O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Dinshunoslik

harus
ichki organlar, lotincha 
specio
– kuzataman degan ma’nolarni 
bildiradi) deb atalgan. Qadimgi davrda Delfa orolidagi Pifiya ibodatxonasi 
bashoratchilari butun Elladada (greklar o‘z yurtini shu nom bilan atagan-
lar) mashhur bo‘lganlar. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, makedoniyalik 
Iskandar ham Eronga yurish qilishidan oldin Delfa oroliga kelib, 
bashoratchilarning fikrini bilgan. 
Qadimgi Gretsiyadagi siyosiy tarqoqlik diniy tizimga ham ta’sir 
qilgan. Bu yerda umumxalq ahamiyatga ega diniy tashkilot bo‘lmagan. 
Shuningdek, grek quldorlik demokratiyasi diniy ta’limotda ham turli 
qarashlarning o‘zaro kurashini keltirib chiqargan. Oqibatda Qadimgi 
Gretsiyada birinchi yashirin diniy jamiyatlar va marosimlar vujudga 
kelgan. Ular orasida Demetra (hosildorlik, dehqonchilik, nikoh va oilaviy 
hayot ma’budasi) va Dionis (uzumchilik va vinochilik ma’budi)ga 
bag‘ishlangan sirli marosimlar eng mashhur bo‘lgan. Demetra sirli 
marosimi (Elevsin marosimlari) yilda bir marta o‘tkazilgan. Marosim 
narigi dunyoning sirlarini bilishga bag‘ishlangan. Unda ishtirok etuvchilar 
shu asosda narigi dunyoga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganligini 
namoyish qilganlar. Marosimda ishtirok etuvchilarga gunohlaridan xalos 
bo‘lish, ruhlarining narigi dunyoda rohat farog‘atda yashashi va’da 
qilingan. 
Dionis sirli marosimlarining ishtirokchilari ramziy ravishda o‘lib-
tirilib, narigi dunyo tilsimotlarini tushunishga intilganlar. Marosim 
davomida qurbonlik qilingan hayvonning xom go‘shti va qoni iste’mol 
qilingan. 
Diniy tizimda yashirin diniy jamiyatlarning vujudga kelishiga 
demokratik siyosiy tuzum va diniy aqidalar talqinidagi tafovutlar bilan 
birga ijtimoiy tabaqalarning turmushidan norozi ekanligi ham ta’sir etgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Gretsiya diniy tizimi 
ta’limotida ayrim insonlar xudo darajasiga ko‘tarilgan. Diniy qarashlarda 
50


ibtidoiy din shakllarining ta’siri kuchli bo‘lsa-da, xudolar odam qiyofasida 
tasvirlangan, insonlardek yashagan va o‘zaro muloqotda bo‘lgan. Odamlar 
g‘ayritabiiy mavjudotlar va hatto xudolar bilan raqobat qilganlar. 
Diniy tizim ijtimoiy hayotni to‘liq nazorat qilishni da’vo qilmagan. 
Diniy tartiblar ko‘proq tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan. Har bir kishining 
ularga amal qilishi yoki o‘z xohishiga ko‘ra yashashi mumkin bo‘lgan. 
Lekin insonlar xulq-atvorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javobgar 
bo‘lganlar. 
Qadimgi Gretsiya diniy tizimi ta’limoti va marosimlari keyinchalik 
xristianlik ta’limoti va marosimlarining shakllanishida muhim manba 
vazifasini bajargan. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin