jonlantirishda, birinchi navbatda nafas yo‘llarini shilimshiqlardan tozalash
kerak. Kindik tizimchasi orqali kaliy xloridning 10 % eritmasini 3 ml
miqdorda yuborish kerak. Samara kutilganidek bo‘lmasa, u holda sun’iy
nafas apparatiga o‘tkazish kerak va yurakni bilvosita yo‘l
bilan asta-sekin
uqalash kerak.
Chaqaloq va uning onasini transportiravka qilish
Tug‘ish jarayonining barcha asoratli kechish hollarida homilador ayol
tug‘uruqxonaga yotqizilishi shart. Qolgan hollarda shifoxonadan
tashqarida yordam ko‘rsatib, parvarish qilish mumkin.
Homilani tos tomoni bilan kelishi va qo‘l
bilan yordam ko‘rsatish usuli
Tos tomoni bilan kelishida homila tos tomoni bilan tug‘ish kanaliga
yo‘nalishi tushuniladi. U ikki xil bo‘ladi:
dumba va oyoq tomoni bilan
kelishga bo‘linadi. Bunday holatlarda tug‘ish 4 bosqichda boradi:
1) homilaning kindikkacha tug‘ilishi;
2) kindikdan kuraklarning pastki burchagigacha tug‘ilishi;
3) qo‘llarning tug‘ilishi;
4) boshning tug‘ilishi.
Tos tomoni bilan kelishida Sovyanovning qo‘l bilan yordam berish
usuli qo‘llaniladi. Bu usul qo‘l va oyoqlarning to‘g‘ri joylashishiga
asoslangan.
Homilaning noto‘g‘ri holati va joylashishi
Bunga homilani ko‘ndalang va qiyshiq joylashishi kiradi. Homila
bachadonning o‘rta o‘qiga nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lsa
ko‘ndalang, agar homila bu o‘q bilan o‘tkir
burchak hosil qilsa, u holda
qiyshiq joylashgan deyiladi. Bu holatlarda ona va bola hayotiga xavf
soluvchi asoratlar kelib chiqishi mumkin: suvning oqib ketishi, homila
mayda
qismlarining ajralib chiqishi, bachadon yorilishi va o‘limga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun bu kabi asoratlar yuz bermasligi
maqsadida jarrohlik usuli (Kesar kesish)dan foydalaniladi.
Tor tos haqida tushuncha, tug‘ish va uni olib
borish xususiyatlari
Tor tos deganda sog‘lom homila boshining tug‘ish
jarayonida tos
suyagi orqali o‘tishida tos suyak skletining torayishi tufayli mexanik
qarshilikka duch kelishi tushuniladi. Bu kabi qarshiliklar turlicha
rivojlangan bo‘ladi. Tos unchalik toraymagan hollarda tug‘ish jarayoni
asoratsiz tugashi mumkin. Keskin toraygan tos tug‘ish jarayonining
amalga oshishiga butunlay to‘sqinlik qiladi.
O‘lchami bo‘yicha tos torayishining 4 ta darajasi: I, II, III, IV
farqlanadi.
Shakli bo‘yicha:
1)
umumiy bir tekis toraygan;
2) oddiy yassi toraygan;
221
3) yassi raxitik toraygan;
4) umumiy toraygan.
III va IV darajali torayishda sog‘lom tirik homilani tug‘ish imkoni
umuman yo‘q. Suvning oqib ketishi, homila
mayda qismlarining tushib
qolishi va tug‘ish kuchining anomaliyasi kabi asoratlar kuzatiladi.
Ko‘pincha homila hayotiga asfiksiya, bachadon-yo‘ldosh sistemasida qon
aylanishining buzilishi kabi asoratlar bilan xavf soladi. Hozirgi vaqtda
jarrohlik usullari qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: