1) tug‘ishga 2–3 hafta qolganda bachadon tubi pastga tushadi, odatda,
homilador ayol nafas olishning yengillashganini sezadi;
2) homilaning quyi tomoni pastga tushadi;
3) tug‘ishdan oldin ko‘pincha tashqi jinsiy a’zo orqali quyuq
shilimshiqsimon ajralmalar chiqadi;
4) homiladorlikning oxiriga kelib bachadon qisqarishini sezish
boshlanadi, bunda dumg‘aza va qorinning pastki qismida og‘riq
boshlanadi;
5) homiladorning vazni tortib ko‘rilganda u ozroq kamaygan bo‘ladi.
Tug‘ish boshlanganligi to‘g‘risida quyidagi belgilar darak beradi:
a) dard tutishi – bachadon muskullarining muntazam qisqarishi. Bu
jarayon boshida 10–15
s da yuz bersa, keyinchalik tez va kuchliroq
bo‘lishi bilan tavsiflanadi;
b) bachadon bo‘g‘zining silliqlanishi va ochilishi kuzatiladi;
v) qon bilan aralashgan shilimshiq ajraladi;
g) homila pufagi hosil bo‘ladi.
Tug‘ishda itaruvchi kuchlarga:
1) dard tutishi (to‘lg‘oq) – bachadon muskullarining muntazam davriy
qisqarishi.
2) kuchanish – dard tutishi bilan bog‘liq holda qorin devori
muskullarining qisqarishi kiradi.
Dard tutishini homilador ayol boshqara olmaydi, u avtomatik ravishda
yuz berib, bachadon bo‘g‘zining ochilishiga, homila va yo‘ldoshning
tug‘ilishiga olib keladi. Kuchanish jarayonini homilador ayol boshqara
oladi, shuning uchun undan dard tutishini kuchaytirish va tezroq
boshlanishini ta’minlashda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: