Sezish hissi yo‘qoladi. Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir necha kun ichida
ezilgan qo‘l
va oyoqlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi.
Ikkinchi o‘rta davr (3 kundan 10–12 kungacha). Bunda ko‘z oqining
sarg‘ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi,
plazma yo‘qotilishi, qonning quyulishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi
belgilari kuzatiladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va
kunlardan kuzatilib, bu vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo‘ng‘ir
rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilib,
qonda azot miqdori oshib ketadi.
Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og‘ir hollarda 3–7
kunga kelib hushdan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan
yurak yetishmovchiligidan o‘lim sodir bo‘ladi.
Uchinchi kechki davr. Kasallik unchalik og‘ir
kechmaganida ikkinchi
hafta oxiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrak faoliyati asta-
sekinlik bilan tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo‘qolib boradi.
Yumshoq to‘qimalarning ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu
sindromning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalari
yoki kechish turlari farqlanadi.
Yengil darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar kam muddat (4
soatgacha) og‘irlik ostida eziladi: bunda buyrak faoliyati sal buzilib, bir
necha kun ichida bemor sog‘ayib ketadi.
O‘rtacha og‘irlik darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar og‘irlik
ostida 6 soatgacha qolib ketganda kuzatilib,
bir necha kun mobaynida
siydik mioglobin hisobiga rangi o‘zgaradi. Bemor kamharakat bo‘lib
qoladi, ko‘ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, qon zardobida
mochevina va kreatinin miqdori oshadi.
Og‘ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6–8 soat qolib ketganda) shok
bilan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish,
hushdan ketish kuzatiladi. siydikda oqsillar, xilma-xil silindrlar miqdori
oshib ketadi. Qonda esa azot miqdori ko‘tariladi. Buyrak mutlaqo siydik
ajratmay qo‘yadi.
O‘ta og‘ir darajasi yoki turi 6–8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib
ketganda kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko‘tarilishi,
buyrak siydik ajratmay qo‘yishi bilan tavsiflanadi.
Jabrlanganlar bir-ikki
kun ichida o‘ladilar.
Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo‘lgan joyda
ko‘rsatiladi. Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan xalos etmasdan turib yoki
xalos etilgandan so‘ng tezda shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut
qo‘yiladi. Ezilgan soha bog‘lov materiallari bilan qattiq bog‘lanadi va bu
sohaning immobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Shikastlangan soha iloji
boricha sovitiladi. Jabrlanganlar transportirovkasi shoshilinch ravishda
amalga oshiriladi.
227
Zilziladan so‘ng talafot ko‘rganlarning 1/3 qismida ezilish
sindromining og‘ir turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlan-
ganlarning 1/3 qismida bu sindromning namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi.
Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari
odatdagi ana shunday hollardan farq qilmadi.
Birinchi kunlardayoq jabr
ko‘rganlarda ezilgan to‘qimalar va autoliz mahsulotlari qonga so‘rilishi
natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga
keldi.
Portlash to‘lqini ta’sirida ichki a’zolarda kelib chiqadigan
o‘zgarishlar. Portlash ta’sirida kishi organizmida o‘ziga xos buzilishlar
kuzatiladi. Bu buzilishlar «kontuziya» yoki «karaxtlik» iborasi bilan
yuritiladi.
Portlash natijasida havo siqilib, atmosfera bosimi oshib ketishi va
portlash yuz bergan soha tashqarisida esa bosimning aksincha kamayib
ketishi sodir bo‘ladi. Havo bosimining bunday o‘zgarishi inson
organizmiga jarohatlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Birinchi navbatda,
portlash
quloqqa ta’sir etib, quloq pardasini yorishi, o‘rta va ichki quloqni
shikastlantirishi mumkin. Portlash vaqtida chiquvchi kuchli tovush
impulslari ko‘p hollarda miyaning akustik sohalariga ta’sir etib, kar bo‘lib
qolishga, havodagi bosimning keskin o‘zgarishi – ichki a’zolarni
zararlantirishga, portlash to‘lqini esa odamni uloqtirib yuborib, turli
mexanik jarohatlar olishga sabab bo‘ladi.
Portlash to‘lqini ta’sirida nerv tizimiga oid shikastlanishlar eng ko‘p
uchraydi. Ko‘plab jabrlanganlar hushdan ketadilar: ba’zilari darrov o‘ziga
kelsa, boshqalari anchagacha behush bo‘lib yotadilar. Kontuziyaga
uchraganlarning ko‘pchiligi hushiga kelganidan so‘ng ham eshitish,
gapirish, hidlash, ta’m bilish va ko‘rish a’zolari faoliyati tiklanmasligi
mumkin. Bu holat uzoq davom etadi va yaxshilab davolanishdan so‘ng
ko‘pchilik hollarda bemor sog‘ayib ketadi. Agar jarohat og‘ir bo‘lsa,
kontuziyaga uchragan odam hushiga kelganidan keyin ham gaplashmaydi,
vaqtni farqlamaydi, atrofdagilarga befarq bo‘ladi.
Kuchli
shikastlanganlarda umurtqa va miya asosiy arteriyasida qon aylanishining
buzilishi bilan bog‘liq holat kuzatilib, yutishning qiyinlashuvi, nutqning
buzilishi, yurak faoliyatining izdan chiqishi belgilari va aritmiyada o‘z
ifodasini topadi.
Portlash to‘lqini ta’sirida bosh zararlanib, qo‘l va oyoqlar shol bo‘lib
qolishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, u yoki bu darajada vazomotor
buzilishlar: kaft va oyoq tagi ko‘karishi, yuzning oqarishi va qizarishi,
qo‘l-oyoqlarning sovishi, terlashning kuchayishi kuzatiladi.
Portlash to‘lqini ta’sirida o‘pkada ham qator o‘zgarishlar kelib
chiqishi aniqlangan.
Bunda bemorning hansirashi, yo‘talishi, o‘pkaga qon
quyilishi natijasida qon aralash tupurish kuzatiladi. Yurak-tomir tizimida
pulsning sekinlashuvi va o‘ta o‘zgaruvchanligi kuzatiladi.
228
Ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatining buzilishi jarohatlanishdan
keyingi dastlabki soatlarda ko‘ngil aynishi, ba’zan qusish, ich ketishi va
yel ushlay olmaslik kabi belgilarda seziladi. Portlash to‘lqinining me’da-
ichak a’zolariga yana bir ta’siri me’da yarasi bilan og‘riganlarda me’da va
o‘n ikki barmoqli ichakning yangi yaralari paydo bo‘ladi.
Kontuziya bo‘lganlarda, ba’zan uzoq vaqt (hafta, oylab) karaxtlik,
parishonxotirlik, tushkunlik davom etadi. Harakat asta-sekin tiklansa-da,
nutq va eshitishning izdan chiqishi anchagacha saqlanadi.
Uyqu buzilishi holati bunda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Bedorlik va uyqu orasidagi chegara yo‘qolib, har ikkalasidan bemor
qoniqmaydi.
Portlash to‘lqini ta’sirida qon bosimi oshganlar keyinchalik (7–8 oy)
shu dardga (gipertoniya) mubtalo bo‘ladilar. Bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi,
quloq shang‘illashi, uyqusizlik kabi serebral holatlar ko‘pchilikda uzoq
vaqt saqlanib qoladi.
Kontuziyaga uchraganlar kasalxonalarda uzoq vaqt davolanadilar.
Dostları ilə paylaş: