3-mavzu
MILLIY DINLAR
Mesopotamiya diniy tizimining vujudga
kelishi va rivojlanishi
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat taqsimoti, xususiy
mulkchilik, sinflar va davlatning vujudga kelishi natijasida diniy
komplekslar (ibtidoiy din shakllari) diniy tizimlar (milliy va davlat dinlari)
bilan almashdi. Diniy tizimlarning asosiy xususiyatlari
qudratli xudolarga
sig‘inish va ko‘p xudolikdir. Ilk din shakllariga xos bo‘lgan tabiat
voqeliklari, ya’ni daraxt, tosh, hayvon kabilarni ilohiylashtirish yangi
tarixiy sharoit talablariga mos kelmay qoldi. Tabiat voqeliklarini
ifodalovchi aniq shaklga ega bo‘lmagan g‘ayritabiiy mavjudotlar aniq
qiyofali qudratli xudolar bilan almashtirildi. Qudratli xudolar dastlab
ibtidoiy din turlari ta’sirida
yarim odam, yarim hayvon qiyofasida
tasvirlangan.
Ko‘pxudolilik diniy tizimga xosdir. Uning dastlab ko‘pxudolilik
shaklida paydo bo‘lishi obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar bilan
bog‘liq. Obyektiv shart-sharoitlarga, birinchi navbatda, ishlab chiqarish
munosabatlarining ta’sirini kiritish lozim.
Mehnat taqsimoti jamiyatda
kishilarni kasb sohasi bilan o‘zaro farqlanuvchi guruhlarga ajratdi. Mazkur
guruhlar o‘ziga xos faoliyat turi, mehnat munosabati va madaniyatini
ishlab chiqdilar. Ular o‘z sohasiga homiylik qiluvchi g‘ayritabiiy
kuchlarga, ya’ni xudolarga sig‘inganlar.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi ta’sirida qabilalar ittifoqi
vujudga keldi. Bu ittifoq hukmron qabila atrofida o‘nlab qabilalarning
birlashuvi tarzida amalga oshirildi. Hukmron
qabila atrofga boshqa
qabilalarni birlashtirish bilan birga, o‘z qadriyatlarining ittifoqda ustun
bo‘lishini ta’minlashga harakat qilgan. Shu asnoda, unga homiylik qiluvchi
xudo qabilalar ittifoqining bosh xudosi deb tan olingan. Qabilalar hukmron
qabila xudosining ustunligini tan olishlari bilan birga o‘zlarining
mahalliy
xudolariga sig‘inishni davom ettirganlar. Ayni paytda, boshqa qabilalar va
yurtlarning xudolari ham qabul qilingan. Oqibatda odamlar yuzlab, hatto
minglab xudolarga va g‘ayritabiiy mavjudotlarga sig‘inganlar. Masalan,
Qadimgi Misr fir’avni Ramzes II bilan Xett davlati hukmdori Xettusili III
o‘rtasida tuzilgan tinchlik shartnomasiga
mingta Misr va shuncha Xett
xudosi kafil bo‘lgan.
Ko‘pxudolilik kundalik hayot talabidan kelib chiqqan. Zero, o‘sha
davrda jamiyatdagi nisbiy barqarorlik va farovonlik shu qadar zaif
37
bo‘lganki, inson erishilgan darajani saqlab qolish va yanada rivojlantirish
uchun har qanday tasodiflarni yoki g‘ayritabiiy ta’sirlarni hisobga olishi va
ulardan o‘zini himoya qilishi kerak edi.
Yuqorida qayd etilganidek, qabila xudolari xo‘jalikning alohida
sohalariga ham homiylik qilgan. Qabilada kundalik
hayot tashvishlarini
hal etilishiga bevosita yordam beradigan xudolarning mavqei baland
bo‘lgan. Chunki odamlar xudolarga sig‘inar ekan ulardan o‘z hayotiy
muammolarining hal etilishida yordam berishlarini so‘raganlar.
Dostları ilə paylaş: