3«a» darajadagi kuyishda terining eng chuqur – o‘suvchi qavatidan
tashqari, hamma qavatlari nekrozga chalinib o‘ladi, tarang pufakchalar
hosil bo‘lib, ular to‘q-sariq rangli shilimshiq bilan to‘ladi. Ko‘plab
pufakchalar yorilgan bo‘lib, ular asosida spirt va nina ta’siriga
sezuvchanlik pasaygan bo‘ladi.
3«b» darajadagi kuyishda chuqur nekroz yuzaga kelib, bunda terining
hamma qavatlari shikastlanadi. Pufakchalar qon aralash suyuqlik bilan
to‘lgan, yorilgan pufakchalarning asoslari xira, quruq ko‘pincha marmar
rangida bo‘lib, spirt va nina ta’sirida og‘riqni sezmaydi.
4-darajadagi kuyishda nafaqat teri, balki uning ostidagi to‘qimalar –
pay va mushaklarning ham shikastlanishi kuzatiladi. Kuygan yuzada
jigarrang qattiq qobiq (qasmoqli, qoraqo‘tirli) hosil bo‘lib, har xil
ta’sirlovchilarni sezmaydi. Shikastlanishning chuqurligini faqat bir necha
kundan keyingina, bemor davolash muassasasida bo‘lgan vaqtda
aniqlanishi mumkin.
Kuygan yuzaning katta-kichikligi kuyishning birinchi soatlarida
asosiy ahamiyat kasb etib, u bemorning umumiy holatini aniqlab beradi.
Shuning uchun ham, taxminan bo‘lsa-da, birinchi yordam ko‘rsatish
vaqtida uni aniqlash kerak. Odam tanasining umumiy maydoni, bo‘yining
uzunligi bo‘yicha hisoblanadi. Qaddi-qomati va oriq-semizligi hisobga
olinmaydi.
Kuyish maydonini hisoblash uchun, avvalo, shikastlanuvchining tana
maydoni aniqlanadi, ya’ni bo‘yining uzunligiga (
sm da) ikkita nol
qo‘shiladi. Masalan: 170
sm bo‘yga ega bo‘lgan kishining tana yuzasi
17000
kv sm, 182
sm bo‘yga ega kishining tana yuzasi 18200
kv sm teng.
Kuygan yuzaning protsentlardagi miqdorini tezroq aniqlash uchun
«kaft» qoidasidan foydalanish mumkin. Kuygan yuza proyeksiyasiga
nechta kaft joylashishiga qarab, bemorning shuncha foiz teri yuzasi
kuygan hisoblanadi. Bunda bir «kaft» yuzasi tananing 1,2 % ni tashkil
qilishidan kelib chiqiladi. Hisobning tez va oson bo‘lishi uchun foizning
o‘ndan bir qismlarini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Masalan: kuygan joy
o‘nta kaft yuzasiga to‘g‘ri kelsa, demak tananing kuygan yuzasi 10–12 %
ni tashkil etadi.
Agar tananing ma’lum qismlarida to‘liq kuyish kuzatilsa, «To‘qqizlik
qoidasi» yoki Tenison-Ruslak usulini qo‘llash mumkin. Bunda bosh va
bo‘yin, har ikkala qo‘l alohida tana yuzasining 9 % ni tashkil etadi,
tananing oldingi, orqa yuzalari, har bir oyoq alohida – 18 %, chot orasi va
uning organlari – 1 % ni tashkil etishi ko‘rsatilgan. Masalan: agar bir qo‘l
va tananing oldingi qismi to‘liq kuygan bo‘lsa, unda kuyish
9 %+18 %=27 % bo‘ladi. Agar kuyishning umumiy yuzasi 10 % dan ko‘p
bo‘lsa, bemorda kuyish kasalligi rivojlanishi mumkin.
Kuyish kasalligi klinik sindrom bo‘lib, og‘ir kuyish natijasida yuzaga
keladi.
71
Kuyish kasalligining quyidagi davrlari farqlanadi:
1) kuyish shoki keng va chuqur kuyish natijasida (agar 2-darajali
kuyish bo‘lsa, 20 % va undan ko‘p yuza, 3-darajali kuyishda 10 % va
undan ko‘p yuza egallangan bo‘ladi) yuzaga keladi. Kuyish shoki
shikastlangan to‘qimalardan organizmning juda kuchli ta’sirlovchiga javob
reaksiyasi sifatida yuzaga keladi. Ko‘p hollarda u birinchi ikki sutka
davomida kuzatiladi va davrlar bilan kechadi. Kuyishdagi shokning erektil
va torpid davrlari kuzatiladi. Travmatik shok simptomlaridan tashqari, qu-
yidagilar ham ahamiyatlidir: plazma yo‘qotish, gipoproteinemiya, qonning
quyuqlashuvi, qon aylanishidagi umumiy qon miqdorining kamayishi,
ba’zan anuriya holatigacha olib boruvchi oliguriya;
2) kuyishning o‘tkir toksemiyasi. Kuyish kasalligining uchinchi
kunidan boshlab uning klinikasida intoksikatsiya sindromlari ustunlik qila
boshlaydi, bu kuyish toksemiyasi bo‘lib, u kuygan to‘qimalardagi toksik
mahsulotlarning qonga so‘rilishi natijasida yuzaga keladi. Uning o‘ziga
xos belgilari – tana haroratining keskin ravishda 38–41 darajagacha
ko‘tarilishi, taxikardiya – yurak urishi 1 daqiqada 110–130 tagacha,
polidipsiya, ishtahaning pasayishi, asabiylashish (talvasagacha tushish,
bezovtalanish, uyquning buzilishi), ko‘ngil aynishi va qusish kuzatiladi.
Kuyish kasalligining og‘ir holatlarida 12–15 kundan boshlab uning 3
davri rivojlana boshlaydi;
3) septikotoksemiya. Kuygan jarohatlarda yiringlash rivojlana borishi
natijasida bemorda bakteremiya va septitsemiya simtomlari paydo bo‘la
boshlaydi. Yuqori harorat, og‘ir umumiy holat, har xil asoratlar ko‘pincha
zotiljam (pnevmoniya) rivojlanadi;
4) kuyishdan holsizlanish. Uzoq muddatli intoksikatsiya, bakteremiya
va septitsemiya natijasida kuyishdan holsizlanish davri boshlanadi.
Klinikasi: granulyatsiyalar rangsizlanib qoladi, keyinchalik ularda nekroz
kelib chiqadi, jarohatlar chuqurlashib boradi, bitgan jarohatlar esa yana
ochilib ketadi. Nekrozlangan to‘qimalar chirib parchalana boshlaydi.
Bemorning umumiy holati keskin yomonlashadi. Agar intensiv terapiya
vositalari qo‘llanilmasa bemor, o‘lib qolishi ham mumkin.
Rekonvalessensiya davri – sog‘ayish davri. Belgilari: kuyish
jarohatlari nekrotik to‘qimalardan to‘liq tozalanadi, chandiqlanadi, bemor
o‘zini ancha yaxshi seza boshlaydi. Kasallikning bu davri 3 oydan 5
oygacha davom etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: