O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi nizom 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari



Yüklə 148,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix22.10.2023
ölçüsü148,46 Kb.
#159762
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risidagi

2-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish, yong’in xavfsizligi, seysmik kuzatuvlar, kichik hajmli kemalardan xavfsiz
foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish
sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yong’inlar yuzaga kelishining oldini olish va
profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro
muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan
xavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza
qilish sohasidagi davlat nazoratini, ruxsat berish va boshqa maxsus funksiyalarni
amalga oshirish;
aholi hayotiga, sog’lig’iga yoki mol-mulkiga xavf-xatar tug’ilganda kompleks
yordam ko’rsatish, favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo’lganda
ular to’g’risida aholini o’z vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish;
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini
(keyingi o’rinlarda — FVDT) faoliyatini hamda fuqaro muhofazasi va yong’in
xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlar va yong’inlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xavfini
kompleks monitoring va prognoz qilishni ta’minlash, shuningdek, seysmik kuzatuvlar
olib borish;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf
etish, fuqaro muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat va xo’jalik


3
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish
organlari hamda boshqa tashkilotlarning faoliyatini, ushbu maqsadlar uchun moliyaviy,
oziq-ovqat, tibbiy va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini
shakllantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish va ularning samarali hamkorligini
tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, yong’inlarni o’chirish, insonlar hamda
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini qutqarish tadbirlarini tashkil etish,
vazirlik organlari va tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash;
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish, fuqaro muhofazasi, yong’in xavfsizligini ta’minlash, seysmik kuzatuvlar,
kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv ob’yektlarida fuqarolarning hayoti va
sog’lig’ini muhofaza qilish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot ob’yektlari
faoliyatining barqarorligini oshirish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib
borishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni
tasdiqlash;
aholini, mansabdorlar shaxslarni va FVDT tuzilmalarini favqulodda vaziyatlar
xavfi yuzaga kelganda va sodir bo’lganda harakat qilishga tizimli tayyorlash,
shuningdek, kema haydovchilarini o’qitishni tashkil etish va amalga oshirish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning samarali tizimini yaratish, shuningdek,
Vazirlik xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish
sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilg’or xorij tajribasini
o’rganish, umumlashtirish va targ’ib qilish;
ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatdagi ob’yektlarda, shuningdek, yo’l-
transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarida favqulodda vaziyatlarning
oldini olish, oqibatlarini kamaytirish va bartaraf etishga qaratilgan qurilish ishlarini,
rekonstruksiya, kapital ta’mirlash, muhandislik-qurilish, o’rmonchilik va meliorativ
tadbirlarni bajarish.
13. Vazirlik o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:

Yüklə 148,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin