Dinning ruhiy ildizi individual va ijtimoiy ruhiyatlarga bo‘linadi.
Individual ruhiyatga shaxsiy iztirob, g‘am-tashvish, o‘limdan qo‘rqish,
yolg‘izlik, muhabbat, mehr-shafqat, minnatdorlik
singari ijobiy va salbiy
kechinmalarni misol keltirish mumkin.
Ijtimoiy ruhiyatga guruhlar va jamiyatlarga xos voqeliklar – ijtimoiy
fikr, ommaviy qo‘rqish hissi, taqlid, an’ana va urf-odat kabilarni misol
keltirish mumkin.
Dinning ruhiy ildizlari deganda diniy g‘oyalarni qayta ishlab
chiqarilishi va o‘zlashtirilishiga qulay shart-sharoitlar
yaratadigan
jamiyatlar, guruhlar va individlarning ruhiy holati, jarayonlari va
mexanizmlari tushuniladi.
Ruhiy kechinmalar insonga xos xususiyatdir. Ularsiz inson yashay
olmaydi. Odam o‘zining ijobiy va salbiy his-tuyg‘ularini
boshqarishga
harakat qiladi, lekin ruhiyat turli obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarga
bog‘liqligi, murakkabligi sababli ularni barqarorlashtiradigan kuchga ehtiyoj
sezadi. Din ana shunday kuch vazifasini bajarishi mumkin.
Xulosa sifatida qayd etish lozimki, dinning
vujudga kelishi sabablarini
o‘rganish uning odamlar ongiga ta’siri, jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini
yaxshiroq tushunishga, uning yaratuvchilik jihatlaridan insoniyat manfaatlari
uchun yanada kengroq
foydalanishga imkon beradi, vayronkor kuchlarni
jamiyatdagi barqarorlik, fuqaroviy totuvlik, o‘zaro
yordam va hamjihatlikni
barbod qilishga qaratilgan faoliyatiga samarali kurashadi.
Dostları ilə paylaş: