Cho‘kishda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Suv toshqinlari,
sel olib ketishi hollari ham favqulodda holatlar qatoriga kiradi. Bunda
cho‘kish hollari ko‘p uchraydi. Shuning uchun cho‘kayotganlarni
qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish katta ahamiyat kasb
etadi.
Inson suv ostiga tushib qolganda kuchli harakatlanish holatiga keladi.
U suv yuzasiga chiqishga va turishga intiladi, tez-tez moslashmagan
harakatlar qiladi. Cho‘kish vaqtida cho‘kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga
chiqadi va havo olib, yana suvga botadi.
Maromsiz nafas olish va nafasni tutib turish qonda karbonat
angidridining to‘planib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu,
o‘z navbatida,
beixtiyor nafas olishga olib keladi. Bu vaqtda suv ko‘p miqdorda traxeya,
bronx va alveolalarga tushadi. Suv ostida muntazam nafas olish bir necha
sekundgacha davom etadi. So‘ngra bir minutgacha ikkilamchi nafas
to‘xtashi, keyin esa agonal nafas bo‘ladi.
Yurak faoliyatining to‘xtashi cho‘kishda qorinchalar fibrilyatsiyasi
natijasida kelib chiqadi. Chuchuk suvga cho‘kish vaqtida o‘pka orqali
qonga ko‘p miqdorda suyuqlik tushib, qonning suyuqlashshiga,
eritrotsitlar gemoliziga va ionlar tengligi buzilishiga olib keladi. Bu
omillar gipoksiya sharoitida qorinchalar fibrilyatsiyasini keltirib chiqaradi.
Yurak faoliyati nafas olishdan avvalroq to‘xtab qoladi.
Dengiz suvida cho‘kish vaqtida suv o‘zining gipertonikligi natijasida
o‘pkadan qonga o‘tmaydi, lekin tarkibidagi tuz moddalari qonga o‘tadi,
qondan o‘pkaga esa plazma oqsillari o‘tishi kuzatiladi. Yurak faoliyati
nafas olishdan ancha keyin to‘xtaydi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga
qadar bo‘lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu vaqt o‘limning
229
turiga, suv haroratiga, cho‘kish vaqtidagi markaziy nerv tizimining
holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Cho‘kkanlarga birinchi tibbiy yordam berishga kirisha turib,
cho‘kuvchining hushidan ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas
olishini aniqlash kerak. Yordam ko‘rsatish hodisa yuz bergan joydan
boshlanib, yo‘lda davom ettiriladi. Kasalni faqat terminal holatdan
chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin.
Agar cho‘kuvchi hushidan ketmagan bo‘lsa, tinchlantirib, ho‘l ki-
yimlar yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana tindirmasi
beriladi. Bunday shaxsni kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiqdir.
Cho‘kuvchi suvdan hushsiz, lekin yurak faoliyati va nafasi saqlangan
holda olib chiqilsa, unga navshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi. Agar
zarurat bo‘lsa, yurak va nafas faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar
qilinadi va eng yaqin davolash muassasasiga jo‘natiladi.
O‘lim holatidagi cho‘kkanlarning, avvalo, nafas yo‘llari yot jismlar,
suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun’iy nafas oldiriladi va yurak
massaji o‘tkaziladi. Agar yot jismlar cho‘kuvchining og‘iz bo‘shlig‘ida
bo‘lsa, ular qo‘l bilan olib tashlanadi. Ko‘rsatkich barmoq tomoqqa
kiritilib, nafas yo‘lining ochiq yoki yopiqligi tekshirib ko‘riladi. Jag‘lar
bir-biriga qattiq qisilib qolgan bo‘lsa, nafas oldirish og‘izdan-burunga
qilinadi. Havo burun orqali o‘tmasa, og‘iz tezda ochilishi kerak. Og‘iz
ochuvchi asbob bo‘lmasa, og‘izni har qanday yupqa metallda ochish va
uni ochiq holda biron-bir buyum bilan ushlab turish mumkin. Nafas
yo‘llari, oshqozondan suyuqlik va ko‘piklarni chiqarib yuborish uchun
cho‘kuvchi qorniga yotqizilib, sonidan ko‘tariladi va qorni bilan
qutqaruvchining tizzasiga yotqiziladi. Chap qo‘l bilan cho‘kuvchining
orqasiga bosiladi. Nafas yo‘llari va oshqozonning bu yo‘l bilan butunlay
tozalanishi qiyindir. Laringoskop yordamida traxeyani intubatsiya qilish
nafas yo‘lini tozalashning ishonchli usullaridan biridir.
Traxeyaga kirgizilgan intubatsion naycha orqali yuqori nafas
yo‘llaridan suv va ko‘piklarni tortib olish mumkin.
Qon aylanishini tiklash yurakni yopiq massaj qilish bilan boshlanadi.
Bu muolaja cho‘kuvchi suvdan chiqarib olinishi va sun’iy nafas oldirish
bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Shunday qilib, cho‘kish vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
samaradorligi o‘z vaqtida tez va to‘g‘ri o‘tkazilgan, shuningdek markaziy
nerv tizimi funksiyasi, nafas hamda yurak faoliyatini tiklashga qaratilgan
muolajalar majmuasiga bog‘liqdir.
Ko‘p favqulodda holatlar vaqtida (zilzila, suv bosishi)
shikastlanganlarda tipik, o‘ziga xos shikastlanishlarning birga kelishi, bir
qancha sindromlarning rivojlanishiga olib keladi va insonlarning ko‘p
o‘limiga sabab bo‘ladi. Jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan
yuzlab zilzilalarning tibbiy oqibatlari tahlili o‘lganlarning og‘ir jarohat
230
olganlarga nisbati 1:3 ekanligini ko‘rsatadi. Agar o‘z vaqtida birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, bu nisbat o‘lganlar hisobiga yana ham
oshishi mumkin.
Favqulodda holatlarda tibbiy yordam ko‘rsatish yakka
shikastlanganlarga yordam ko‘rsatishdan ancha farq qiladi. Ularning
pirovard maqsadi umumiy bo‘lgani bilan, tibbiy yordam ko‘rsatish
xususiyati turlichadir. Bunda tibbiy yordam, birinchi navbatda, tirik qolish
ehtimolligi yuqori bo‘lgan shikastlangan shaxslarga ko‘rsatilishi hamda
iloji boricha shikastlanganlarning ko‘p miqdorini qamrab olishi kerak.
Shifoxonagacha bo‘lgan (tabiiy ofat joyida va transportirovka vaqtida)
va shifoxona (shikastlanganlar olib borilgan shifo maskani) bosqichlarida
nafaqat jarohatni davolash, balki organizm asosiy faoliyatini omillab
beruvchi organlar funksiyasini tiklab, jabrlanganlarning hayotdan ko‘z
yummasligini ta’minlash katta ahamiyatga egadir.
Shikastlanganlarni bosib qolgan joylardan yoki yong‘in o‘chog‘idan
olib chiqish yordam ko‘rsatishning birinchi vositasi hisoblanadi. Bunday
yordam ko‘rsatishda shoshilish kerak emas, chunki shikastlanganga
qo‘shimcha jarohat yetkazilishi mumkin. Odamlarni bosib qolgan
binolardan chiqarib olishda, bu harakatlar bino bo‘laklari ostida qolgan
shaxslarda ezilishning kuchayishiga yoki o‘tish yo‘llarini to‘sib
qo‘ymasligiga ishonch hosil qilish kerak.
Bosib qolish holatlarida ko‘pincha tana sohalarining turli jismlar (sim,
truba, armatura va boshqa jismlar) bilan jarohatlanishi kuzatiladi. Bunday
holatlarda yot jismlarni tanadan chiqarib olish kerak emas, chunki kuchli
qon ketishi mumkin. Shuning uchun shikastlanganlarni yot jismlar bilan
transportirovka qilish yoki bu jismlarni arralab yoki avtogen bilan kesib
tashlash kerak.
Bosib qolgan joylardan chiqarib olishdan oldin narkotik darmonlardan
foydalanib og‘riq qoldirish, shikastlangan oyoq-qo‘llarni immobilizatsiya
qilish kerak bo‘ladi. Xuddi shunday yordam kuyish holatlarida ham
qo‘llaniladi. Ayrim hollarda bosib qolgan joylardan oyoq-qo‘llarni ajratib
olish imkoniyati bo‘lmasa, kesish (amputatsiya) masalalarini hal qilishga
to‘g‘ri keladi. Yuk ostida qolgan oyoq-qo‘llarni chiqarib olishdan avval
ezilgan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yish kerak. Ko‘pgina shi-
kastlanganlarga, ya’ni bosqin ostida oyoq-qo‘llari bosilib turgan, ammo
qorin bo‘shlig‘i shikastlanish belgilari sezilmagan shaxslarga og‘iz orqali
suyuqlik yoki glukoza, limon kislotasining kaliyli eritmalarini yuborish
mumkin.
Ko‘p hollarda birinchi tibbiy yordam favqulodda holatlarda qutulib
qolganlar tomonidan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rinishida amalga
oshiriladi, chunki har doim ham tibbiyot xodimlari yetarli bo‘lmaydi.
Bunga esa faqat aholi va yangidan tashkil qilinayotgan qutqaruv
guruhlarini joylarda, avvaldan inson hayotini saqlab qolish bo‘yicha
231
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlariga doimiy o‘qitish
bilangina erishish mumkin. Bu dastur 6 ta asosiy elementdan iborat:
1) yuqori nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash, jaro-
hatlanganning boshini orqa tomonga maksimal egish, pastki jag‘ni oldinga
tortib barmoq bilan og‘iz bo‘shlig‘i va tomog‘ini yot jismlardan tozalash;
2) ekspirator sun’iy (og‘izdan-og‘izga yoki og‘izdan-burunga) nafas
berishni amalga oshirish;
3) tashqi qon ketishini bosuvchi bog‘lam yoki jgut yordamida to‘x-
tatish;
4) koma holatiga tushgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
5) shok holati kuzatilgan bemorlarga zarur bo‘lgan holatni berish;
6) bosib qolgan joylardan bemorlarni qo‘shimcha shikast
yetkazmasdan chiqarib olish.
Keyingi bosqich shikastlanganni xavfsiz joyga olib chiqish, saralashni
o‘tkazish, evakuatsiyaga tayyorlash va davolash maskaniga
transportirovka qilishdan iborat. Armanistonda bo‘lib o‘tgan yer qimirlashi
oqibatlari bo‘yicha xalqaro tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar
og‘ir jarohatlanganlarning transportirovkasi tayyorgarliksiz, ya’ni
immobilizatsiyasiz va og‘riqsizlantirmasdan amalga oshirilsa hamda
transportirovka uchun moslanmagan (shaxsiy avtomobillarda) vositalarda
olib borilsa, shikastlanganlarning aksariyati yo‘lning o‘zida juda og‘ir va
terminal holatga tushadilar yoki dunyodan ko‘z yumadilar.
Shuning uchun ham shikastlanganlarning vaqtincha to‘planish joyida
jarohat og‘irlik darajasini asbob-anjom tashxisi talab qilmaydigan
elementar belgilar (bemor hushidami yoki yo‘qmi, nafas olish xususiyati,
asosiy va periferik tomirlardagi puls) orqali baholash, jarohatning tanada
joylashuvi hamda xususiyatini aniqlash va eng yaqin shifo maskaniga
evakuatsiya qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish katta ahamiyatga ega.
Shikastlanganlar holati va jarohatning og‘irlik darajasiga qarab to‘rt
guruhga ajratiladi.
Birinchi guruhga kechiktirib bo‘lmaydigan jarrohlik muolajasiga
muhtoj bo‘lgan, og‘ir holatdagi bemorlar kiradi. Bu guruh umumiy
shikastlanganlarning 20 % ni tashkil qiladi.
Ikkinchi guruhga holati o‘rtacha og‘irlikdagi bemorlar kirib, yordamni
6–8 soatga kechiktirish mumkin. Bu guruh umumiy shikastlanganlarning
20 % ni tashkil qiladi.
Uchinchi guruhdagilar holati yengil bemorlar bo‘lib, ambulatoriya
yordami bilan chegaralanish mumkin. Ular umumiy shikastlanganlarning
40 % ni tashkil qiladi.
To‘rtinchi guruh – holati juda og‘ir, aziyat chekishini
yengillashtirishga muhtoj bemorlar. Ular umumiy shikastlanganlarning
20 % ni tashkil qiladi.
232
Shikastlanganlar ko‘p miqdorda to‘plangan joylardan birinchi
navbatda hayoti xavf ostida qolgan (masalan, davomli ichki qon ketishi),
lekin tirik qolish imkoniyati bor bo‘lganlarni transportirovka qilish talab
qilinadi. Terminal holatdagi bemorlarni shu joyda simptomatik yo‘l bilan
davolab, transportirovka qilinmaydi.
Shikastlanganlarni transportirovka qilish faqat sanitar transportida
amalga oshirilishi kerak. Yordamchi transport vositasi sifatida yuk
avtomobillaridan, avtobuslardan foydalanish mumkin, bunda bemorlarni
matrasli shitlarga yotqizib olib borish maqsadga muvofiqdir. Olib
boriladigan shifoxona 20 km va undan uzoq bo‘lsa, vertolyotdan
foydalanish ma’quldir.
Tabiiy ofatlar sonini kamaytirishda binolarning chidamli qurilishi,
to‘siqlar o‘rnatilishi va boshqa maxsus himoya choralari bo‘lishi katta
ahamiyatga ega. Xona ichida zilziladan ko‘riladigan talafotlarga qarshi
himoya choralari sifatida quyidagilar bajarilishi lozim: isitish va boshqa
moslamalarning bino devoriga qattiq mahkamlanishi, tom va tom
yopg‘ichlarining yengil, qattiq jihozlarning pol va devorlarga mahkam-
lanishi, shkaf va muzlatgichlarning zarbalardan himoyalangan bo‘lishi,
televizorlar yong‘in va portlash xavfi bo‘lganligi uchun devorga
mahkamlangan bo‘lishi kerak. Aholini zilzila xavfidan va undan
ko‘riladigan talafotni kamaytirish maqsadida muntazam o‘qitib borish
kerak.
233
|