balki kishilarning jamoalarga birlashib mehnat qilishlari (ov qilish, oziq-
ovqat topish, mehnat qurollari yasash kabi faoliyatlari) natijasida,
ularning
doimiy ijtimoiy muloqotlari jarayonida shakllanganligidan dalolat beradi.
Ibtidoiy jamiyatda diniy qarashlar qudratli xudolarga sig‘inish
shaklida vujudga kelmagan. Odamlar ruhlarga, tabiat hodisalari (suv, olov,
oy, quyosh singari)ga va mavjudotlar (ot, bug‘u, mushuk kabilar)ga
sig‘inganlar. Shu bois ibtidoiy din shakllari umumiy nom bilan diniy
kompleks (lotincha
complexus
– aloqa, birikma degan ma’nolarni
anglatadi) deb ataladi. Diniy kompleks – predmetlar va mavjudotlarda
g‘ayritabiiy kuchlarining mavjud ekanligiga ishonuvchi kishilarning
qarashlari va maxsus harakatlari tizimi.
Ibtidoiy din shakllari xilma-xil ko‘rinishga ega. Eng qadimgi diniy
e’tiqod turlaridan biri totemizmdir (Shimoliy Amerika hindulari tilida
ototem
– uning urug‘i degan ma’noni anglatadi). Totemizm – odamlar
jamoasi (urug‘, qabila)ning hayvon, o‘simlik yoki predmetlar bilan qon-
qardoshlik aloqasi mavjud ekanligiga ishonishlari.
Totemizmning asosiy
xususiyati shundaki, totem sifatida qabul qilingan hayvon, o‘simlik yoki
predmetlar urug‘ yoki qabilaning ajdodi deb tan olinadi va uni tan olgan
jamoa a’zolari qarindosh hisoblanadilar. Totem hayvon, o‘simlik yoki
boshqa predmetlar juda ko‘p talablarga javob berishi kerak bo‘lgan.
Masalan, totem hayvon birinchi navbatda xo‘jalik uchun zarurligi va
foydaliligiga qarab aniqlangan.
Totemizm odamlarning birlikni anglashlaridan paydo bo‘lgan. Bu
birlikning tashqi belgisi sifatida tabiat voqeliklari qabul qilingan. Chunki
odam ibtidoiy jamiyatning ilk bosqichlarida o‘zini tabiatdan ajratmagan,
undagi mavjudotlar bilan o‘zini qiyoslagan. Shu asosda,
odamlarda
totemistik qon-qardoshlik tuyg‘usi ularning fiziologik qon-
qardoshliklaridan oldin paydo bo‘lgan.
Totemizm quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirgan:
–
odamlar jamoalarining birligini totemi yordamida yanada
mustahkamlagan. Ularni «o‘ziniki» va «begona»larga ajratish orqali
insonlarning o‘zligini tushunishlariga yordam bergan;
– insonni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalagan va u bilan uyg‘un
yashashga o‘rgatgan.
Totemizm milliy-davlat va jahon dinlari ta’limotlarining shakllanishi
va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan va hozir ham uning ayrim ko‘rinishlari
saqlanib qolgan. Totemizmning ta’sirini davlat ramzlarida, harbiy
qisimlarning atamalarida,
harbiy kiyimlarda, ayrim hayvonlarning
go‘shtini iste’mol qilishning taqiqlanishi kabilarda ko‘rish mumkin.
30
Totemizm marosimlari bilan odamlarning mayl va ehtiyojlarini
cheklaydigan qoidalar tizimini ifodalovchi tabu (polineziya etnosi tilidan
so‘zma-so‘z tarjimasi qat’iy taqiqlash degan ma’noni anglatadi)
tushunchasi bevosita aloqador.
Tabu deb muayyan harakatlarni bajarish yoki harakatsizlikka yo‘l
qo‘yishning qat’iyan man etilishiga aytiladi. Uning boshqa cheklash va
taqiqlashlardan asosiy farqi shundaki, joriy qilingan qoidalarning sabablari
ko‘rsatilmaydi va asoslanmaydi.
Tabu inson uchun yashirin xavf-xatarlarning mavjudligini bilish va
ularning oldini olishga intilish sababli vujudga kelgan. Mazkur xavf-
xatarlar odamlar yoki guruhlar
tabu qoidalariga amal qilsalar, o‘zligini
namoyon qilmaydi. Agar qoida buzilsa, nafaqat qoidabuzarlikka yo‘l
qo‘ygan kishi, balki butun jamoa xavf-xatarga duchor bo‘lishi mumkin.
Demak, tabu odamlarga xavf tug‘diruvchi mavjud, lekin ko‘zga ko‘rinmas
xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida joriy qilingan.
Ibtidoiy jamiyatning diniy e’tiqod turlaridan yana biri sehrgarlikdir.
Sehrgarlik deb odam, hayvon, predmet va ruhlarga g‘ayritabiiy ta’sir etish
maqsadida amalga oshiriladigan duolar, harakatlar va marosimlar tizimiga
aytiladi.
U dushmanga ziyon-zahmat yetkazish, harbiy, davolash, mehnat va
sevgi sehrgarliklari kabi turlarga bo‘linadi.
Sehrgarlikning maqsadi
hayotiy muammolarni bevosita hal qilishdan iborat. Bunda sehrgar faqat
o‘z iqtidori va kuchiga tayanadi. Sehrgarlik juda keng qamrovli voqelik va
undan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida foydalanish mumkin.
Sehrgarlik amaliyotida duolar yoxud harakatlarning ta’siri va
samaradorligi turli shart-sharoitlarga, jumladan tashqi ta’sirlarga ham
bog‘liq bo‘ladi. Undagi tashqi ta’sirlarga e’tibor belgilarga ishonishni
vujudga keltirdi. Bunday ishonch dastlab odamlarning muayyan
harakatlariga ta’sir etuvchi shart-sharoitdan keyinchalik ularning taqdirini
belgilaydigan e’tiqodga aylangan.
Sehrgarlikning muhim xususiyatlaridan biri – fan bilan ayrim
jihatlariga ko‘ra yaqinligi. Fan tabiat va jamiyatda yuz berayotgan voqea
va hodisalarning umumiy prinsiplari va qonuniyatlarini
topishga xizmat
qiladi. Unda tasodiflarning oldini olishga harakat qilinadi. Sehrgarlik ham
voqea va hodisalarning makon va zamonda qat’iy belgilangan tartibini
ishlab chiqishga intiladi. Bir xil sabab bir xil oqibatni keltirib chiqaradi.
Sehrgar belgilangan marosim va duolarni aniq bajarsa, belgilangan
maqsadiga erishadi. Tasodif bo‘lishi mumkin emas. Hodisalarning ketma-
ketligini faqat undan kuchliroq sehrgar buzishi mumkin.
31
Fan kabi sehrgarlik ham voqea va hodisalarning umumiy tartibini
axtarib topishga va har qanday tasodiflarning oldini olishga intiladi.
Sehrgarlikning hozirgacha ijtimoiy hayotda saqlanib qolishining muhim
omillaridan biri uning zamonaviy fan yutuqlaridan keng foydalanishi yoki
kishilarda shunday yolg‘on tasavvurlar hosil qilishidir.
Sehrgarlikning ta’siri rivojlangan diniy tizimlarda ham saqlanib qolgan.
Islomda payg‘ambar, eshon va mullalarning g‘ayritabiiy mo‘jizalari
to‘g‘risidagi hikoyalardan keng foydalaniladi. Duolar orqali g‘ayritabiiy
kuchlarga ta’sir etish mumkinligi tan olinadi. Masalan, islomda «kalimai
shahodat»ning odamni turli yovuz kuchlardan himoya qilishi to‘g‘risidagi
aqida mavjud.
Biz kundalik turmushimizda sehrgarlikning oq (davolaydigan)
va qora
(ziyon-zahmat yetkazadigan) sehrgarlik, munajjimlar bashorati, folbinlik
kabi turlaridan foydalanishimiz mumkin.
Ibtidoiy odamlar predmetlarni ham g‘ayritabiiy kuchga ega deb
hisoblaganlar. Ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan bunday e’tiqod turi
Dostları ilə paylaş: