O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a a. V. Narbekov dinshunoslik asoslari toshkent



Yüklə 489,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/69
tarix24.10.2023
ölçüsü489,79 Kb.
#160199
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Dinshunoslik

pantheioh
barcha 
xudolar degan ma’noni anglatadi) vujudga kelgan. Qadimgi Shumer 
xudolari odamlardek hayot kechirgan va ko‘paygan. Masalan, osmon 
xudosi – An va yer ma’budi – Kidan havo xudosi – Enlil va suv xudosi – 
Ea tug‘ilgan. Xudolar o‘zaro murakkab munosabatlarga kirishgan. Bu 
munosabatlarga tarixiy davrlar, siyosiy vaziyat va sulolalarning o‘zgarishi 
ta’sir etgan. 
Shumer xudolariga havo xudosi – Enlil boshchilik qilgan. Uning 
hokimiyati rasmiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Enlil tenglar orasida birinchi 
40


bo‘lgan. Hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun uning qarindoshlari bo‘lmish 
yetti juft buyuk xudolar o‘zaro kurashganlar. O‘zaro kurashda mag‘lub 
bo‘lgan xudo hokimiyatdan chetlatilib, yer ostidagi o‘liklar podsholigiga 
badarg‘a qilingan. Xudolar boqiy bo‘lganligi bois yer ostidagi o‘liklar 
podsholigiga tushib qolgan xudo uzoq qiyinchiliklar va sinovlardan 
o‘tganidan keyin jahannamdan qaytib chiqib, xudolar panteonidagi avvalgi 
mavqeini qayta tiklagan yoki vazifasining o‘zgarishi sababli xalq 
xotirasidan asta-sekin unutilib ketgan. 
Xudolar darajasidagi hokimiyat uchun kurashning natijalari ko‘proq 
yerdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, sulolalarning almashishi yoki shahar-
davlatlar o‘rtasidagi kuchlar nisbatining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lgan. 
Mintaqada siyosiy hukmronlikni qo‘lga kiritgan shahar-davlat o‘zining 
xudosini bosh xudo deb e’lon qilgan. 
Xudolarning ko‘pchiligi antropomorf (grekcha 
anthropos
– odam, 
morphe
– shakl degan ma’nolarni anglatadi) qiyofada tasvirlangan. Lekin 
ularning ayrimlari (suv xudosi – Ea yoki urush xudosi – Nergal) yarim 
odam, yarim hayvon (zoomorf) qiyofasida tasvirlangan. Bu ibtidoiy din 
shakllari, xususan totemizmning kuchli ta’siridan dalolat beradi. Xudolarni 
tasvirlashda hayvonlar qiyofasining saqlanib qolishi bilan birga aholi 
hayvonlarga sig‘inishni ham davom ettirgan. Muqaddas hayvonlar orasida 
buqa va ilon alohida ulug‘langan. Mesopotamiyaliklar xudolarni «qudratli 
buqalar» deb ataganlar. Shuningdek, buqa hosildorlik timsoli va erkaklik 
ibtidosi bo‘lgan. Ilon (donishmandlik, uddaburonlik, epchillik timsoli) 
ayollik ibtidosi ramzi bo‘lgan. 
Ikki daryo oralig‘i xalqlarining diniy ta’limotini aks ettiruvchi 
muqaddas bitiklar yaratilmagan, ammo uning asoslari xalq og‘zaki ijodi 
namunalari (afsona, doston, rivoyat, matal, ertak kabilar)da bayon qilinadi. 
Bizgacha «Dunyoning yaratilishi haqidagi doston», «Aguayoya haqidagi 
doston», «Adapa haqidagi doston», «Gilgamesh haqidagi doston» va 
boshqalar yetib kelgan. Bu manbalardan Ikki daryo oralig‘ining diniy 
tizimi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni olish mumkin. 
Ikki daryo oralig‘ining diniy tizimi asrlar davomida rivojlanib, 
takomillashib borgan. Bu jarayonda turli qadimgi xalqlarning ishtirok 
etishi ham yangi qirralarning ochilishiga xizmat qilgan. Miloddan avvalgi 
II ming yillikning boshlarida mintaqada rivojlangan diniy tizim uzil-kesil 
shakllangan. Shu davrda Bobil shahar-davlati kuchaygan va uning 
hokimiyati Ikki daryo oralig‘iga o‘rnatilgan. Bobil shahrining homiysi 
Marduk (olamdagi tartibni ta’minlovchi xudo) bosh xudo sifatida tan 
olingan. Afsonalarda qayd etilishicha, Marduk xudolarga qarshi chiqqan 
41


maxluq Tiamat (ibtidoiy tartibsizlik timsoli)ni yenggan. Bosh xudoning 
o‘zgarishi sababli, xudolar va boshqa g‘ayritabiiy mavjudotlarning 
vazifalari qayta ko‘rib chiqilgan. Bobil shahri inqirozga uchraganidan 
keyin Marduk ham boshqa qudratli davlatning homiy xudosiga o‘rnini 
bo‘shatib bergan. Shu tariqa diniy tizimda o‘zgarishlar davom etgan. 
Mesopotamiyada xudolar odamlardek yashaydi deb hisoblangan. 
Odamlar hayotidagi o‘zgarishlar xudolar turmushida ham shunga o‘xshash 
jarayonlarni vujudga keltirgan. Jamiyatda sinflar va davlatning vujudga 
kelishi bilan g‘ayritabiiy kuchga ega mavjudotlar orasida ham tabaqalarga 
bo‘linish boshlangan. Diniy tizimda bosh xudo va unga xizmat qiluvchilar 
guruhi paydo bo‘lgan. G‘ayritabiiy mavjudotlar ham quyidan yuqoriga 
bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi asosida boshqarilgan. Hanuzgacha 
sehrgarlik va folbinlik kabi ibtidoiy din turlari xudolarga xizmat qiluvchi 
vositalar sifatida saqlanib qolgan.
Odatda, xudolar sharafiga bag‘ishlangan diniy marosimlarga kohinlar 
rahbarlik qilgan. Davlat boshlig‘i ayni paytda bosh kohin vazifasini bajarar 
edi. Hukmdorning bosh kohinlik maqomi kohinlarning jamiyatdagi 
mavqeini mustahkamladi. Kohinlar ibodatxonalarda yashaganlar, 
ibodatxona mulklariga egalik qilganlar va boshqarganlar. Din peshvosi, 
ilm sohibi, murabbiy va mulkdor sifatida kohinlarning jamiyatdagi nufuzi 
juda baland bo‘lgan. 
Ibodatxona diniy vazifalar bilan birga dunyoviy vazifalarni ham 
bajargan: katta ekin maydonlari, chorva mollari va yaylovlarga egalik 
qilgan; ichki va tashqi savdo ishlarida ishtirok etgan. Uning qoshida 
hunarmandchilik ustaxonalari qurilgan. Ibodatxona madaniyat va ma’rifat 
markazi vazifasini bajargan. Ularda davlat arxivi, kutubxona va maktab 
joylashgan. Maktablarda esa kohinlar muallimlik qilganlar. 
Diniy e’tiqodda axloqiy qadriyatlar alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. 
Kohinlar diniy marosimlarda kishilarni xudolarga shak keltirmaslik, ularni 
hurmat qilish, yolg‘on guvohlik bermaslik va yolg‘on gapirmaslik, 
o‘g‘rilik qilmaslik, odam o‘ldirmaslik, zino qilmaslik, ota-ona va kattalarni 
hurmat qilish, zaif va kambag‘al odamlarga zulm qilmaslik, qarindosh-
urug‘lar orasiga raxna solmaslik, qabiladoshlarga yordam berish, qabila 
ishlariga e’tiborsizlik qilmaslik kabi fazilatlarga da’vat etganlar. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, Ikki daryo oralig‘i (Mesopotamiya) 
diniy tizimi mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy sharoit ta’sirida jamiyat 
hayotining barcha jabhalarini qamrab olishga da’vogarlik qilmagan; 
jamiyatda din bilan bog‘liq bo‘lmagan munosabatlar, qarashlar va 
tartiblarning amal qilishiga to‘sqinlik qilmagan. Diniy tizimning ushbu 
42


xususiyati keyinchalik O‘rta dengiz havzasida uning ta’sirida paydo 
bo‘lgan madaniyatlarda hurfikrlikning rivojlanishiga qulay shart-sharoit 
yaratgan. 

Yüklə 489,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin