v) harakatdagi avtomobildan yiqilish tufayli;
g) avtomobil ichki qismlariga urilish tufayli;
d) avtomobil va boshqa jismlar orasida ezilish tufayli;
ye) kombinatsiyalashgan turlari.
Harakatdagi avtomobil bilan odam to‘qnashishi tufayli sodir
bo‘ladigan jarohatlar eng ko‘p uchraydi. Uning hisobiga umumiy
avtomobil jarohatlarining 60 % to‘g‘ri keladi.
Jarohat olishning har bir bosqichi jarohatlangan shaxs tanasida o‘ziga
xos shikastlanishlarni yuzaga keltiradi. Bunda sinishlar va chiqishlar, ichki
a’zolarning yirtilishi va uzilishi, bosh miya va umurtqa pog‘onasining
shikastlanishi, teri va teriosti to‘qimalarining yirtilishi va shilinishi
kuzatilishi mumkin. O‘z vaqtida ko‘p sonli bunday jarohatlar qon ketishi,
shok holatlariga va o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.
Yo‘lovchilarning harakatdagi avtomobil bilan to‘qnashuvining uch
varianti tafovut qilinadi: avtomobilning old, yon va orqa qismlari bilan
to‘qnashuvi. Aksariyat ko‘p hollarda bunday jarohatlar avtomobil old
qismi zarbi hisobiga ro‘y beradi.
Avtomobil g‘ildiragi bilan bosib o‘tish natijasida olinadigan
jarohatlar mustaqil avtomobil jarohati sifatida kam uchraydi. Aksariyat
ko‘p hollarda bunday jarohatlar boshqa turdagi avtomobil jarohatlari bilan
kombinatsiyalashgan holda uchraydi. Bu turdagi jarohatlarda shikastlanish
darajasi avtomobil markasi, uning og‘irligi va shinalar turiga bog‘liq
bo‘lib, og‘ir kechadi.
Dostları ilə paylaş: