O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə130/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Miyaning chayqalishi. Miyaning chayqalishi mexanik kuchning tez va
kuchli ta’siridan kelib chiqadi. Klinik kechuviga qarab miya
chayqalishining yengil, o‘rtacha va og‘ir darajalari tafovut qilinadi.
Yengil darajali miya chayqalishida qisqa muddatli hushni yo‘qotish,
ba’zan bosh aylanishi, quloqlar shang‘illashi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi,
bosh og‘rishi, teri oqarishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish ro‘y beradi.
Shikastlanganda retrograd amneziya (jarohat olishdan oldingi voqelikni
esdan chiqarish) holati kuzatiladi. Yuqorida qayd qilingan belgilar miya
chayqalishining bu og‘irlik darajasida 5–7 kundan so‘ng asta-sekin yo‘qo-
ladi.
O‘rta darajali miya chayqalishida bir necha soat davomida hushni
yo‘qotish, adinamiya, ruhiy qo‘zg‘alish, qusish, reflekslarning pasayishi,
nistagm, ko‘z qorachig‘ining torayishi, pulsning sustlashuvi, nafas
olishning tezlashishi kuzatiladi.
Og‘ir darajali miya chayqalishida hushni uzoq muddatga (bir necha
soatdan kungacha) yo‘qotish bilan tavsiflanadi. Bunda nafas olishning
224


yuzakilanishi, pulsning sustligi va kuchsizligi, teri qoplamlarining


oqarishi, reflekslarning yo‘qolishi, ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka
bo‘lgan reaksiyasining yo‘qolishi, siydik va najasning ixtiyorsiz ajralishi
yuz beradi.
Buning hammasi koma va o‘lim bilan tugashi mumkin.
Miyasi chayqalgan bemorlar faqat yotishlari shart. Yengil chayqa-
lishda uch haftagacha, og‘irroq chayqalishlarda bir oydan ikki oygacha.
Miyaning lat yeyishi. Miya lat yeyishi deb, miya moddasining
shikastlanishi tushuniladi. Og‘ir jarohatlarda bu shikastlanish fizik kuch
ta’sirining qarama-qarshi tomonida joylashgan bo‘ladi.
Miya lat yeganida miya funksiyasining buzilishi ham tavsiflidir,
hamda bu holat jarohatdan so‘ng birdan rivojlanadi. Oyoq yoki qo‘lning
(monoplegiya) yoki gavda yarmi mushaklarining (gemiplegiya)
falajlanishi kuzatiladi, ovoz yo‘qoladi (afaziya), yuz nervlarining
shikastlanishi tufayli yuz qiyshayishi (assimetriya) va ko‘rishning
yomonlashuvi yuz beradi. Tana harorati 40
0
C gacha keskin ko‘tarilishi
mumkin. Siydikning sutkalik miqdori oshadi, undagi qand miqdori
ko‘payadi.
4–5 hafta davomida kompleks davolash tadbirlari qo‘llaniladi. Bunda
asosiy e’tibor nafas olish va qon tomir tizimlarining faoliyatini yaxshilash,
keyinchalik esa nevrologik o‘zgarishlarni yo‘qotishga qaratiladi.
Miyaning ezilishi. Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon
ketishi yoki suyaklar sinishi natijasida ro‘y beradi.
Qon to‘planishi (gematoma) miya qattiq po‘stlog‘i ustida (epidural
gematoma) hamda miya to‘qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil
bo‘ladi.
Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo‘qolmasdan
tormozlanishi, bosh og‘rishi hisoblanadi. Ko‘z qorachig‘ining qon
quyilgan tomonda kengayishi kuzatiladi. Keyinchalik esa bemorning
tashqi muhitga reaksiyasi yo‘qoladi, hushidan ketadi, puls sekinlashadi,
minutiga 40–50 gacha kamayadi. Nafas olish yomonlashadi, shovqinli va
notekis bo‘lib qoladi.
Bosh miyaga qon ketishi natijasida ezilish belgilari birdaniga ro‘y
bermasdan bir necha vaqtdan so‘ng namoyon bo‘ladi, shuning uchun ham
shikastlanganlar vrachlarning qat’iy nazoratida bo‘lmog‘i lozim.
Bosh suyagi va miya jarohatlarida vrachgacha bo‘lgan yordam
shikastlanganlarga osoyishtalikni ta’minlash, bosh sohasini immo-
bilizatsiya qilish, nafas olishni yaxshilash, ya’ni hayot uchun xavfli
bo‘lgan holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ladi. Bosh miyaning yopiq
jarohatlarini davolash bemorga mutlaq osoyishtalik yaratishdan
boshlanishi kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko‘tarilgan,
yotgan holda bajarilishi lozim. Bemor hushsiz bo‘lganligi tufayli,
qusuqning nafas yo‘liga tiqilishi, tilning tushib qolishiga qarshi choralar
225


ko‘riladi. Boshni yon tomonga egib, og‘iz bo‘shlig‘iga havo o‘tkazuvchi


naycha qo‘yish lozim. Ba’zan transportirovka qilishda kislorod bilan nafas
oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo‘ladi.
Og‘ir bemorni transportirovka qilishda maxsus taxta, zambil yoki
g‘ildirakli zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to‘rt kishi
yordamida chayqatmasdan ko‘tariladi. Shikastlanganlarni yuqori
qavatlarga ko‘tarishda boshini oldingi tomonga va oyoq tomonini
gorizontal holatgacha ko‘targan holda chiqarish lozim. Bemorni
zambildan to‘shakka o‘tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3
kishi zambil bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim.
Bunda bir kishi bemor boshi va ko‘kragini, ikkinchi kishi beli va sonini,
uchinchisi esa boldirini ushlashi kerak.
Favqulodda holatlarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir
qatorda, bel suyaklarining, jumladan, umurtqa pog‘onasi, yuz suyaklari
(yuqori va pastki jag‘ suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham
kuzatilishi mumkin. Bu shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda
tana boshqa sohalari yumshoq to‘qimalarining ham jarohatlanishi va turli
kattalikdagi yaralarning paydo bo‘lishi bilan ro‘y beradi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin