O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə76/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

O‘TKIR YURAK-TOMIR
KASALLIKLARI VA BRONXIAL ASTMADA
BIRINCHI TIBBIY YORDAM 
Yurak ishemik kasalligi (YUIK) yig‘ma tushuncha bo‘lib, uning
asosida yurak toj arteriyalaridagi qon oqishi va to‘qimalardagi energetik
ehtiyoj o‘rtasida muvozanatning buzilishi natijasida kelib chiqadigan
yurak muskuli kasalligi yotadi. YUIK yuzaga kelgach, ko‘pincha
surunkali xususiyat kasb etadi, bunga toj arteriyalarida aterosklerozning
jadallashishi sabab bo‘ladi. Ma’lum bosqichlarda u o‘tkir kechishga
o‘tishi, ba’zan birlamchi infarkt yoki turg‘un bo‘lmagan stenokardiya
xastaligini keltirib chiqarishi mumkin. Agar kasallik kechishi yaxshi
tomonga o‘zgarsa, turg‘un stenokardiya ko‘rinishida u yana YUIKning
surunkali shakliga o‘tadi.
YUIK AQSH, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya kabi industrial rivoj-
langan mamlakatlarda keng tarqalgan. Ko‘proq 40–66 yoshdagi erkaklar
kasallanib, ularnning 23,4 % da YUIK ning og‘riqsiz shakllari kuzatiladi.
Bunday kishilar shifokorlarga murojaat qilishmaydi, shu sababli ularda
miokard infarkti ko‘p uchraydi. YUIK natijasida har yili 5,4 dan 11,3 %
gacha o‘lim yuz berishi aniqlangan. Yurak-tomir kasalligidan kelib chiqa-
digan hamma o‘limlarning 53 % YUIK ga to‘g‘ri keladi. V. Lawn (1980 y)
ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH da har kuni to‘satdan 1200 kishi vafot etib,
ularning 75 % yorib ko‘rilganda, YUIK belgilari mavjud bo‘lgan. YUIK
O‘zbekistonda 8 % dan 15,5 % gacha tarqalganligi ma’lum.
YUIK patogenezida 3 ta asosiy jarayon muhim o‘rin tutadi:
1) lipoproteid spektrining buzilishi;
2) lipoproteid tashuvchi apo-V ning arteriya intima qavatiga tushishi;
3) arteriyaning intima qavati hujayralarida qondagi lipoproteidlarning
boshqarilmaydigan tarzda ushlanib qolishi.
Bundan tashqari, quyidagilar katta ahamiyat kasb etadi:
– toj tomirlar trombozi;
– toj tomirlar spazmi;
– mikrotsirkulatsiyaning izdan chiqishi va qon yopishqoqligining
ortishi. Bu omillar miokard ishemiyasini chuqurlashtiradi.
YUIK ning rivojlanish mexanizmidagi xatarli omillarga:
a) giperxolesterinemiya;
b) modda almashinishining buzilishlari (qandli diabet, podagra);
v) arterial gipertenziya;
g) chekish;
d) gipodinamiya;
e) semirish;
132


j) asab va hissiyotning toliqishlari va boshqalar kiradi.


YUIK ning quyidagi turlari tafovutlanadi:
– to‘satdan bo‘ladigan koronar o‘lim;
– stenokardiya;
– miokard infarkti;
– kardioskleroz;
– xos bo‘lmagan ko‘rinishlar.
Stenokardiya («ko‘krakning siqilishi») – qaytalanib turuvchi,
siquvchi, sanchiqli, g‘ijimlovchi, ko‘krak orqasida hosil bo‘luvchi og‘-
riqlar bilan tavsiflanadi. Bunday og‘riqlar ko‘pincha jismoniy zo‘riqish,
hissiyotga berilish va ba’zan osoyishtalik holatlarida ham kelib chiqadi.
Og‘riq asosan chap yelkaga, ko‘krak, bo‘yin, pastki jag‘ va tishlarga
uzatiladi. Ayni paytda bemor nafas olishga qiynaladi, xavotirga tushadi,
harakatini to‘xtatib, og‘riq o‘tguncha qimirlamay qotib turadi.
Keksa yoshli kasallarda og‘riqni sezish kamroq yuz berib,
kasallikning klinik belgilari nafas olishning qiyinlashishi, birdaniga havo
yetmay qolishi va kuchli darmonsizlik bilan kechadi.
Muhim tashxisiy belgilaridan biri til ostiga nitroglitserin qo‘ygach,
og‘riqning to‘liq to‘xtashi va shuningdek keltirib chiqaruvchi omillarning
bartaraf etilishidan keyin og‘riqning to‘xtashi hisoblanadi. Og‘riq odatda
bir necha minut davom etadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin