O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə13/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

Reja:

  1. Egiluvchanlikka ta’rif.

  2. Egiluvchanlik turlari.

  3. Egiluvchanlikni rivojlantiruvchi vosita va metodlar.

Egiluvchanlik – jismoniy fazilat bo‘lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunksional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolariningharakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og‘ishi, egilishi, buklanishi, cho‘zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o‘lchanadi.


Egiluvchanlik aktiv, passiv bo‘lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo‘ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inersiya yoki og‘irligi evaziga tashqi ta’sir kuchi vahokazolarhisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi.
Emotsionallik ko‘tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchan-likning namoyon bo‘lishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho‘ziladigan muskullarning qo‘zg‘aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho‘zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho‘zilayotgan muskullarning egiluvchanligi ortishi bilan ularning qo‘zg‘aluvchanlik holati yuqori darajaga ko‘tariladi. Bunda cho‘ziluvchan muskullarning faoliyati ma’lum darajada pasayadi.
Egiluvchanlikni namoyon bo‘lishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog‘liq. Temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo‘lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko‘p ta’sir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo‘ladi. Mashg‘ulot vaqtida egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta’sirida o‘zgarishini e’tiborga olish lozim.
Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay holatlarni, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskullarni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta’sirida sezilarli o‘zgaradi, aktiv egiluvchanlik ko‘rsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo‘ladi, degan fikr unchalar to‘g‘ri emas. Bu fikrni boshqacharoq – bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq ko‘chadi, deb tushunsak to‘g‘riroq bo‘ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug‘ullanish bo‘g‘inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
Lekin bunday salbiy ta’sirni yеngish mumkin. Egiluvchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qo‘shib olib borish yo‘li bilan egiluvchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar me’yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy harakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini taominlaydiganholatda rivojlantirish, uning me’yori esaharakat bajariladigan maksimal amplitudadan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik zahirasini boyitishga olib keladi. Egiluvchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bo‘g‘inlarning anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o‘zini oqlamaydi, chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladiganholga kelishi mumkin. Umurtqa pog‘onasining tos son va yеlka bo‘g‘inlarining harakatchanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho‘zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bo‘linadi.
Aktiv harakatlarda bo‘g‘inlardagi harakatchanlik shu bo‘g‘indan o‘tadigan muskullarning qisqarishi hisobiga ro‘y beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.11
Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing ma’lum aozolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar) lar, oxirgiholatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni yеngish, og‘irlikdan foydalanish mashqlari.
Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statik holatda) bajariladigan mashqlarham shu guruhga kiradi.
Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlarhisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori ko‘rsatkichlarga olib kelishi mumkin. Muskullarning cho‘ziluvchanligi nisbatan kam bo‘ladi. Agar birharakatda ularning uzunligini oshrishga harakat qilinsa, uning natijasi juda past bo‘ladi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan natijalar yig‘ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo‘ladi. Shuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilishham zarur.
Seriyadan seriyaga o‘tgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. har bir mashg‘ulotda cho‘ziluvchanlik mashqlarini og‘riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og‘riq paydo bo‘lishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlarni har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ularning foydasi ko‘proq bo‘ladi. Agar egiluvchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya’ni mashg‘ulotlar sonini ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bo‘lmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda yеngil ter paydo bo‘lguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. Issiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni ma’lum darajada oshirish mumkin.
Bolalik va o‘smirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo‘lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin