O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə124/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Tug‘ishning biomexanizmi 
Tug‘ish jarayonining ikkinchi bosqichida homila bachadon ichidan
tug‘ish yo‘llari orqali tashqariga itarib chiqariladi. Kichik tos shakli turli
xil tekisliklarda bir xil emas: tosga kirishda u ko‘ndalang cho‘ziq shaklga,
undan keyin suyak kanali aylanma tekisligi keladi, chiqish joyida esa oval
shaklga ega. Tug‘ish kanalining yumshoq to‘qimalariga: bachadonning
pastki qismi, qin, tos va uning tubidagi muskullar kiradi. Tos tubining
muskullari oxirgi bosqichga qadar tug‘ish jarayonida homila boshining
harakatiga to‘sqinlik qiladi, shu tufayli homilaning gorizontal o‘qi atrofida
aylanishini ta’minlaydi.
Tos tubining muskullari uzun chiqish nayini hosil qiladi. U suyak
kanalining davomi hisoblanib, orqa tomonga bir oz yoysimon egilgan
bo‘ladi, shuning uchun gorizontal o‘q parabola ko‘rinishiga ega. U suyak
kanalida to‘g‘ri pastga yo‘nalgan bo‘lib, tos tubiga yetgandan so‘ng
oldingi tomonga yo‘naladi. Homilaning boshi ham turli o‘lchamlarga ega:
uzunasiga, egri, ko‘ndalang va vertikal. Homila boshining ilgarilanma
216


harakati gorizontal o‘qi atrofida aylanishi hisobiga kichik tos va tug‘ilish


yo‘lining yumshoq to‘qimalari orqali tug‘ilishi tug‘ishning biomexanizmi
deyiladi.
Ochilish, tashqariga itarib chiqarish va yo‘ldosh tug‘ilish 
bosqichlarida tug‘ishning borishi
Birinchi bosqichda homila boshi ilgarilanma harakat qiladi. Bu
bosqich ancha vaqtga cho‘ziladi, boshlanishida dard tutishi kamroq, 15–20
minutda kuchsiz va qisqa davom etadi. Sekin-asta tezlashadi, kuchayadi
va davomiyligi uzayadi. Bosqich oxiriga kelib dard tutishi har 2–3 minut
ichida kuzatilib, davomiyligi 60–80 ga yetadi. Dard turli darajada og‘riq
bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bachadon bo‘g‘zining tekislanib, ochilishi qin
tekshirish usullari bilan aniqlanadi.
Bachadon bo‘g‘zi to‘liq ochilgandan so‘ng, homilaning bachadon
ichidan tashqariga itarib chiqarilishi boshlanadi. Itarib chiqaruvchi dard
tutishiga tezda kuchanish – qorin devori muskullarining taranglashishi
qo‘shiladi. Homilador ayol nafasini ushlab, qo‘l va oyoqlari bilan mahkam
tiralib, qorin devori muskullari taranglanib kuchanadi. Bu bosqichda
homilador ayol bor kuchini ishga soladi. Bunda yuzlari qizaradi, lablari
ko‘karadi, terisi ter bilan qoplanib, bo‘yin venalari bo‘rtadi.
Dard va kuchanish hisobiga homilaning boshi kichik tos tubiga
tushadi. Homila boshi oraliq sohaga yetganda u bo‘rtadi, ilgarilanma
harakat natijasida homila boshi jinsiy yoriq orqali chiqa boshlaydi, bu
holat homila boshining yorib chiqishi deyiladi. Homila boshining
dastlabki harakati tufayli kuchanish jarayoni to‘xtagan bo‘lishiga qaramay,
homila boshi jinsiy yoriqdan ko‘rinib turishiga homila boshi yorib chiqdi,
deyiladi.
Birinchi navbatda ensa qismi, keyin esa boshning tepa qismi, so‘ngra
peshona va yuz qismlari yorib chiqadi. Bosh qismi tug‘ilgandan so‘ng, yuz
qismi bilan bosh va tana onaning son tomoniga buraladi. Yelkalar, tana va
oyoqlar tug‘iladi.
Uchinchi bosqich juda qisqa davom etadi. Bachadon tubi kindik
sohasida bo‘ladi. Dard tutgan vaqtda bachadon zichlashadi, tor va ensiz
bo‘lib qoladi, tubi esa pastga tushib o‘rta o‘q chizig‘idan chetlashadi.
Yuqoridagi jarayonlar yo‘ldoshning bachadon devoridan ajralganligi
haqida dalolat beradi. Yo‘ldosh qin sohasiga yaqinlashganda kuchanishga
xohish tug‘iladi, dard tutishi hisobiga yo‘ldosh tug‘iladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin