;
n) ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob’yektlarda kapital ta’mirlash,
shuningdek, yo’l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida,
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga
qaratilgan qurilish ishlarini, rekonstruksiya, muhandislik-qurilish, o’rmonchilik va
meliorativ tadbirlarni bajarish sohasida:
Vazirlikning kapital qurilish va ta’mirlash ob’yektlari, shuningdek, ishlab
chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, turar joy fondi, yo’l-transport va
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari ob’yektlari bo’yicha buyurtmachi
funksiyasini bajaradi va loyihaviy qarorlarning samaradorligini ta’minlaydi;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan ob’yektlar, turar joylar,
shuningdek,
yo’l-transport
va
muhandislik-kommunikatsiya
infratuzilmalari
ob’yektlarini qurish, kapital ta’mirlash, qayta qurish bo’yicha pudrat ishlarini amalga
oshiradi;
daryolar o’zanlarini tozalash va qirg’oqlarni mustahkamlash ishlarini
tashkillashtiradi va o’tkazadi, shuningdek, ushbu jarayonda o’zanlardan shag’al va
qumlar maqsadli qazib olinishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
qurilish-montaj, pudrat va ta’mirlash ishlarining sifatli bajarilishiga qaratilgan
kompleks tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshiradi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarda o’simlik qoplamalarini tiklash va
mustahkamlashga qaratilgan kompleks tadbirlarni tashkillashtirish va amalga oshirish,
o’stirilgan o’simliklarning parvarishini ta’minlashda ishtirok etadi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarni suv bilan ta’minlash bo’yicha
tadbirlarni o’tkazadi;
cho’l, yarim cho’l, dasht va tog’li hududlarda o’rmonlar tashkil etish hamda
harakatdagi qumlarni mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;
daryo o’zanlarini tozalash ishlarini olib borish davomida tadbirkorlik
sub’yektlari tomonidan shartnoma asosida qazib olingan qum va shag’al hajmining
hisobini yuritadi;
Vazirlik qonunchilikka muvofiq, boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin