Diniy tashkilot
diniy qarashlarga ega maslakdoshlarning muayyan
birligi bo‘lib, umumiy e’tiqod va sig‘inishlar zaminida yuzaga keladi. U
insoniyat tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlarida xilma-xil aks etadi.
Diniy tashkilotlar kishilik jamiyatida keskin sinfiy tabaqalanish yuzaga
kelishi, aqliy mehnatning nisbiy mustaqilligi mustahkamlanishi bilan
alohida ijtimoiy mavqega ega bo‘lib boradi.
Diniy tashkilotlar masjid (cherkov), sekta (mazhab), xarizmatik
marosim va denominatsiya kabilarga bo‘linadi.
Cherkov
– diniy qarashlar va g‘oyalarni ishlab chiqadigan, saqlaydigan
hamda almashadigan, diniy faoliyatni tashkil etadigan, dindorlarni nazorat
qiladigan, iyerarxiya tizimi asosida boshqariladigan dindorlar tashkiloti.
Cherkovga taalluqlilik mustaqil tanlov asosida emas, balki an’ana bilan
belgilanadi. Unga qabul qilinish uchun dindor maxsus marosimdan o‘tishi
kerak. Cherkov, odatda, dindorlarning marosimlarni bajarishlari yoki xulq-
atvorlarini qat’iy nazorat qilmaydi. Cherkovga a’zolik an’anaga ko‘ra
belgilansa, sekta a’zolari e’tiqodiga ko‘ra birlashadilar.
Dostları ilə paylaş: