O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə32/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Jarohatlarning bitish davri 
Jarohatlanish vaqtida ko‘plab hujayralar o‘ladi, qon va limfa
tomirlarining butunligi buziladi. Hamma favqulodda olingan jarohatlar
infeksiyalar bilan ifloslanadi, hatto aseptik operatsiyalar vaqtidagi jaro-
hatlarga ham bir oz miqdorda mikroorganizmlar tushadi. Agar to‘qimalar
hujayra elementlarining himoya jarayonlari yetarli bo‘lsa, bu infeksiyalar
tezda barham topadi va jarohat birlamchi bitish bilan tuzaladi.
Jarohatga tushgan infeksiya, o‘lgan to‘qima va mikroblardan ajralib
chiqqan toksinlarning mexanik qitiqlanishi natijasida jarohat atrofida
yallig‘lanish jarayoni rivojlanadi.
Jarohatning bitish jarayonida, hamma boshqa yallig‘lanishlardagi
kabi, ikki davr kuzatilib, ular infeksiya tushgan va yiringlagan jarohatlarda
ancha yaqqol ifodalanadi. Birlamchi bitish bilan tuzalayotgan jarohatlarda
bu davrlarni farqlash ancha mushkul.
Birinchi davrda o‘tkir yallig‘lanish ko‘rinishlari ustunlik qiladi.
64


Giperemiya, qon tomirlarining kengayishi va qon tomirlar devorlari


o‘tkazuvchanligining ortishi, leykotsitlar eksudatsiyasi va migratsiyasi
bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, atrofdagi qon tomirlarida staz va
tromboz jarayonlar, limfa tomirlarida limfa harakatining susayishi va
to‘xtab qolishi, yallig‘lanishi, shikastlangan to‘qimalardagi degenerativ
o‘zgarishlar kuzatiladi.
Jarohatlarning bitishidagi birinchi davr gidrotatsiya davri deyiladi,
chunki jarohat atrofidagi to‘qimalar suyuqlik bilan to‘yingan, jarohatdan
suyuqlik ajralib turadi. Bu davrda og‘riq va haroratning ko‘tarilishi,
jarohat sohasida infiltrat va shishning bo‘lishi, har xil ko‘rinishdagi
funksiyalarning buzilishi kuzatiladi.
Ikkinchi davr – regeneratsiya davrida tiklanish jarayonlari ustunlik
qilib, to‘qimalar eksudatsiyasi kamayadi, shuning uchun ham uni
degidratatsiya davri deb atashadi. Jarohatda regenerativ jarayonlar
ustunligi kuzatilib, defektlar yosh biriktiruvchi to‘qima hujayralari bilan
to‘la boshlaydi va chandiq hosil bo‘lishi boshlanadi.
Degidratatsiya davri boshlanishi bilan og‘riq, harorat, shish va infiltrat
asta-sekin kamayadi, shuningdek buzilgan funksiyalar normaga qaytadi.
Jarohat tozalanib, unda granulyatsiya to‘qimasi paydo bo‘ladi va
epiteliylanish belgilari yuzaga keladi, nekrotik to‘qimalarning qoldiqlari
yo‘qoladi, jarohatdan ajralib turadigan suyuqlik miqdori, jarohatdagi
mikroorganizmlar soni sezilarli kamayadi.
Jarohatning bitish jarayonini ikkita alohida davrga bo‘lish
jarohatlangan kishining tuzalish holatini yaxshiroq tushunishga yordam
beradi. Ammo amaliyotda bu ikki davr bir-biridan aniq ajralib turmaydi.
Ko‘pincha, ayni bir paytda ham birinchi, ham ikkinchi davrga tegishli
holatlarni, ya’ni nekrotik to‘qimalarning ajralishi, yiringlash va to‘qimalar
regeneratsiyasini kuzatish mumkin.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin