Harakat reaksiyasining tezligi. Individning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi.
Harakat reaksiyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) reaksiya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orqali beriladigan javob.
Murakkab reaksiya - tanlay olish reaksiyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha harakatdan kelishib olinganini bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan obektga nisbatan reaksiya ko‘pincha o‘yinlarda, asosan sport o‘yinlarida, sport yakka ko’rashida masalan, o‘yinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan to‘pni qabul qilib olish uchun chiqishi. Murakkab harakat reaksiyasining davom etish vaqti soddasidan – oddiy reaksiyadan birmuncha uzunroq bo‘ladi.
Sodda reaksiya “ko‘chish” (o‘tish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-birholatda signalga tez reaksiya qilsa, boshqalariga ham xuddi shunga o‘xshagan sharoitda tez reaksiya qilishi mumkin. Qiyin reaksiyalar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reaksiya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reaksiya qiladi, deyishimiz noto‘g‘ri bo‘ladi.
Harakat tezligi reaksiyasini sekundlar va millisekundlar bilan o‘lchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reaksiyasi tezlik talab qiladigan turli harakatlarni bajarish davomida rivojlanaveradi. Bunda harakat reaksiyasini “ko‘chish”i (tezlikning ko‘chishi) kuzatilmaydi, ya’ni tezlik reatsiyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin. Harakat reaksiyasini rivojlantirishda turli-tuman harakatli, sport o‘yinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida yеtakchisidir.
Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo‘lgan, bo‘ladigan signallarga imkoni boricha tez reaksiya qila olish.
Analitik yondoshish metodi, ya’ni yеngillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.7 Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reaksiya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reaksiya qilishni talab qiluvchi (masalan, to‘xtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o‘qituvchi signali, buyrug‘i bilan yugurish yo‘nalishini o‘zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport o‘yinlari reaksiya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.