bemor yurak sohasidagi og‘riqdan, unga dorilar ta’sir qilmayotganidan
shikoyat qilishi mumkin. Shu bilan birga, bemor sarosimalik va qo‘rqinch,
bo‘g‘ilish va holsizlik, teri qatlamlarining och kulrang tusga kirganini va
hushini yo‘qotayozganini sezadi.
Odatda, yo‘l-transport hodisalari natijasida jarohatla-nishlarda voqea
sodir bo‘lgan yerda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam choralari qo‘llaniladi.
Dastlabki vrachlik yordamini esa «Tez tibbiy yordam» brigadasi amalga
oshiradi. Katta shaharlarda maxsuslashtirilgan «Tez tibbiy xizmat»
brigadasi tashkil etilgan. Lekin, jarohatlangan kishilarni davolash
muassasalariga ko‘pincha begona shaxslar
avtotransportida yoki YHX
xodimlari yetkazadi. Demak, shikastlanganlar hayoti birinchi navbatda ana
shu kishilarning tibbiy tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi.
Yo‘l-transport hodisalari tufayli jarohatlanish shahar ichi va
tashqarisida bir xil sabablar bilan yuzaga kelmaydi. Shahar ichida ko‘proq
piyoda ketayotgan yo‘lovchilarni harakatdagi transport vositasi urib
yuborishidan, shahar tashqarisida esa transport vositalarining o‘zaro
to‘qnashuvidan jarohatlar yuzaga keladi. Jarohatlar asosan yuk
avtomobillari tomonidan sodir etiladi. Masalan, shikastlanganlarning har
beshtadan biri shu sababli dunyodan ko‘z yumadilar.
To‘qnashuv vaqtida haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi o‘tirgan
yerlaridan oldinga va yuqoriga uriladilar. Ba’zi hollarda esa ular
o‘tirg‘ichlarning mahkamlangan joyidan uzilishi tufayli, mashinadan uchib
ketadilar. Haydovchi va yo‘lovchi mashinaning oldingi tom qismi va
ustuniga boshlari bilan urilishi mumkin.
Bunda haydovchi yonidagi
yo‘lovchilarga qaraganda ko‘proq jarohatlanadi, chunki u ko‘kragi yoki
qorni bilan rul chambaragiga uriladi. Orqada o‘tirgan yo‘lovchilar ham
oldinga va yuqoriga urilib, bosh va bo‘yin sohalarida jarohat oladilar. Ular
oldingi o‘tirg‘ich ustidan o‘tib oldingi oynaga urilishlari yoki singan oyna
orqali tashqariga chiqib ketishlari mumkin. Jarohatlarning og‘irligi oldinda
va orqada o‘tirgan yo‘lovchilarda bir xil emas. Masalan, haydovchi o‘z
yonidagi yo‘lovchiga nisbatan 7 marta, orqada o‘tirganga nisbatan esa 5,5
marta ko‘proq o‘limga duchor bo‘ladi.
To‘qnashuv vaqtida avtomobilda bo‘lgan kishilarning deyarli barchasi
jarohatlanadi. Shu jarohat tufayli o‘lganlarning 95 % da qo‘shma va
murakkab shikastlanishlar uchraydi. Eng ko‘p qo‘shma jarohatlar
quyidagilardir: bosh-qo‘l-oyoq, bosh-ko‘krak, bosh-qorin, bosh-ko‘krak-
oyoq-qo‘l, bosh-ko‘krak-qorin-oyoq-qo‘l. Shuni ta’kidlash kerakki,
ko‘proq uchraydigan shikastlanish turi miya chanoq suyaklarining
sinishidir. Ikkinchi o‘rinda ko‘krak qafasi shikastlanishlari (qovurg‘a va
to‘sh suyaklari jarohati), uchinchi o‘rinda esa oyoq suyaklarining sinishi
turadi. Ichki organlarning shikastlanishi bo‘yicha ko‘proq
bosh miya va
ichki a’zolarning jarohatlanishi uchraydi. O‘lim kelib chiqishida bosh
miya jarohatlari, shok va qon ketishi asosiy o‘rin tutadi.
240
Qo‘shma jarohatlar tufayli kelib chiqadigan o‘limga esa ko‘proq ichki
organlar bilan tayanch-harakat apparatining birgalikda shikastlanishi sabab
bo‘ladi. Yo‘l-transport hodisalarida shikastlanganlarning hayoti ko‘proq
kasalxonagacha bo‘lgan bosqichda hal qilinishi lozim, chunki tibbiy
yordam xodimlari aksariyat hollarda kechikadilar. Shuning uchun
shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish fojia yuz bergan
yerda «asfaltda» tezlik bilan va sifatli amalga oshirilishi kerak.
Yo‘l-transport falokati ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatilishida shikastlangan transport vositasi ichida yoki undan chiqarib
olish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zida
avtomobil eshiklari
ochilmaydigan bo‘lib qolishi, kuzovining qattiq deformatsiyaga uchrashi
sababli shikastlanganlarni avtomobildan chiqarib bo‘lmay qoladi.
Jarohatlanganlarni avtomobil ichidan kuch ishlatib tortish ularga ortiqcha
shikast yetkazishga olib keladi.
Shunday qilib, jarohatlanganlarni avtomobildan ajratib olayotganda
kuch ishlatib tortmasdan, surib, ko‘tarib, xalaqit berayotgan avtomobil
qismlarini sindirib bo‘lsa ham, asta-sekin ikki yoki uch kishi yordamida
chiqarish kerak. Shikastlanganning ahvolini og‘irlashtirmaslik uchun uni
avtomobil ichida qanday holatda uchratilgan bo‘lsa, shu holatda chiqarib
olish lozim. Agar shikastlanganni bir kishi chiqarib olayotgan bo‘lsa, o‘z-
o‘zidan ma’lumki holatini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi, lekin shunda ham
bosh va bo‘yin sohalarini qimirlatmasdan olish kerak.
Transport haydovchisi turli to‘qnashuvlarda
kuchli zarb natijasida
ko‘krak qismi bilan rul chambaragiga urilib ketadi. Shunda ikki
tomonlama bir yoki ko‘plab qovurg‘alar sinishi mumkin. Shuni nazarda
tutib, bemorni ajratib olayotgan vaqtda ko‘krak qafasini ezib yubormaslik
kerak, chunki singan qovurg‘alar siljishi natijasida og‘riq, qon ketishi,
ichki a’zolar ikkilamchi jarohatlanishi kuzatilishi mumkin. Agar
shikastlangan kishida qovurg‘a singanligiga shubha tug‘ilsa, uni qo‘ltiq
qismidan ushlash kerak, shunda qovurg‘alar himoyalangan hisoblanib,
jarohati og‘irlashmaydi.
Shahar ichida yuz bergan yo‘l-transport hodisalarida, agar tez tibbiy
yordam mashinasi bir necha minut ichida kela olmasa,
mashina ichidagi
shaxs hushida bo‘lib, hech qayeri ezilmagan hamda reanimatsion
choralarga muhtoj bo‘lmasa, uni chiqarib olish kerak. Agar mashinadan
yonayotgan elektr simlari yoki benzin hidi kelayotgan bo‘lsa, tezlik bilan
jarohatlaganni chiqarib olish va haydovchi, yo‘lovchilarni uzoqroq
masofaga olib borish lozim. Shunday so‘ng hayot uchun xavfli jarohatlar
bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Bundan tashqari, shikastlanganlarga ko‘r-
satiladigan yordam ketma-ketligi, hajmi va saralash (agar bir necha kishi
bo‘lsa) tadbiri o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: