yuborish mumkin emas. Jarohat atrofidagi terini spirt, efir, benzin bilan
artish (bunda, albatta, artish yo‘nalishi jarohat tomondan periferiyaga
(tashqariga) bo‘lishi kerak) lozim. Iloji bo‘lsa, jarohat atrofi antiseptik
preparatlar bilan artiladi. Agar jarohatda g‘ayritabiiy moddalar yoki keng
yirtiqlar bo‘lsa, ularni steril doka, salfetka yoki asboblar yordamida olib
tashlashga
ruxsat etiladi, jarohatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan
keyin jarohat bog‘lanadi, iloji bo‘lsa, steril material ishlatish kerak. Agar
kuchli qon ketsa, jgut qo‘yiladi, boshqa hollarda qon oqishi siqib bog‘lash
yo‘li bilan to‘xtatiladi. Bog‘lamlarni fiksatsiyalash uchun leykoplastir,
yopishuvchi vositalardan yoki to‘rsimon, naysimon bintlardan
foydalaniladi.
Birlamchi va ikkilamchi jarrohlik ishlovlari farqlanadi. Jarohatning
birlamchi jarrohlik ishlovi deganda kasalning jarohatini birinchi marta
jarrohlik ishlovidan o‘tkazish tushuniladi. Bu ishlov birlamchi
ko‘rsatkichlar bo‘yicha jarohatning xususiyatini hisobga olib, jarohat
infeksiyalanishini profilaktikalash maqsadida o‘tkaziladi.
Jarohatlanish
bilan uni birlamchi jarrohlik ishlovidan o‘tkazish o‘rtasidagi muddat
imkoniyati boricha minimumgacha qisqartirilishi kerak. Hozirgi vaqtda,
zarurat yuzasidan, jarohatni birlamchi jarrohlik ishlovidan o‘tkazish
jarohatlanishdan 24 soatgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
Og‘riqsizlantirilgach, o‘tkir skalpel yordamida jarohatning chekkalari,
devorlari va asosi tirik to‘qimalar chegarasida kesib tashlanadi, imkoni
boricha hamma shikastlangan, ifloslangan to‘qimalar olib tashlanadi. Olib
tashlanadigan to‘qimalarning qalinligi 0,5
sm dan 2
sm gacha bo‘lishi
mumkin. Shuningdek, g‘ayritabiiy moddalar,
kiyim yirtiqlari, erkin yotgan
suyak bo‘laklari, ivib qolgan qon laxtalari ham olib tashlanadi. Jarohat
ifloslangan to‘qimalardan tozalangach, qon to‘xtatiladi va jarohat
qavatma-qavat tikiladi.
Birlamchi jarrohlik ishlovidan keyingi tikishlar birlamchi tikish
deyiladi. Ba’zan birlamchi jarrohlik ishlovidan keyin situatsion tikishlar
(yordamchi tikishlar) qo‘yiladi.
Birlamchi tikishlar qo‘yilishiga zid holatlar (infeksiya xavfi) bo‘lsa,
jarohat chekkalari tozalangach, birlamchi kechiktirilgan tikishlar
qo‘llaniladi. Bunda jarohat tikiladi, lekin iplar bir necha kun davomida (2–
4 sutka), ya’ni o‘tkir jarrohlik infeksiyasi xavfi o‘tguncha tugilmaydi. Bu
muddat o‘tgach,
iplar tortilib, jarohat tikiladi. Bunday usullar ko‘proq
harbiy-dala jarrohligida o‘qotar qurollardan yaralanishda qo‘llaniladi.
Vaqt omiliga bog‘liq jarohatlarda jarrohlik ishlovining erta, muddati
uzaytirilgan va kechikkan turlari farqlanadi.
Jarohatlarning erta jarrohlik ishlovi dastlabki 24 soat ichida
o‘tkaziladi. Agar u jarohatlanishdan keyingi 6–12 soat ichida amalga
oshirilsa, oqibati yaxshi bo‘ladi. Ba’zan jarohatlarning
jarrohlik ishlovi
69
antibiotiklar bilan davolash ostida, jarohatlanishning ikkinchi sutkasida
o‘tkaziladi. Bunday jarrohlik ishlovi muddati uzaytirilgan ishlov deyiladi.
Agar jarrohlik ishlovi antibiotiklar bilan davolanmagan jarohatda
ikkinchi sutkada yoki antibiotiklar bilan davolanganda uchinchi sutkada
o‘tkazilsa, bunday jarrohlik ishlovi kechiktirilgan jarrohlik ishlovi
deyiladi. Jarohat infeksiyasi uchun jarrohlik ishlovi asos bo‘lmaydi, faqat
operatsiya taktikasi o‘zgaradi. Jarohatga kechiktirib jarrohlik ishlovini
berish har doim jarohat infeksiyasi va asoratlarining rivojlanishi bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Ikkilamchi jarrohlik qayta ishlovi jarohat infeksiyasi bo‘lganda
amalga oshiriladi. Ayrim hollarda jarohat infeksiyasi sababli ikkilamchi
qayta jarrohliq ishlovini o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. Odatda bunday
holatlarda yiringlash o‘chog‘i ochiladi, kontraktura kesilib, jarohatga
drenaj qo‘yiladi. Kasalxonaga kech keltirilgan bemorda ikkilamchi
jarrohlik ishlovi son jihatidan birinchi jarrohlik muolajasi bo‘lishi
mumkin.
Yiringlagan jarohatlarni davolash jarohatda
kechayotgan jarayon
davrini hisobga olib amalga oshiriladi. Jarohat jarayonining birinchi
davrida hamma mahalliy muolajalar yiringning tashqariga chiqishi va
jarohatning yiring va nekrotik to‘qimalardan tozalanishiga qaratilgan
bo‘lishi kerak. Jarohat jarayonning ikkinchi davrida granulyatsiya
to‘qimasi shikastlanishining oldini olish maqsadida antiseptik
preparatlardan faqat malham dori (maz) qo‘llanilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: