O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə77/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Kechiktirib bo‘lmaydigan yordam:
1) to‘liq jismoniy va ruhiy tinchlikni ta’minlash;
2) til ostiga 1–2 dona nitroglitserin dorisini qo‘yish;
3) tomirga yoki muskul orasiga 50 % li analgin eritmasidan 2 ml, 2 %
li promedoldan 1 ml va 1 % li dimedrol eritmasidan 1 ml yuborish kerak.
Agar bu dorilar vena ichiga yuboriladigan bo‘lsa, aralashma 10 ml 0,9 % li
natriy xlorid eritmasida suyultiriladi;
4) kuchli ifodalangan ruhiy bezovtalikda yoki yetarli natija bo‘lmagan
taqdirda oksigenoterapiya (kislorod bilan nafas oldirish)ni qo‘llash
mumkin. Transportirovka kasalning holatidan qat’i nazar, zambilda
amalga oshirilishi kerak.
Harakat taktikasi kasalning toj arteriyalaridagi qon aylanishining qay
darajada bo‘lganligini va to‘satdan o‘lim kelib chiqish imkoniyatini
aniqlash bilan belgilanadi. Jamoat joylarida va ko‘chalarda bemorni
shifoxonaning qabul bo‘limlariga, hatto og‘riq qolgan taqdirda ham,
tekshirish uchun olib kelish kerak.
Quyidagi holatlarda:
1) og‘riq 30 minutdan ko‘p muddatga davom etsa;
2) xuruj kasalning hayotida birinchi marta yuzaga kelsa;
3) nitroglitsirin og‘riqni qoldirmasa;
4) og‘riq xurujlari bo‘g‘ilish, aritmiya, hushni yo‘qotish bilan davom
etsa, maxsus tez yordam brigadasi chaqiriladi. Chunki bu holatlarni
133


noturg‘un stenokardiya yoki miokard infarktining dastlabki holati deb


baholash kerak.
To‘xtovsiz yordam ko‘rsatishning vazifasi og‘riqsizlantirish va
miokard infarktining hamda eng xavfli asoratlarning oldini olishga
qaratiladi.
Buning uchun quyidagi terapiya qo‘llaniladi:
a) to‘liq tinch holatni yaratish;
b) uzoq vaqt davomida nitroglitsirinni qabul qilish – 2 ta tabletkadan
til ostiga har 15 minutda (agar arterial qon bosimi juda pasaygan bo‘lsa,
nitroglitsin berib bo‘lmaydi);
v) tezda qon ivishiga qarshi vositalar qo‘llash – vena ichiga 10000 DB
geparin yuboriladi;
g) artertial bosimi yuqori bo‘lsa, pentamin yuboriladi;
d) siydik haydovchi preparatlar – laziks yoki furasemid 1–2 ta
tabletkadan tavsiya etiladi.
e) miokardda kislorodga ehtiyojni kuchaytiruvchi preparatlarni
(strofantin, eufillin, platifillin) iloji boricha bermaslik kerak.
Birinchi tibbiy yordam qayerda ko‘rsatilishidan qat’i nazar, infarktoldi
holatidagi kasal tezda maxsus ixtisoslashtirilgan kardiologik bo‘limga
yotqizilishi kerak.
O‘tkir miokard infarkti (O‘MI) YUIKning og‘ir ko‘rinishlaridan biri
hisoblanadi. Miokard infarkti nekroz, yurak muskullarining ma’lum qismi
o‘lishidir. U bilan birga ko‘plab organ va tizimlarning funksiyalarida
buzilishlar yuzaga keladi.
Miokard infarktining ko‘proq kuzatiladigan variantilari anginoz
(og‘riqli), astmatik va gastralgik (abdominal) hisoblanadi.
Anginozli variantida kuchli ifodalangan og‘riq sindromlari uzoq
davom etib, hatto kuchli og‘riqsizlantiruvchi dorilar ham uni qoldira
olmaydi, og‘riq turli tomonlarga uzatiladi. Ko‘p hollarda vegetativ
buzilishlar bilan birgalikda kechadi: ko‘ngil aynishi, qusish, o‘lim
xavfidan qo‘rqish, sovuq ter bosishi kuzatiladi.
Asmatik varianti ko‘proq avvalda miokard infarktini o‘tkazgan qari
yoshdagi bemorlarda kuzatiladi. Yurak astmasi xuruji va o‘pka shishi bilan
tavsiflanadi.
Gastralgik (abdominal) varianti - epigastral sohada va to‘sh suyagi
orqasida ifodalangan og‘riq, shuningdek ko‘ngil aynishi va qusish bilan
kechadi. Dinamik ichak tutilishi belgilari kuzatilishi mumkin. Miokard
infarkti tashxisi gospitalizatsiya qilingunga qadar bemorni so‘rab-
surishtirish, tekshirib ko‘rish va EKG asosida qo‘yiladi.
Ammo miokard infarktiga shubhalanish va bemorga birlamchi tibbiy
yordam ko‘rsatishni har bir ichki ishlar xodimi bilishi va bajara olishi
lozim. Miokard infarkti bilan og‘rigan hamma bemorlar shifoxonaga
yotqizilishi shart.
134





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin