2)
Samveda – asosan Rigveda mavzularini takrorlovchi she’riy
to‘plam;
3) Yadjuraveda – qurbonliklar qilish qoidalaridan iborat;
4) Atxarvaveda – yovuz ruhlarga qarshi qo‘llaniladigan jodu va
afsunlardan tuzilgan.
Miloddan avvalgi II ming yillik oxirlari – I
ming yillikning boshlarida
Qadimgi Hindistonda vujudga kelgan din muqaddas bitik – vedalar
sharafiga shu nom bilan atalgan. Veda dini asrlar davomida takomillashib
borgan. U ko‘pxudolikka asoslangan. Daus osmon xudosi hisoblangan va
yer ilohi Pitxivi borliqni yaratgan, xudolar va odamlarning ajdodi bo‘lgan.
Ulardan Indra (issiqlik, yorug‘lik, yomg‘ir va to‘fon xudosi, olamning
hukmdori), Agni (olov xudosi, oila homiysi, baxt va sog‘lom
farzand ato
etuvchi, xudolar va odamlar o‘rtasidagi vositachi xudo) tug‘ilgan.
Oriylarda keng tarqalgan xudolar qatorida yana Suriya (quyosh xudosi),
Mitra (yorug‘lik xudosi), Varuna (tun xudosi, abadiy tartibni ta’minlovchi,
aybdorlarga jazo, aybiga iqror bo‘lib tavba qilganlarni kechiruvchi xudo)ni
qayd etish mumkin. Ular orasida odamlarning kundalik yumushini hal
qilinishida bevosita ishtirok etuvchilari alohida ulug‘langan.
Hindistonda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, mehnat
taqsimoti, tabaqa (varna)lar va qadimgi davlatlarning vujudga kelishi
sababli diniy e’tiqodda o‘zgarishlar bo‘lgan. Veda dini braxmanizm bilan
almashtirilgan.
Braxmanizm jamiyatning tabaqalarga bo‘linishini, braxmanlarning
imtiyozlari va davlatni muqaddaslashtirgan.
Yangi dinning diqqatga
sazovor jihatlaridan biri shuki, unda diniy aqidalar braxmanlar matnlari
muqaddas bitigida bayon qilingan. Braxman matnlari yaratilganidan keyin
ham vedalar saqlanib qolgan va ular vedalarni sharhlovchi muqaddas bitik
vazifasini bajargan.
Braxman matnlarida braxmanlarning eng yuqori tabaqa ekanligi
bayon qilingan, kasta tuzumi muqaddaslashtirilgan
va ularning alohida
yashash qoidalari belgilangan. Har bir dindor muayyan kasta a’zosi
bo‘lganligi uchun uning qoidalari asosida yashagan.
Braxmanizm ta’limotiga ko‘ra moddiy borliq undan tashqarida
mavjud bo‘lgan yagona boqiy ruhning emanatsiyasi (lotincha
emanatio
–
oqib chiqish, o‘tish degan ma’nolarni anglatadi, iloh ijodiy energiyasining
oqib chiqishi) natijasida vujudga kelgan. Tirik jonzodlardagi ruh uning bir
zarrasidir. Ruh boqiy. Uning qayta tug‘ilishi to‘xtatilmasa, tanadan-tanaga
cheksiz ravishda ko‘chaveradi. Ruhning ko‘chishini sansara (sanskrit tilida
–
shakllanish, ko‘chish, vujudga kelish degan ma’nolarni anglatadi)
52
aqidasi tartibga soladi. Sansara barcha tirik mavjudotlarning o‘tkinchiligi,
o‘zgaruvchanligi, ruhning tanadan-tanaga ko‘chishining yagona zanjiri
to‘g‘risidagi ta’limotdir.
Ruhning ko‘chish tartibi, ya’ni ruhning qaysi mavjudotning tanasiga
ko‘chishi uning hayot yo‘li yoki karmasiga (sanskrit tilida – harakat,
burch, faoliyat degan ma’nolarni anglatadi) bog‘liq. Karma – ilohiy kuch
bo‘lib, odamning sodir etgan xatti-harakati, xulq-atvori, intilishlari va
maqsadlarini umumlashtiradi va ruhning qaysi jonzodga ko‘chishini
belgilaydi. Braxmanizmda karmaning asosini kasta qoidalari tashkil etadi.
Kastada belgilangan qoidalarni buzish og‘ir gunoh
sanaladi va bu ruhning
ko‘chishi masalasini hal etishi mumkin.
Karma aqidalari dxarma (sanskrit tilida – qonun, burch, qoida, fazilat
kabi ma’nolarni anglatadi) ta’limotida bayon qilingan. Dxarma –
fuqaroviy, axloqiy va madaniy qoidalar tizimi bo‘lib, uning xudo
tomonidan yaratilganligi qayd etiladi. Dxarma qoidalari hind xalqi
turmush tarziga aylangan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, braxmanizm hind jamiyatida ijtimoiy
taraqqiyotning mulkiy tengsizlik, xususiy mulk
va davlat vujudga kelishi
bosqichida hukmron tabaqaning manfaatlariga xizmat qiluvchi diniy
ta’limot tarzida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Braxmanizm aqidalari
oldingi tarixiy davrlarda mavjud bo‘lgan diniy qarashlarning mantiqiy
davomi sifatida keyingi bosqichlarda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan.
Dostları ilə paylaş: